Œзбекистон республикаси олий ва œрта


Download 0.82 Mb.
bet15/25
Sana17.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1544023
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
узбек т. маъруза А.А.Э. Yu Ergasheva

Tekshirish savollari:

  1. 50-80-yillarda Uzbekistonda sanoatni rivojlantirishdagi yutuklar va muammolar nimalardan iborat?

  2. 50-80-yillardagi agrar siyosatning moxiyati xakida suzlab bering.

  3. Siyosiy karamlik nimada uz ifodasini topdi?

  4. Uzbekiston iktisodiyotini rivojlantirishning mustamlakachilik siyosati xakida suzlab bering.

  5. SHurolar davrida kommunistik mafkura xukmronligi madaniy xayotga kanday ta‘sir kursatdi.?



13-Mavzu: UZBYeKISTONDA DAVLAT MUSTAKILLIGINING KULGA KIRITILISHI VA UNING TARIXIY AXAMIYaTI.


Reja:

  1. ¡zbekistonning davlat mustakilligini kulga kiritish tomon yul tutilishi.

  2. ¡zbekiston davlat mustakilligining e‘lon kilinishi va uning umumxalk tomonidin ma‘kullanishi.

  3. ¡zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitutsiyaning kabul kilinishi. ¡zbekistonning uziga xos iistiklol va tarakkiet yuli.



Adabiyotlar:
1,2,3,4,5,8,11,13,17,64,78,87,95,99,104,106,113,114.

Tayanch tushunchalar: «Davlat tili tugrisida» gi konun, Prezidentli lavozimining ta‘sis etilishi, Mustakillik deklaratsiyasi SSSR ning tanazzulga yuz tutish, Uzbekiston Respublikasining «davlat mustakilligi tugrisida» gi konun, Prezident saylovlari, Uzbekiston Konstitutsiyasi, Davlat ramzlari.


XX asrning 80-yillari oxirida “Uzbekistonning ijtimoiy-siyosiy xayotida uzgarish boshlandi. Odamlar xilma xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniga ega bula boshladilar. Uzbek xalkining dilidagi goya-mustakillik goyasi edi, xalk mana shu goyani kutarib chikdi. Mustakillik uchun xarakatda yangi tulkin boshlandi. Tarix takozasi bilan elim, yurtim deb yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoyi insonning Uzbekistonning birinchi raxbari lavozimiga 1989 yilda saylanishi bu soxadagi adolatsizliklarga barxam berishiga olib keldi, adolat tiklandi.


I.Karimov xalk xoxish-irodasini bajarib, uzbek tiliga davlat tili makomini berish ishiga boshchilik kildi. 1989 yil 28 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi Uzbekistonning davlat tili xakida konun kabul kildi. Siyosiy, iktisodiy, ijtimoiy va madaniy xayotning barcha soxalarida uzbek tili tula amal kilishi konunlashtirildi. Bu konunning kabul kilinishi mamlakatimizning mustakillik sari tashlagan birinchi kadami buldi.
90-yillarning boshlariga kelib Uzbekistonda xalkning mustakillika erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bulib koldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, “Zurovonlikka asoslangan, ma‘muriy-buyrukbozlikka xos bulgan markazlashgan davlat saklanib koladimi yoki demokratik jarayonlar chukurlashishi evaziga ittifokdagi respublikalar suvereniteti ta‘minlanadimi degan masala dolzarb bulib koldi. Ikkinchi tomondan, usha davrdagi markaziy davlat raxbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni tugri baxolay olmadi, milliy respublikalarda mustakillikka erishish tabora kuchayib borayotganining oldini ololmay koldi.
1990 yil boshida Uzbekistonda boshkaruvning Prezidentlik shakli masalasi kutarildi. Respublikada boshkaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iktisodiy, millatlararo va boshka soxalardagi muammolarni xal kilish jarayonini tezlashtirishga kumaklashish vositasi sifatida joriy kilindi. Eng muximi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda moxiyat jixatidan yangi boskichga utishni bildirar edi.
Aloxida shuni ta‘kidlash kerakki, usha kezlari keng mikyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshkaruvning barcha darajalarida va jabxalarda ijro mexanizmini kayta kurishni tezlashtirish vazifalvrini uz vaktida xal etish, fukarolar xukuklarini ximoya kiluvchi barcha muassasalarini nazorat kilish masalalari xam katta axamiyat kasb etmokda edi.
SHu ob‘ektiv xolatni xsobga olib, 1990 yil 24 martda Uzbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi Uzbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta‘sis etish tugrisida karor kabul kilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abduganievich Karimovni Uzbekistonning Prezidenti etib saylash tugrisida karor kabul kildi. Uzbekistonda Prezident lavozimining ta‘sis etilishi respublikaning siyosiy va iktisodiy mustakilligi uchun kurash borasida kuyilgan dadil kadamlaridan ikkinchisi edi.
Uzbekistonning mustakillika erishishda kuyilgan navbatdagi muxim kadam 1990 yil 20 iyunda Uzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida kuyildi. Sessiyada Uzbekistonning “Mustakillik Deklaratsiyasi” kabul kilindi va uning kirish kismida kuyidagicha yozib kuyildi:
“Uzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi uzbek xalkining davlat kurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‘analari, xar bir millatning uz takdirini uzi belgilash xukukini ta‘minlashdan iborat oliy maksad xaki, Uzbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas‘uliyatni chukur xis etgan xolda xalkaro xukuk koidalariga, umumbashariy kadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib, Uzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustakilligini e‘lon kiladi”. Sessiya kabul kilgan bu “Mustakillik DeklAratsiyasi” xalkimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
SHu kundan boshlab respublikada Uzbekistonning iktisodiy va siyosiy xayotiga doir masalalar mustakil tarzda xal kilina bordi. Uzbekiston raxbariyati va xalki mustakillik sari dadil kadam kuyaverdi.
1991 yil 17 martda umumxalk referendumi utkazildi. Referendumda Uzbekiston xalkining mutlok kupchiligi Uzbekistonni mustakil respublika sifatida kurish xoxishi borligi namoyon buldi.
Uzbekistonda respublikaning davlat mustakilligiga doir mutlako yangi davlat ramzlari tayyorlash va kabul kilish ishlari xam dadil boshlab yuborildi. Xususan, 1991 yil 15 fevralida Uzbekiston Oliy Kengashi “Uzbekistonning davlat ramzlari tugrisida” maxsus karor kabul kildi.
Uzbekistonning uz suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada kabul kilingan xar bir konunning mazmuni va moxiyati jixatidan sobik Ittifok konunlaridan tubdan fark kilinishida, bundan tashkari, xar bir konun avvalgidek Ittifok konuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi. Jumladan, 1991 yil 22 iyulida Uzbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining “Uzbekiston xududida joylashgan Ittifokka buysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarni Uzbekistonning xukukiy tobeligiga utkazish” tugrisidagi karori, Uzbekistonning milliy suvurenititeti uchun tashlangan kadamlar dalilidir.
80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib sobik SSSR ning ijtimoiy-siyosiy xolatida inkirozli xolat tobora kuchaydi. Bu xolat ayniksa kupchilik respublikalarning ittifok tarkibidan chikish, uz-uzini belgilash, xukukini berish, Markazning siyosiy-iktisodiy, xarbiy va tashki siyosiy soxalardagi rolini kayta kurish kabi talablarning xakli ravishda kuyilishida uz aksini topdi. Lekin, markaziy raxbariyat xalklar va ittifokchi respublikalar siyosiy raxbariyatining chinakam mustakillikka intilishi bilan xisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltikbuyi respublikalarning ittifok tarkibidan chikib ketish, Uzbekistonda, keyinchalik esa boshka respublikalarda xam prezidentlik boshkaruvining joriy etilishi va bu respublikalar tomonidan suverenitet tugrisidagi Deklaratsiyalarning kabul kiliniishiga tish-tirnogi bilan karshilik kursatganligida xam kurish mumkin
Lekin, ba‘ribir xarakatga kelgan inkiroziy xolatni endi tuxtatib bulmas edi. Shu sababdan xam, davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan partiya-davlati raxbariyati 1990 yilning kuzida ittifok markazi va respublikalar urtasidagi munosabat-larni yangi xolatga utkazish maksadida muzokara jarayonini boshlashga majbur buldi.
CHunki, SSSR Oliy Soveti xam, SSSR Prezidenti va xukumati xam inkiroziy xolatdan chikishning yulini topa olmay kolgan edi. Usha yillar ittifok buyicha prezidentlik lavozimini egallab turgan M.Gorbachev mamlakatni tanazuldan olib chikish yulida boshini kaysi eshiklarga urmadi. Gox jadallashtirish kontseptsiyasini uylab topdi, gox fan-texnika tarakkiyoti deb butun mamlakatni algov-dalgob kildi. Undan natija chikmagach, agrosanoat kompleksining kayta kurish rejalarini ishlab chikdi. Shundan sung kadrlar siyosati masalasini kutardi. U uzini kayokka urmasin, xarakatlari samarasiz bulaverdi. Bora-bora, eng muximi-inson omili ekanligini tushundi, birok endi kech bulib kolgan, gisht kolibdan kuchgan edi.
1990 yil oxirlariga kelib Boltikbuyi mamlakatlari mustakillik tugrisidagi talabalrni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalk deputatlari kuriltoyiga kundalang kilib kuyganlaridan sung Prezident M. Gorbachev bir gurux deputatlar va raxbarlar bilan vaziyatni urganish, anikrogi, tazyik kilish, uz ta‘sirini utkazish maksadida Boltikbuyiga bordi. Gurux tarkibida Uzbekiston Prezidenti I.Karimov xam bor edi. U yerda I.Karimov xakikat bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda katta kat‘iyat va favkulodda jur‘at bilan uz munosabatini bildirdi: Komissiya uz ishini yakunlamasdanok Gorbachevni xam, uning manfaatlarini kullab-kuvvatlovchi guruxni xam tashlab, tezda orkaga kaytdi. Bu bilan u Boltikbuyi xalklarinining talablari konuniy ekanligi, mustakillik SSSR tarkibidan chikish-tarixi xakikati, inson xak-xukuklarinining tanttanasi ekanligini oshkora namoyon kildi. Xakikatdan xam, ittifok tarkibida turib xech kanday milliy ravnak, ma‘naviy tarakkiyot tugrisida gap bulishi xam mumkin emas edi.
1991 yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda vokealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning yechimini topish uta mushkul bulib koldi. Shu vaziyatdan foydalanib 19-21 avgust kunlari Moskvada davlat tuntarishi kilishga urinib kurildi. Favkullodda xolat davlat kumitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zuravonlik bilan uz vazifasidan chetlashtirildi.
Ana shunday ogir, sarosimali taxdid va taxminlar paytida Uzbekiston raxbariyati korxona va xujaliklarning raxbarlari, xalk noiblari, barcha sofdil kishilar, xalkni matonat va osoyishtalikka da‘vat kildilar. Ayniksa Prezident Islom Karimovning bulayotgan vokealarga munosabati barchani kanoatlantirdi, uning xalkka suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalk bilan xukumat urtasida soglom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Xindiston safaridan kaytgan Uzbekiston Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni kechkurun Toshket shaxrining faollari bilan bulgan uchrashuvda kat‘iyatlik bilan Uzbekiston nuktai nazarini ma‘lum kildi va Markazdan bildirilgan konunga xilof bulgan xar kanday kursatmalarni respublika raxbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda Uzbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va Uzbekiston SSR Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Maxkamasining respublika raxbarlari ishtirokida kushma majlisi buldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama kilinib, Uzbekistonning mustakillikka erishish yuli uzgarmasligi xakida Bayonot kabul kilindi. Unda Uzbekiston Mustakillik Deklaratsiyasi koidalarini amalga oshirish yulida boraveradi, deb kursatildi. Usha kuni Uzbekiston Prezidenti I.Karimov respublika axolisiga murojaat bilan chikib, Uzbekistonning uz mustakilligiga erishish yuli kat‘iy ekaniligini yana bir bor aloxida uktirdi.
SHunday ogir sharoitda, tarixiy vaziyatni tugri baxolay bilish kobiliyatiga ega bulgan Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chakirish va unda Uzbekiston Mustakilligi xakida Konun kabul kilishni talab kildi. Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni Uzbekiston davlat mustakilligi tugrisida konun loyixasini tayyorlash xamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chakirishga koror kildi.
2. 1991 yilning 31 avgustida Uzbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashkari oltinchi sessiyasi “Uzbekiston Respublikasining davlat mustakilligini e‘lon kilish tugrisida” karor kabul kildi, tegishli Bayonot bilan chikdi va “Uzbekiston Respublikasi davlat mustakilligining asoslari tugrisida”gi Konunni tasdikladi. Mamlakat takdiri xal bulgan bu xujjatlarda xalkning asriy orzulari mujassamlandi:
u uz takdirini uzi xal kiladigan buldi;
uz yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mexnati bilan yaratilgan butun ishlab chikarish va ilmiy-texnik kuch kudratning tula xukukli egasiga aylandi;
uz buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar an‘analarning davomchisi, uz porlok kelajagining mustakil ijodkori buldi;
“ Uzbekiston Respublikasining Davlat Mustakilligini e‘lon kilish tugrisida”gi karorda “1 sentyabr‘ Uzbekiston Respublikasining Mustakillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e‘lon kilinsin”, - deb kat‘iy belgilab kuyildi.
SHunday kilib, xalkimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ruyobga chikdi. Uzok yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalkimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan kutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustakil davlat - Uzbekiston Respublikasi paydo buldi. Uzbekiston tarixida yangi davr milliy istiklol davri boshlandi. Uzbekiston uchun mustakil ichki va tashki siyosat yurgizish, xalkimiz uchun uz takdirini uzi belgilash, uzlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
Uzbekiston musttakilligi mamlakat xalki tomonidan zur kuvonch va mamnuniyat bilan kutib olindi. Bu xolatni 1991 yil 29 dekabrda utkazilgan Uzbekiston Respublikasining referendumi yakunlaridan xam yakkol kurib olish mumkin. Umumxalk referendumida 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ruyxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi katnashdi. Uzbekiston Respublikasining mustakil davlat deb e‘lon kilinishini yoklab 9 million 718 ming 155 kishi yoki referendumda katnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Demak, Uzbekistonning Dalat mustakilligi umumxalk tomonidan yakdillik bilan ma‘kullandi.
Usha, 1991 yilning 29 dekabrida xalkimiz uzok yillik mustamlakachilikdan sung mustakillik ramzi sifatida birinchi marta umumxalk xoxish-irodasi bilan mustakil Uzbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi.
Uzbekiston Prezidenti saylovi Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sesiyasida kabul kilingan “Uzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tugrisida”gi Konun asosida utkazildi. Bu saylovning muxim tomoni shuki, u birinchi marta mukobillik asosida utdi, ya‘ni Oliy lavozimga ikki nomzod- Uzbekiston XDP va Uzbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I.A.Karimov va “ Erk “ Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov ( Muxammad Solix ) nomzodi kuyildi.
Saylovlar yakuniga kura 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda katnashganlarning 86 foizi I.Karimov nomzodini 1million 220 ming saylovchi ( 12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoklab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi Uzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tugrisidagi konunning 35-moddasiga asoslanib Islom Abduganievich Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan Uzbekiston Respublikasi Preziidenti lavozimiga saylangan deb xisoblashga karor kildi. Uz vazifasini bajarishga kirishar ekan, I.Karimov Uzbekiston Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bulgan navbatdan tashkari IX sessiyasida kasamyod kildi. 1995 yil 26 martda umumxalk ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi. Uzbekiston Respublikasining oliy Majlisi tarixan kiska vakt ichida jamiyatda tubdan uzgarishlar, xukukiy demokratik davlatni vujudga keltirish, turmushda demokratik jarayonlarni chukurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilganligi va ana shu keng mikyosli isloxotlarni uzluksiz davom ettirish maksadida Prezident I.A.Karimov vakolatini uzaytirish yuzasidan umumxalk referendumini utkazishga karor kilgan edi. Utkazilgan referendum mamlakat xayotida katta siyosiy - ijtimoiy axamiyat kasb etdi.
2000 yil 9 yanvarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy xayotida yana bir unitilmas tarixiy vokea bulib utdi. 11 yanvarda Uzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000 yil 9 yanvar kuni bulib utgan Uzbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bagishlandi.
Majlisda kayd etilgandek 2000 yil 9 yanvari mustakil Uzbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bulgan, davlatimizning XXI asrdagi xayotiga va tarakkiyotiga jiddiy ta‘sir kursatadigan muxim siyosiy vokea sifatida muxrlanib koladi. Uzbekiston fukarolarining aksariyati xozirga davlat boshligining raxbarligi ostida va tashabbusiga kura amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoy-iktisodiy uzgarishlar kullab-kuvvatlangan xolda Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bulib utgan saylovning axamiyati uning mukobillik va demokratik tamoyillar asosida utganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular uz xoxish-irodasiga binoan, uzi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubxasiz bu xol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va karashlarining turlicha bulishi uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iktisodiy xayotining yanada erkinlashtirliishiga zamin xozirladi.
Uzbekiston Respublikasi Markaziy saylov Komissiyasi okrug saylov komiissiyalaridan kelgan bayonnomalar asosida 9 yanvarda bulib utgan saylovda ruyxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etganligini, bu esa ruyxatga olingan saylovchilarning umumiy mikdorining 95,1 foizini tashkil etishini ma‘lum kildi. Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi kursatilgan I.Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. Uzbekiston Xalk demokratik partiyasidan nomzodi kursatilgan Abdulxafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylochi ovoz berdi.
Uzbekiston Respublikasining “Uzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tugrisida”gi Konunining 35-moddasiga muvofik, Uzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abduganievich Karimovning Uzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi tugrisida karor kabul kildi.
Uzbekiston uz mustakilligini kulga kiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustakilligiga doir mutlako yangi davlat ramzlarini tayerlash va kabul kilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda Uzbekiston Oliy Kengashi “Uzbekistonning davlat ramzlari tugrisida” maxsus karor kabul kildi.
Uzbekiston davlat mustakilligiga erishgach uzining xalkaro talablar va me‘yorlar doirasida kiyofasini kursatmogi, buning uchun esa uzining butun imkoniyatlarini, uziga xos jixatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bulmogi lozim edi.
Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bulib utgan VIII sessiyasi ”Uzbekiston Respublikasining davlat bayrogi tugrisida” konun kabul kildi. Uzbekiston Respublikasining davlat bayrogi va uning ramzi bizning mamlakatimiz xududida ilgari mavjud bulgan goyat kudratli saltanatlar bayrogiga xos bulgan eng yaxshi an‘analarni davom ettirgan xolda respublikaning tabiatiga xos bulgan xususiyatlarni, xalkimiz milliy va madaniy soxalardagi uzligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrogi yurtimizning utmishi, bugungi kuni va kelajagining yorkin ramzidir.
1992 yil 2 iyulda Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “Uzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tugrisida” Konun kabul kilindi. Davlat gerbidagi xar bir belgi chukur ma‘noga ega.
Uzbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992 yil dekabrda bulib utgan XI sessiyasi tomonidan Uzbekiston birinchi Konstitutsiyasining kabul kilinishi mamlakat tarixida olamshumul vokea buldi.
SHu sessiyada “Uzbekiston Respublikasining Davlat madxiyasi tugrisida”gi Konun xam kabul kilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madxiya varianti tasdiklandi.
Uzbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga muvofik 1994 yilning 1 iyulidan boshlab Uzbekiston Respublikasining milliy valyutasi - sum muomalaga kiritildi.
Uzbekiston Respublikasi davlat mustakilligining ramzlari tugrisida Prezident I.Karimov: - “Milliy valyuta, bayrok, gerb, madxiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalkning ramzi, mustakillikning mukaddas belgisidir!” - dedi.
Xar kanday mustakil davlatlarning xukukiy asosi - bu uning asosiy Konuni - Konstitutsiyasidir. Xar kanday jamiyat kelajakni kuzlab yashaydi va uning poydevorini imkon kadar mustaxkamrok kurishga xarakat kiladi. Shu nuktai nazardan karaganda, davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuk - Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi buldi.
Konstitutsiya xar kanday davlatning yuzi, obru-e‘tibori xam xisoblanadi. Chunki Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan komusnomadir. Shu ma‘noda Asosiy Konunimiz xalkimizning irodasini, ruxiyatini, ijtimoiy ongini va madaniyatini aks ettiradi. Vaxolanki, uning ishlab chikilishi va muxokama etilishida butun xalk ishtirok etdi.
Asosiy Konunimizni baxolashda AKSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, BMT, Yevropa Xavfsizlik va xamkorlik kengashi kabi nufuzli davlat va xalkaro tashkilotlarning olimlari faol katnashdilar. Natijada Uzbekiston Konstitutsiyasi eng tarakkiy etgan mamlaktlar - AKSH, Frantsiya, Germaniya, Italiya kabi Garb davlatlari, Misr, Turkiya, Xindiston va boshka Shark davlatlarining boy tajribasidan eng demokratik jixatlarini, insonparvarlik goyalarini tarannum etuvchi xalkaro xujjatlarning talablarini uzida mujassamlashtirdi.
SHu bilan birga Konstitutsiyada uzbek xalkining tarixiy milliy va islomiy kadriyatlari mumkin kadar tularok aks ettirishga xarakat kilingan. Buyuk alloma Abu Nasr al-Forobiy davlatni boshkaruvchi kishilarning xalk urtasida obru-e‘tiborga ega bulishi, xalk tomonidan saylab kuyilishini talab kilgan bulsa, ulug bobomiz Soxibkiron Amir Temur uz tuzuklarida davlatni boshkarishda oliy tabakaga oid sayidlardan tortib, xunar axligacha bulgan ja‘mi 12 tabaka kishilariga suyanib ish kurishni uz davrlarida aloxida ta‘kidlab utganlar, “Kaerda konun xukmronlik kilsa, shu yerda erkinlik buladi” - degan suzlarni zarxal xarflar bilan bittirganlar.
Uzbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish goyasi 1990 yil 20 iyunida Mustakillik Dekloratsiyasining kabul kilinishi munosabati bilan urtaga kuyilgan edi. Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Mustakillik Deklaratsiyasining muxim tamoyillari asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chikilishi lozim degan xulosaga kelindi. Sessiya Prezident I.Karimov raisligida Konstitutsiyaviy Komissiya tuzish tugrisida karor kabul kildi.
Konstitutsiyaviy komissiya ma‘kullagan Konstitutsiya loyixasining birinchi varianti 1991 yil noyabrida tayyorlab bulindi. Ushbu variant mukaddima, olti bulim, 158 moddadan iborat edi. Konstitutsiya loyixasining ikkinchi varianti 1992 yil baxoriga kelib ishlab chikildi. Bu variant 149 moddadan iborat edi. Puxta ishlovlardan sung Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyixasi 1992 yil 26 sentyabrda Konstitutsiyaviy komissiya karori bilan umumxalk muxokamasi uchun matbuotda e‘lon kilindi.
Un ikkinchi chakirik Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi 1998 yil 8 dekabrda “Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini kabul kilish xakida”gi masalani kurdi va shu masala yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya Raisi, Prezident I.Karimov ma‘ruza kildi. Uz ma‘ruzasida Prezident I.Karimov shunday dedi:
“Xur Uzbekistonning tarixida birinchi Konstitutsiyani kabul kilish-jumxuriyatimizning yangidan tugilishidir, xukukiy mustakilligimizga mustaxkam poydevor kurishdir... Konstitutsiyamiz asosiy konunimiz sifatida davlatni davlat kiladigan, millatni millat kiladigan konunlarga asos bulishi mukarrardir” ( I.Karimov. Uzbekiston kelajagi buyuk davlat. T., “ Uzbekiston”, 1992 44-bet)
Sessiya ishtirokchilari yakdillik bilan Konstitutsiyani kabul kildilar. Kabul kilingan Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bulim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
Konstitutsiyaning eng muxim moxiyati shundan iboratki, unda “davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat xamda fukarolar oldida mas‘uldirlar” deyilgan, ya‘ni fukarolar manfaatining ustunligi konuniy ravishda mustaxkamlangan va kafolatlangan. Sobik totalitar tuzum sharoitida bunday fikrni xech kim xayoliga xam keltira olmas edi.
Bir suz bilan aytganda, Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining kabul kilinishi asosiy, xukukiy va xalkaro axamiyatga ega bulgan buyuk vokea buldi.
Mustakillika erishgan Uzbekiston oldida jaxon andozalariga mos keladigan davlat kurish, siyosiy, ijtimoiy va iktisodiy soxada tub isloxotlarni amalga oshirish, ularni konun bilan mustaxkamlaydigan xukukiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turardi, mamlakat kaysi yuldan va kanday rivojlanishi kerak degan ogir va murakkab savollarga javob topish zarur edi.
Boshka mamlakatlar katori, Uzbekiston jaxon tajribalari, xalk tarixi va an‘analarini xisobga olgan xolda umumbashariy tarakkiyotning keng madaniy yuliga kirishi kerak edi. Ijtimoiy va milliy tarakkiyotning bosh yunalishlari esa kuyidagilardan iiboratdir:
1. Ijtimoiy-siyosiy soxada-ma‘muriy-buyrukbozlik, avto-ritar tuzum mexanizmi va tuzulmalaridan kutilish xamda davlat kurilishining demokratik xukukiy tamoyil va myo‘erlariga utish, fukarolik jamiyatga utishning poydevorini kurish;
2. Ijtimoiy-iktisodiy soxada-insonning ishlab chikarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali-taksimotchilik tizimidan voz kechish va bozor munosabatlariga, kup tarmokli ikttisodga xamda rangbarangli mulkchilik shakllariga utish;
3. Ma‘naviyat soxasida-akidabozlik va uta siyosatlash-tirilgan mafkura xukmronligidan kutilish, yuksak ma‘naviyat va madaniyat, kishilarni uz tarixiga, xalkning ma‘naviy merosi va an‘analariga xurmat ruxida tarbiyalash, jaxon madaniyati yutuklarini egallash;
4. Xalkaro munosabatlar soxasida-butun dunyo tarakkiyotidan ajralib kolishdan, uzini chetga olishdan va unga karshi turishdan voz kechish, jaxon xamjamiyatiga kirib borish va uning bilan teng xukukli xamkorlikka yul ochish.
Ana shu maksadlarga kanday kilib erishish mumkin? Inkilobiy siltov, sakrash orkalimi yoki mavjud axvol va imkoniyatlarni xisobga olgan xolda boskichma boskichli uzgarishlar yuli-evolyutsion yul bilanmi?
Turli mamlakatlar va xalklar tarixida bu ikki variant bir necha bor sinovlardan utgan. Bir tomondan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuningdek Markaziy Osiyo mintakasining buyuk utmishi xam shuni yakkol kursatadiki, isloxotlarning bokichma boskich evolyutsion yulini tanlagan mamlakatlar yuksak tarakkiyot va gullab-yashnashga nisbatan kam ijtimoiy va ma‘naviy-axlokiy. moddiy chikimlar orkali erishganlar.
Ijtimoiy tuzum binosini shunchaki yengil yoki atroflicha ta‘mir etish yuli bilan emas, balki uni tamomila yangi tamoyillar asosida, poydevoridan tomigacha tubdan kayta kurish yuli bilan bunyod etish mumkin, xolos.
Uzbekiston jaxon tajribalariga, uz xalki xususiyatlari va tarixiy donishmandligiga tayanib uziga xos istiklol va tarakkiyot yulini tanladi, yangi jamiyat barpo kilish uchun uz andozasini ishlab chikdi. Bunda u asosiy umidini uz manbalari va imkoniyatlariga karatdi.
Albatta, mamlakat uchun xayot-mamot boskichi bulgan bir paytda uning yangi jamiyatga utish bilan boglik vazifalarini bajarish davlat raxbaridan yangi sharoitga mos boshkaruv tizimini ishlab chikishni, jamiyatning iktisodiy asosini vujudga keltirishni takoza kiladi. Axolining barcha toifalarini yagona maksad atrofida birlashtiruvchi goyalar tizimini yaratishni talab etadi. Ana shu -Uzbekistonning uziga xos istiklol va tarakkiyot yulini Prezident Islom Karimov ishlab chikdi va bu isloxotlar kontseptsiyasi bir muncha umumiy va mujassam xolda u ta‘riflab bergan besh tamoyilda uz ifodasini topdi.
Birinchidan, iktisodiyotni mafkuradan batamom xoli kilish kerak. Iktisodiy isloxotlar xech kachon siyosat ortida kolmasligi kerak u biror mafkuraga buysundirilishi mumkin emas. Buning ma‘nosi shuki, iktisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.

Ikkinchidan, murakkab utish davrida davlatning uzi bosh isloxotchi bulishi zarur. Davlat butun xalkning manfaatlarini kuzlab, isloxotlar jarayonining tashabbuskori bulishi, iktisodiy tarakkiyotning yetakchi yunalishlarini belgiilashi, iktisodiyotda, ijtimoiy soxada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy xayotida tub uzgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chikishi va izchil ruyobga chikarishi kerak.


Uchinchidan, konun ustivorligiga erishish, konunlarga rioya kilish lozim. Buning ma‘nosi shuki, demokratik yul bilan kabul kilingan yangi Konstitutsiya va konunlarni xech istisnosiz xamma xurmat kilishi va ularga ogishmay rioya etishi lozim.
Turtinchidan, demografiya soxasidagi real axvolni, axolining mavjud turmushi darajasini xisobga olgan xolda bozor munosabatlariga utish bilan bir katorda kuchli ijtimiy siyosatni utkazish. Ijtimiy ximoyalash va kafolatlarning kuchli, ta‘sirchan mexanizmi mavjud bulgandagina ijtimoiy-siyosiy barkarorlikni saklagan xolda bozor iktisodiyoti sari tinimsiz rivojlanib borishni ta‘minlash mumkin.
Beshinchidan, yangi iktisodiy bozor munosabatlarini puxta uylab, boskichma-boskich, ya‘ni evolyutsion yul bilan karor toptirish mumkin.
Demokratik jarayonlarni va iktisodiy uzgarishlarni muvaffakiyatli islox kilish uchun barcha tamoyillar birday muxim belgilovchi axamiyat kasb etadi.
Uzbekiston Prezidenti I.Karimov mustakillikning bir yilligi arafasida uzining “Uzbekistonning uz istiklol va tarakkiyot yuli” nomli asarida yangilangan jamiyatda yashovchi xar bir kishining siyosiy, iktisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yullarinin kursatib bergan bulsa, ”Uzbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yulida” kitobida iktisodiyotni tubdan islox kilishga doir beshta tamoyilning axamiyatiga yana bir bor tuxtaldi. Xususan, bozor munosabatlariga boskichma-boskich utishning Uzbekiston uchun nakadar afzalliklariga aloxida e‘tibor berildi.
Prezident I.Karimov mustakillikning dastlabki kunidan boshlab yangi jamiyatga mos siyosiy isloxotlar utkazish yullarinin okilona kursatibgina kolmay, ayni paytda jamiyatning bozor iktisodiyoti munosabatlariga utish tamoyillarini ishlab chikdi, uni izchil amalga oshirish chora-tadbirlarini kurdi. Jaxon tajribasi, Uzbekistonniing milliy xususiyatlari, imkoniyatlari va shart-sharoitlari asosida tarakkiyotning “ Uzbek modeli” ishlab chikildi.
SHunday kilib, XX asr 90-yillarning boshlariga kelib Uzbekiston xalklari tarixida misli kurilmagan tarixiy vokea yuz berdi. Uzbekiston davlat mustakilligini kulga kiritdi. Dunyo xaritsida 1991 yil 1 sentyabrdan boshlab yana bitta mustakil, tula xukukli suveren davlat - Uzbekiston Respublikasi paydo buldi.
Yangi Uzbekiston uziga xos istiklol va tarkkiyot yulini tanladi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling