¤збекистон республикаси олий ва ¤рта
5.2.7. Igna halqasini qisqarish jarayoni
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
trikotaj mahsulotlarini tikish texnologiyasi
72
5.2.7. Igna halqasini qisqarish jarayoni Igna halqasini kengayishida, bu halqa shpulya ushlagich va shpulka kolpokchasi detallari bo’ylab, halka ipning ko’p qismi o’tadi. Misol uchun: 22-A kl. PMZ mashinasida bu ipning uzunligi 100 mm tashkil qiladi, boshqa mashinalarda esa bundan ham ko’p. Yuqorida aytib o’tilgandek, baxya hosil etish uchun esa ipning uzunligi bir necha mm tashkil etishi mumkin.
Igna halqasini qisqarishi, ya’ni uni ma’lum o’lchamlarga keltirish ip tortuvchini yuqoriga xarakati natijasida amalga oshiriladi. Bu funktsiyani, halqa shpulya ushlagichni va shpulka kolpokchasini, yarmidan ko’pini aylanib o’tganidan keyin bajarishni boshlaydi (Rasm 5.2.5, g).
Igna halqasini maksimal o’lchamlarigacha kengayishini davomiyligi, ip tortuvchini ishiga ta’sir ko’rsatib, igna ipini uzilishiga olib kelishi mumkin.
Baxya hosil qilish jarayoni davomida, igna halqasini kengayishi ko’p vaqtni talab etsa, uni qisqarishiga kam vaqt qoladi va ip tortuvchi o’zini funktsiyasini katta tezlikda bajarishga majbur bo’ladi. Ip tortuvchini katta tezligi ipga nisbatan o’rilish kuchini hosil qiladi, natijada bu xol ipni uzilishiga olib kelishi mumkin. O’rilish kuchini kamaytirish uchun – ip tortuvchini tezligini kamaytirish kerak – buning uchun esa igna halqasini kengaytirish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish kerak.
Shuning uchun, hozirgi zamonaviy yuqori tezlikda ishlaydigan tikuv mashinalarda mokini tezlashtirilgan xarakati qo’llanadi, mashinaning boshqa ishchi organlariga nisbatan xolostoy aylanma xarakatni ko’payishiga olib keladi, bu esa uning asosiy kamchiligidir.
Tezligi yuqori bo’lmagan tikuv mashinalarda esa xolostoy aylanma xarakatlar bo’lmaydi, mokini notekis xarakati xisobiga, bu esa baxya hosil etish jarayoni yaxshi bajarilishini ta’minlaydi lekin mexanizm detallariga nisbatan o’rilish kuchlarini oshiradi. Igna halqasini qiskarishi (Rasm 5.2.5, g, e) da ko’rsatilgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling