Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
I BOB. ARGENTINANING MUSTAQILLIK UCHUN KURASHI VA ISTIQLOLGA ERISHUVI
Download 211.5 Kb.
|
Argentina BMI
I BOB. ARGENTINANING MUSTAQILLIK UCHUN KURASHI VA ISTIQLOLGA ERISHUVI
1.1. Lotin amerikasida mustaqil davlatlar – Argentinaning tashkil topishi. Ispaniyaning Amerika qit’asidagi mustamlakalari juda katta hududlarni tashkil etgan. Ular G‘arbiy Luizianani, Florida, Meksika, Vest-Indiya orollari, Markaziy Amerika va Janubiy Amerikaning deyarli yarmini bosib olganlar, Janubiy Amerikaning hozirgi Braziliya hududi Portugaliya tomonidan istilo etilgan edi. Bu yerdagi tub aholi ispanlar va portugallar bilan bir qatorda hindular (tub aholi), Afrikadan olib kelingan negrlar va mulatlar (negrlar bilan yevropaliklarning avlodlari), metislar (boshqa xalqlarning avlodlari) va kreollan (ispanlar va mahalliy aholi avlodlari) dan iborat bo‘lgan. Ispanlar kelib joylashib mustamlakaga aylantirilgan Janubiy Amerika hududi La Plata (ispancha – kumush yer) deb atalgan. Ispanlar o‘zlari istilo qilgan mamlakatlarda shu jumladan La Plata – Argentinada ham plantatsiya qulchiligi tizimi asosidagi mustamlakachilik rejimini o‘rnatganlar. Bu yerlardagi yer osti va usti boyliklarini ayovsiz talaganlar. Mustamlakachilarning bu talonchiligi va bosqinchiligi, qullar savdoasi, butun boshliq qabilalarni qirib tashlash, mahalliy aholi va xalq ommasini shafqatsiz va quldorlarcha ekspluatasiya qilish bilan qo‘shilib ketgan. Ispanlar dangal zo‘ravonlik va zulm yo‘li bilan mustamlakalardan behisob boyliklarni tortib olganlar. Ammo keyinchalik bu boyliklar Ispaniya qo‘lidan chiqib undan ham kuchliroq bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘liga o‘tib ketgan. Ispan ma’murlari o‘z mustamlakalarida, shu jumladan, Argentinada ham sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga to‘sqinlik qilib kelganlar. Ular o‘z mustamlakalarini asosan, xom-ashyo bazasiga, o‘z tovarlarini sotadigan bozorlariga aylantirib, mahalliy aholini shafqatsiz talaganlar. Masalan, Argentinaning chet davlatlar bilan har qanday aloqalari va hatto savdosi ham faqat ispan ma’murlari tomonidan amalga oshirilgan. Mustamlakachilarning bunday vahshiyona siyosati tub aholining ham va ular bilan ispanlarning avlodi bo‘lmish kreollarning qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi. Kreollar garchi ma’lum mol-mulk, yerlarga ega bo‘lsalarda boshqaruv va davlat ishlariga juda kam aralasha olardilar, ular deyarli hokimiyatni boshqarish ishlarga yaqinlashtirilmaganlar. Mustamlakachilik rejimidan norozi bo‘lgan kreollarda mustaqillikka intilish hislari uyg‘ona boshlagan va ular turli yo‘llar bilan ispanlarga qarshi kurash yo‘liga o‘tganlar. Shunday qilib, Argentinadagi, umuman butun Amerikadagi ozodlik kurashining boshida aynan ana shu ispanlar va mahalliy aholi avlodlari – kreollar turganlar. XVIII asr oxirida Shimoliy Amerikada olib borilgan mustaqillik uchun kurash va Fransiyada bo‘lib o‘tgan 1789-1794-yillardagi burjua inqilobi ta’sirida ispan mustamlakalarida, jumladan, Argentinada ham bosqinchilarga qarshi xalq harakati kuchaydi. Ana shu harakat, ozodlik kurashi boshida kreollardan kelib chiqqan zodagonlarning vakillari turdilar. Yevropa va shimoliy Amerika qit’asidagi mustaqillik kurashi Janubiy Yevropa va shimoliy Amerika qit’asidagi mustaqillik kurashiga sabab bo‘ldi. Krollarning asosiy maqsadlari, Ispaniya Amerikasidagi boshqaruv tizimini qo‘lga olish bo‘lgan, ular xalq harakatini qo‘llash va ularga yetkachilik qilish orqali bu rejalarini amalga oshirganlar, ya’ni mahalliy hukmronlarga aylanganlar. Ular boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiq erkinlik berilishini hamda mustamlakalarda sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi cheklashlarni bekor qilishni talab qildilar. Mustaqillik uchun kurashuvchilarning ba’zilari respublikachilik qarashlaridagi kishilar edilar, ammo ular, hatto eng ilg‘or yetakchilar hm ko‘pincha hindular va negrlar ommasiga tayanmay, balki Janubiy Amerika bilan erkin savdo olib borishdan manfaatdor bo‘lgan asosan Angliya va Fransiyadan yordam olishdan umidvor edilar. Kreollar va ular orasidan chiqqan pomeshchiklar xalq ommasining ispanlarga qarshi chiqishlaridan ham qo‘rqardilar, chunki xalq ommasining bu ozodlik harakati pomeshchiklar zulmiga qarshi kurashga aylanib ketishi mumkin edi. Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun urush boshlashi arafasida feodal absolyutik Ispaniyasi chuqur inqirozni boshidan kechirayotgan edi. Trafalgar jangida ispanlarning inglizlardan mag‘lubiyati Ispaniyaning Latin, Amerikasidagi hukmronligiga qattiq zarba yetkazdi, bu janga butun boshliq ispan harbiy flot butkul yo‘q bo‘ldi. Bundan tashqari, 1808-yila Napoleon qo‘shinlarining Ispaniyaga bostirib kirishi, Lotin Amerikasidagi ispan mustamlakalarida mustaqillik uchun kurashga turtki bo‘lid. Milliy-ozodlik harakatning arboblari mustamlakachilik rejimini tugatishga ochiqdan-ochiq harakat boshladilar. Bu harakat Argentinada ham boshlanib ketdi. Ispaniya mustamlakalariga qarshi mustaqillik urushi ikki davrga bo‘linadi. Birinchi davr – 1810-1815-yillar bo‘lib hisoblanadi. Bu davrda Argentina asosan o‘zining rasmiy mustaqilligiga erishgan edi. 1810-yilda La-Plata Vitse qirolligi (hozirgi Argentina) da, (shuni ta’kidlaymizki, bu qirollikka o‘sha paytda hozirgi Paragvay, Urugvay, Voliviya hududlari ham kirgan edi) ozodlik kurashi boshlandi. Buyenos-Ayres kreollari harbiy ittifoqdan iborat hukumatini ya’ni xunta tuzdilar. Kreollar harbiylar hukumatiga tayanib Ispanlarga itoat etmay qo‘ydilar. Biroq bu hukumat Buyenos-Ayres Argentina manfaatlarini ko‘zlab boshqa hududlarni huquqlarini kamsitdi. Natijada Paragvay hamda Urugvay, Buyenos-Ayres hukumatini tan olmay, bo‘ysunmay qo‘ydilar va ular o‘rtasida qarama-qarshilik paydo bo‘lib milliy mustaqillik harakatida parokandalik xavfi, paydo bo‘ldi3. Ana shunday bir sharoitdi asli kelib chiqishi kreollardan bo‘lgan harbiy qo‘mondon general San Martin, Simon Boliver kabi vatanparvarlar tarix maydoniga chiqdilar va o‘z xalqlari o‘rtasidagi nifoqlarni bartaraf etib, xalq ommasini mustamlakachilarga qarshi kurashga birlashtirib, butun Lotin Amerikasiga ozod va mustaqil davlatlarga asos soldilar. Mustaqillik urushining ikkinchi davri (1816-1826) da La-Plata provisiyalari (Argentina) mustaqillikka erishdi, ya’ni 1816-yilda Argentina mustaqil deb e’lon qilindi. Bu urush butun Janubiy Amerikani qamrab oldi. General San Martin And tog‘larining to‘rt ming metrli baland cho‘qqilaridan o‘tib, 1817-yilda Sant Yagoni ozod qildi. Shunday qilib Chili ispanlardan ozod qilindi va mustaqil bo‘ldi. Keyinchalik San-Martin perulik kreollarning qo‘zg‘olonini eshitib, ularning iltimosiga ko‘ra yordamga etib kelib Peruni ham ozod qildi. 1821 yil Peru ham mustaqil deb e’lon qilindi. Shuning uchun general San Martin argentinaliklar bilan birga nerulinli va chililiklarning ham xalaskori hisoblanadi. Lotin Amerikasi xalqlari atamasi bugungi kunda Kanada va AQShdan tashqari Amerika qit’asini egallagan barcha mamlakatlarga tegishli bo‘lib ispan, portugal tillarida so‘zlashuvchi xalqlarni nazarda tutadi. Qadimgi Rimda lotin tili asosiy til bo‘lib keyinchalik undan yuqorida nomlari keltirilgan tillar vujudga kelgan. Lotin Amerikasi xalqlarining kelib chiqishida Yevropaliklar, Hindular va afrikaliklar (Zanjilar) hal qiluvchi rol o‘ynaganlar. Ular o‘rtasida xristian dinining katolik mazxabi keng tarqalgandi. Yangi davr boshlangan paytda Vest-Indiya, Markaziy va Janubiy Amerikani deyarli hamma mamlakatlari Ispaniyaning mustamlakasi edi. Janubiy Amerikani yarmini egallagan Braziliyagina Portugaliyaning mustamlakasi edi. Vest-Indiyadagi katta Gaiti oroli 1804-yilgacha Fransiyaga qarashli edi. Gaiti ordini Kolumb kashf etgan bo‘lib u shu yerda Yevropaliklarning Amerikadagi birinchi mustamlakasiga asos solgan edi. So‘ngra bu orolga fransuz qaroqchilari o‘rnashib olib shu yerdan savdo kemalariga hujum qilar edilar. Keyinchalik orol Fransiyaga o‘tdi. Mahalliy hindularning ko‘pchiligi kasallikka chalinib nobud bo‘ldi hamda Vest-Indiyaning boshqa orollaridagi mahalliy aholi kabi qirib tashlandi. Shu sababli Gaitidagi shakarqamish Afrikadan qora tanli qullar keltirildi. XVIII asr oxiriga kelib Gaitidagi fransuz yerlarida 400 mingdan ko‘proq qora tanli qul bor edi. Ular o‘z mehnatlari bilan plantatorlar boyligini ko‘paytirar edilar. Qullar tez-tez qo‘zg‘alon ko‘tarib turar edilar. 1791 yilda boshlangan katta qo‘zg‘alon qullarning tarixida ilk bor g‘alaba qozonishi edi. Qullar hokimiyatni qo‘lga olib o‘zlarining kichik bo‘lsada mustaqil davlatlarini barpo etdilar. Qullar va oq tanli kambag‘allarning birgalikdagi harakatlari muvaffaqiyat garovi bo‘ldi. Gussen-Levertyur boshchiligidagi qo‘zg‘alon g‘alaba bilan tugadi. U qullar ozod etilganligi va plantatorlardan tortib olingan yerlar ularga berilishini e’lon qildi. Bir necha yildan so‘ng Napaleon Bonapart buyrug‘iga binoan Gaitiga fransuz qo‘shinlari yetib keldi. Gussen asir olinib Fransiyaga jo‘natildi va qamoqxonada vafot etdi. Ammo Fransiyaliklarni gaitiliklar haydab yubordilar va 1804-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritdilar4. Orolda Gaiti Respublikasi tuzildi. Keyinchalik orolning Sharqiy qismi Gaiti Respublikasidan ajralib chiqib mustaqil davlatga aylandi. Nisbatan rivojlangan madaniyatga ega bo‘lgan hindu xalqlaridan Meksikadagi asteklar va Janubiy Amerikadagi inklar uzoq vaqt davomida ispanlarga qarshilik ko‘rsatdilar. Ko‘p hindular halok bo‘ldi. Endilikda Lotin Amerikasi aholisining katta qismini hindular hamda ular bilan oq tanlilarning avlodi – metislar tashkil etadi5. Hindularga nisbatan Yevropaliklarning haddan tashqari zo‘ravonliklar qilishlari, ularning boyliklarini talon-taroj qilishlari ular o‘rtasida norozilikni nihoyatda kuchaytirib yubordi. Xonavayron bo‘lgan dvoryanlar, savdogarlar va boylik izlovchilar oltin, kumush payida Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlariga yopirilib keldilar. Ispan va Portugal istilochilari mavjud oltin, kumush va qimmatbaho tosh zaxiralarini bosib olgach kumush, oltin va olmos konlariga asos sola boshladilar. Dvoryanlar va cherkov mulozimlari eng yaxshi yerlarni qo‘lga olib shakarqamish kofe, tamaki ekinzorlarini barpo qildilar. Ular ot, qo‘y, qoramol boqa boshladilar. Yerdan mahrum bo‘lgan hindular yarim qaram mardikorlarga aylantirildi. Ularga katta o‘lpon solinar, ispan cherkov mulozimlari ularning ibodatxonalarini buzib, hindularni Xristian cherkovlari qurishga va shu dinga e’tiqod qilishga majbur etar edilar. Hindularning ko‘pchiligi qirilib ketganligi sababli mustamlakachilar Yamayka, Kuba, Braziliya ekinzorlarida ishlatish uchun Afrikadan negr qullar keltira boshladilar. XVIII asrda hindular ko‘p marta qo‘zg‘alon ko‘tardilar. Ularning sardori Tupak Amari 1781-yilda Peruda ispanlarga qarshi qo‘zg‘alonga boshchilik qildi, qullikni bekor qildi, ispan amaldorlarini haydab yubordi. Biroq mustamlakachilar deyarli qurollanmagan 60 ming hindularni tor-mor qildilar. Tupak Amarini ushlab tilini sug‘urdilar va itga bog‘lab tilka pora qildilar. Ispanlar Lotin Amerikasidan oltin, qand, shakar, paxta olib ketishar va u yerga sanoat mollari keltirib mustamlakalarda savdo-sotiq ma mahalliy sanoat rivojiga turtki berdilar. XVIII asrda Ispaniyaning Amerikadagi mustamlakalari ko‘p miqdorda teri va tuzlangan go‘shtni chetga chiqarib sotar, poyabzal, shisha, qurol, porox ishlab chiqarar, kichik kemalar qurar, gazlama to‘qir edilar. Shu bilan bir qatorda mustamlakalar iqtisodiy jihatdan rivojlangan sarvin mahalliy xalqning tobora ezilgani sari milliy ozodlik harakatlari ham kuchayib bordi. Ispaniyadan yuborilgan amaldorlar, general va zobitlar mustamlakalarda hukmronlik qilib ko‘p boylik jamg‘ardilar. Ular ispanlarning avvalgi avlodlari kreollarga mensimay qarar edilar. Kreollar orasida pomeshchiklar, savdogarlar, monarxlar va ruhoniylar hukmron tabaqa edilar. Ispan amaldorlari kreollarni oliy lavozimlarga yo‘latmas ular bilan takabburona muomala qilar edilar. Pomeshchik va savdogar kreollar Ispaniya xazinasiga to‘lanadigan og‘ir soliqlardan, mustamlakachi amaldorlarning beboshligidan va Ispaniya ma’murlari boshqa davlatlar bilan mustamlakalarning savdosini ta’qiqlab qo‘yganligidan bu esa ispan savdogarlarining o‘z mollari narxini o‘zboshimchalik bilan yashirishlariga imkon berishdan g‘azablanar edilar. XIX asr boshlarida mustamlakalarga yashirin yo‘l bilan ko‘p miqdorda ingliz mollari keltirildi. Angliya mustamlakalarda o‘z savdosi uchun Ispaniya hukmronligining yo‘q bo‘lishini hohlardi. Shu sababli kreol vatanparvarlar ingliz savdogarlarining madadiga umid bog‘lar edilar6. Mustamlakachilik zulmi qishloq xo‘jaligi va savdo-sotiqni kengaytirish uchun Ispaniya hukmronligining yo‘q bo‘lishini hohlardi. Shu sababli mustamlakalarda mustaqil milliy davlatlar tuzishga intilish kuchaydi. Ispaniyaning mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik harakatlari ko‘tarildi. Inkvizatsiyaning ta’qiblariga qaramay Ispaniyaning Amerikadadi mustamlakalariga fransuz ma’rifatparvarlarining inqilobiy asarlari kirib kela boshladi, kreollardan chiqqan ma’lumotli pomeshchiklar, ayniqsa harbiylar orasida ozodlik g‘oyalari keng tarqaldi. Mustamlakalarda burjuaziyaning hamkorligi tufayli kreol dvoryanlardan chiqqan inqilobchilar ozodlik harakatlariga boshchilik qildilar. O‘z navbatida yarim qaram dehqonlar pomeshchiklar bilan savdogar sudxo‘rlarning zulmidan ozod bo‘lib o‘zlari mehnat qilayotgan yerning yegasiga aylanishni orzu qilar edilar. Biroq pomeshchiklar, savdogarlar, cherkov mulozimlari o‘z chorbog‘larini va qullikni dehqonlar bilan hunarmandlarni o‘zlariga qaram holda saflab qolishni istar edilar. Shu sababli milliy ozodlik harakati ichida turli tabaqalar o‘rtasida turli yo‘nalishlar mavjud edi. Ammo ozodlik harakatining eng inqilobiy kuchlari hindular, metislar, ulardan chiqqan dehqonlar, hunarmandlar va ularni qo‘llab quvvatlaydigan ozod bo‘lishiga umid bog‘lagan negr qullar edi. 1810-yilda mustamlakalarda ommaviy qo‘zg‘alon boshlanib ketdi. Amerika xalqlari orasidan ozodlik uchun olib borilgan kurashlarda ko‘pgina ajoyib vatanparvarlar yetishib chiqdi. Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramonlari, kambag‘al dehqonlar qo‘zg‘alonlarining yo‘lboshchilari Migel Idalgo va Xose Morelosning nomlarini hozir ham hurmat bilan eslaydi. Qishloq ruhoniysi Idalgo hindular tilini bilardi. U 1810-yilda dehqonlar tabaqasiga mansub bo‘lgan hindular bilan metislarni mustaqillik uchun kurashga va o‘zlaridan tortib olingan yerlarni qaytarib olishga chaqirdi. Hindular uni nihoyatda hurmat qilardi. Idalgo ham doimo ular bilan birga edi. Qo‘zg‘alon ko‘targan hindular va metislardan butun bir armiya tuzildi. Qo‘zg‘alon mamlakatning katta qismiga yog‘ildi. Idalgo quldorlarga o‘zlarining hamma qullarini 10 kun ichida ozod qilishni buyurdi. Hindu jamoalari mustamlakachi ma’murlarga to‘lab kelgan o‘lponni bekor qildi. Ispaniya ma’murlari Idalgoga taslim bo‘lishni taklif qildilar va uni kechirishini va’da berdilar. “Kechirish, - deb javob qaytardi Idalgo – vatan himoyachilariga emas balki jinoyatchilarga kerak”7. Ispaniyaning mustamlakachi qo‘shinlari Idalgo lashkarlarini qirib tashladilar. Idalgoning o‘zi asir olindi. 1811-yilda otib tashlandi. Uning kallasini temir qafasga solib hammaga ko‘rinadigan joyga osib qo‘ydilar. Idalgoning eng yaqin safdoshi duradgorning o‘g‘li Morelos uning ishini davom ettirdi. Morelos qishloq ruhoniysi edi. Morelos yirik pomeshchiklarning yerlarini tortib oldi, qullik yo‘q qilinganini tasdiqladi, qiynoqlarni bekor qildi. Hindularning tortib olingan yerlarini qaytarib berishni talab qildi. U aholining ayniqsa hindular bilan negrlarning ahvolini yaxshilash uchun qattiq kurashdi. Morelosning 40 ming hindu qo‘lladi, uning qo‘shinlari safida bir necha ming negr bor edi. Biroq Ispaniyaning muntazam qo‘shinlari yirik pomoshchiklarni o‘z tarafiga og‘dirib olib qo‘zg‘alonchilarni tor-mor etdilar va Morelosni otib tashladilar. Uzoq olib borilgan kurashlardan so‘ng Meksika xalqi 1821-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritdi. Keyinchalik Meksikani respublika deb e’lon qilindi. Simon Boliver Janubiy Amerika xalqlarining eng mashhur qahramoni hisoblanadi. U Venesuyelalik badavlat kreol pomeshchik va savdogar oilasida tug‘ildi. Juda yaxshi ma’lumot oldi. Yevropa bo‘ylab ko‘p safar qildi. Volter, Russo asarlarini qiziqib o‘qidi. Simon Boliver Venesuyelada ozodlik armiyasini tuzdi. Ispan qo‘shinlariga qarshi janglardagi muvaffaqiyati uchun general unvoni va xalaskor degan faxriy nom oldi. Boliver birgina kreollarnigina emas hindular, negrlarni ham ozodlik kurishga otlantirdi. Qora tanli qullarning bir qismini o‘z qo‘shinlariga jalb etdi. Hindu dehqonlarga urush tamom bo‘lishi bilan, yor va’da qildi. Qulliq bekor qilinganini e’lon qildi. Boliver Yevropaning ilg‘or jamoatchiligiga murojaat qilib yordam so‘radi. Uning davatiga binoan mustamlakachilikka qarshi kurashish uchun irlandlar, inglizlar, nemislar, italyanlar, polyaklar, ruslar Boliver huzuriga keldilar. 1819-yilda Venesuyela mustaqil deb e’lon qilindi. O‘sha yili Boliver qo‘shinlari And tog‘larining cho‘qqilaridan o‘tib katta viloyat – Yangi Grenadaning ispanlardan ozod bo‘lishiga yordam so‘rab qo‘lini cho‘zdi. Boliver boshchiligidagi qo‘shin nihoyatda matonat, qahramonlik ko‘rsatdi. Ular tog‘lar, o‘rmonlar, timsohlar to‘la daryolardan o‘tdilar, jangchilar tepasida baland tog‘larda qor yog‘ib turar havo yetishmasligidan odamlar hushidan ketar, jarlarga tushib ketar edi. Bunday qiyinchiliklarga qaramay Simon Boliver qo‘mondonligidagi qo‘zg‘alonchilar ispan qo‘shini ustidan g‘alaba qozondilar. Yangi Grenada Venesuyela bilan birlashdi va Boliver birlashgan respublika – Buyuk Kolumbiya Prezidenti bo‘ldi. U aholining ayniqsa hindular bilan negrlarning ahvolini yaxshilash uchun qattiq kurashdi. Morelosning 40 ming hindu qo‘lladi, uning qo‘shinlari safida bir necha ming negr bor edi. Biroq Ispaniyaning muntazam qo‘shinlari yirik pomoshchiklarni o‘z tarafiga og‘dirib olib qo‘zg‘alonchilarni tor-mor etdilar va Morelosni otib tashladilar. Boliver mamlakatda bir qancha islohotlar o‘tkazdi. Hindulardan olinadigan o‘lponni bekor qildi, yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqdi. Ammo bu tadbir boylarning qarshiligiga duch kelib amalga oshmay qoldi. Boliver Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika yerlarini birlashtirishni orzu qilar edi. U hatto AQShni kelgusida lotin Amerikasi mustamlakalariga rahna solishini ko‘ra bildi va AQShning bosqinchilik rejalaridan ogohlantirib, shunday deb yozdi: “Shimoldagi amerikaliklar biz uchun ajnabiylardir. Shu sababli men bizning amerikacha ishlarimizni tartibga solish uchun ularni mamlakatimizga taklif etishga hech qachon rozi bo‘lmayman”. Xose Pan Martin qo‘mondonligidagi qo‘shinlari Argentinani ozod qildi. So‘ngra bir qancha qo‘shin And tog‘laridan o‘tib Chili bilan Peruning ham ozod bo‘lishiga yordam berdi8. 1822-yilda Braziliya Portugaliyadan ajralib chiqdi. 1824-yilda Boliver armiyasi Ayakucho yassi tog‘ligida Peruni mustaqillikdan mahrum qilmoqchi bo‘lgan ispan qo‘shinlarini tor-mor etdi. Peru uzil-kesil Ispaniya zulmidan ozod bo‘ldi. 1825-yil yangi respublika – Boliver barpo etildi. Bu davlat mustamlakachilikka qarshi kurashda katta xizmatlar ko‘rsatgan Boliver nomi bilan shunday atala boshladi. Bu mustamlakalarda (Braziliyadan tashqari barchasida) respublika tuzumini o‘rnatildi, ba’zilarda qullik tugatildi. Shu bilan birga ko‘p dehqonlar yer ololmadi. Katta yer egaliklari – latifundiyalar hali saqlanib qoldi, iqtisodiy qoloqlikka barham berilmadi. Mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lgan Janubiy Amerika mamlakatlarida yuz bergan muhim voqealar: 1791-1804-yillar qora tanli qullarning Gaiti orolidagi qo‘zg‘alonlari va mustaqillikning qo‘lga kiritilishi. 1819-yili – Yangi Grenada (endi u Kolumbiya deb ataladi) o‘zining birinchi mustaqilligini e’lon qildi. 1821-yil – Meksika va Peru o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi. 1822-yil – Braziliya Portugaliyadan ajralib chiqdi. 1822-yil – Ekvador mustaqillikni qo‘lga kiritdi. 1825-yil – Boliviya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1830-yilga kelib Janubiy Amerikaning barcha xalqlari Yevropa mustamlakachilari hukmronligidan ozod bo‘ldilar. Shunday qilib, lotin Amerikasidagi mustaqillik uchun bo‘lgan urushlar yakunlandi. Ispan zulmi ag‘darib tashlandi va bir qancha yangi mustaqil milliy davlatlar vujudga keldi. “Lotin Amerikasidagi mustaqil davlatlar – Argentinaning tashkil topishi” sarlavhali birinchi faslni yakunlar ekanmiz, qit’adagi qator ilk mustaqil davlatlar – Gaiti (1804), Kolumbiya (1819), Argentina (1816), Meksika va Peru (1821), Braziliya (1822), Ekvador (1822), Boliviya (1825) kabi davlatlar paydo bo‘ldi, shular qatorida biz bitiruv malakaviy ishimizda mavzu qilib olgan Argentina ham bor edi. Shuni alohida qayd etamizki, malakaviy ishimiz mavzusini tadqiq etish jarayonida materiallarni o‘rganib amerikaliklar ham boshqa xalqlar singari ozodlikni osonlik bilan qo‘lga kiritmaganlar. Jumladan Argentinaliklar general Xose San-Martin, Venesuyelaliklar Simon Boliver kabi vatanparvarlar atrofiga birlashib kurashdilar va mustaqillikka erishdilar. Argentinadagi mustaqillik urushi 1810-yildan to 1826-yilgacha davom etgan bo‘lib, u ikki asosiy davrga bo‘linadi. Birinchi davr – 1810-1816-yillar, ikkinchi davr – 1816-1826-yillar. Birinchi davrda Irollar ya’ni ispan bosqinchilarining avlodlari (M.Bolgirano va X.San Martin) boshchiligida kurash olib borib, mustaqillikni qo‘lga kiritganlar. Ammo mustamlakachilarni batamom tor-mor keltirish uchun yana o‘n yil kurash olib borishga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda asosan kolonistlarning qolgan-qutganlari juda qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Boshqa joylardan yollanma askarlar olib kelib general Xose San Martin boshchiligidagi ozodlik armiyasiga qarshi qo‘yganlar. Argentinaning markaziy qismi La-Plata uchun shiddatli janglar bo‘lib o‘tgan. Shimoliy viloyatlar Salto va Kordovani ozod qilish ham oson kechmagan. Janubda Puyerto-Deseado, Soyenta-Krus, Rio-Galegos kabi shaharlar muhim portlar bo‘lib, bu joylarni egallanishi to 1826-yilga qadar cho‘zilgan. Shunday qilib Argentina rasman 1816-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, davlat hududlarini to‘la ozod qilish 1826-yilda tugallangan.
Download 211.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling