Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


AQSH ning lotin Amerikasi qit’asida hukmronligi


Download 211.5 Kb.
bet7/18
Sana09.01.2022
Hajmi211.5 Kb.
#268808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Argentina BMI

1.3. AQSH ning lotin Amerikasi qit’asida hukmronligi.

XIX asr oxiriga borib AQSH kapitalistlari Meksika va Markaziy Amerika mamlakatlaridan anchagina manfaatdor bo‘lib qolgan edi. AQSH Lotin Amerikasi mamlakatlarida hukmron bo‘lib olish uchun kurashib riyokorlik bilan hamma Amerika mamlakatlarini bitta degan ideyani propoganda qilib keldi. 1889-yilda AQSH davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda Birinchi pan amerika konferensiyasi bo‘ldi. Latin Amerikasi mamlakatlarining delegatlari AQSH dan qo‘rqqanligi va unda ishonchsizlik ko‘zi bilan qaraganligidan, AQSH ning Amerika davlatlari tamojniya uniyasini tuzishga qaratilgan harakati behuda ketdi. O‘zaro qulayliklar tug‘dirish masalasida ham umumiy bitimga kelinmadi. Birinchi panamerika konferensiyasining birdan-bir aniq natijasi shu bo‘ldiki, “Xalqaro Amerika respublikalari se’zdi” degan assosiatsiya tuzdi11.

AQSH ning G‘arb kontinentidagi hamma mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishiga qaratilgan panamerikanizm, ya’ni AQSH monopoliyalarining imperiyalistik siyosati shu tariqa paydo bo‘ldi. Latin Amerikasi mamlakatlarining delegatlari AQSH dan qo‘rqqanligi va unda ishonchsizlik ko‘zi bilan qaraganligidan, AQSH ning Amerika davlatlari tamojniya uniyasini tuzishga qaratilgan harakati behuda ketdi. O‘zaro qulayliklar tug‘dirish masalasida ham umumiy bitimga kelinmadi.

80-yillarda Venesuyela bilan Britaniya Gvianasi o‘rtasidagi janjal juda kuchayib ketganda AQSH Monro doktrinasiga tayanib janjalni aniqlashda, uni hal etishda o‘zi vositachilik qilmoqchi bo‘lganligini Angliyaga taklif qildi. Bu janjalni hal qilish uchun har qancha urinilsa ham 1895-yilgacha hamma harakat behuda ketdi. 1895-yil 20-iyulda AQSH davlat sekretari Richard Olni Venesuyela to‘g‘risida Angliyaga juda qat’iy maktub yubordi. Olni AQShning bu janjalga aralashishga haqi bor deb qattiq turdi va Venesuyelа chegarasi masalasini “xolis arbit” hukmiga topshirish to‘g‘risida ma’lum bir qaror qabul qilishni Angliyadan talab qildi.

Monro doktrinasining Olni tomonidan qilingan talqinining Lotin Amerikasi

mamlakatlari uchun xavfi Angliya hukmron doiralarining niyatlaridan ham emas edi. Bu hol Markaziy va janubiy Amerika mamlakatlarida qattiq norozilikka sabab bo‘ldi.

Angliya bilan diplomatik kurash yana bir necha yil davom qildi. Angliya Monro doktrinasini AQSH o‘z bilganicha kengaytirayapti va bu doktrina umuman xalqaro huquqning bir qismi emas deb hisobladi. Janubiy Afrikada krizis yetilib borishi Angliya bilan Germaniya o‘rtasidagi ziddiyatlar va Angliya bilan Rossiya o‘rtasida uzoq sharq masalasidagi antagonizmning kuchayishi munosabati bilan Angliya AQSH bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga intildi. Angliya Venesuyela chegaralari masalasini ko‘rib chiqishni xalqaro tribunalga topshirishga rozi bo‘ldi.

Tribunalning ishi 1899 yilda kompromiss qaror qabul qilish bilan tamomlandi. Angliya Monro doktrinasini AQSH o‘z bilganicha kengaytirayapti va bu doktrina umuman xalqaro huquqning bir qismi emas deb hisobladi. Janubiy Afrikada krizis yetilib borishi Angliya bilan Germaniya o‘rtasidagi ziddiyatlar va Angliya bilan Rossiya o‘rtasida uzoq sharq masalasidagi antagonizmning kuchayishi munosabati bilan Angliya AQSH bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga intildi. Angliya Venesuyela chegaralari masalasini ko‘rib chiqishni xalqaro tribunalga topshirishga rozi bo‘ldi. Tribunalning ishi 1899 yilda kompromiss qaror qabul qilish bilan tamomlandi.

AQSH reaksion doiralari Venesuyela janjali va Monro doktrinasi to‘g‘risidagi diskussiyadan harbiy dengiz flotini va mamlakat harbiy politsiya kuchlarini kuchaytirib olish uchun foydalandilar.

XIX asr oxiriga kelib, AQSH kapitalistlari Lotin Amerikasi mamlakatlaridan, shu jumladan Argentinadan ham ancha manfaatdor bo‘lib qolgan edilar. AQSH Lotin Amerikasi mamlakatlarida hukmron bo‘lib olish uchun kurashib, riyokorlik bilan hamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bitta, degan g‘oyani ilgari surib keldi, 1889-yilda AQSH davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda Birinchi Panamerika konferensiyasi bo‘ldi. Lotin Amerikasining delegatlari AQSH dan qo‘rqqanligi va ularga ishonchsizlik ko‘zi bilan qaraganligidan, AQSH ning Amerika davlatlari bojxona shartnomasini tuzishga qaratilgan harakati behuda ketdi. O‘zaro qulayliklar tug‘dirish masalasida ham umumiy bitimga kelinmadi. Birinchi panamerika konferensiyasining birdan-bir aniq natijasi shu bo‘ldiki, “Xalqaro Amerika respublikalari se’zdi” degan assotsiatsiya tuzildi.

AQShning G‘arb qit’asidagi barcha mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishiga qaratilgan panamerikanizm, ya’ni AQSH monopoliyalarining hukmronlik siyosati shu tariqa paydo bo‘ldi.

AQSH Monro doktrinasini qabul qilib, unga muvofiq Amerika qit’asidagi muammolarni o‘zi hal qilishi, bunga Yevropa davlatlari aralashmasligi siyosatini o‘tkaza boshladi. Masalan, Venesuyela bilan Britaniya Gvineyasi o‘rtasida janjal kelib chiqqan paytda Angliyaga bu masalani AQShning o‘zi hal qiladi deb ushbu mojaroni bartaraf etishda o‘zi vositachilik qilgan.

1895-yil 20 iyulda AQSH davlat kotibi Richard Olni Venesuyela to‘g‘risida Angliya juda qat’iy maktub yubordi va bu maktubda bu masalani hal qilishda “xolis arlitr” ga topshirish zarurligi ta’kidlangan edi.

Monro doktrinasining Olni tomonidan qilingan talqinining xavfi Lotin Amerikasi mamlakatlari Angliya hukmron doiralarining niyatlaridan kam emas edi. Bu hol Markaziy va Janubiy Amerika mamlakatlarining, shu jumladan, Argentina davlatining ham qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi12.

Angliya va AQSH o‘rtasidagi bu diplomatik urush aslida har ikkala davlatning bu ulkan hudud (janubiy Amerika) ustidan hukmronlikni ta’minlash maqsadida bo‘lib o‘tdi. Janubiy Amerika mamlakatlari va xalqaro jamoatchilik va diplomatik o‘yinlarni to‘xtatishni talab qildilar. Nihoyat bu masala xalqaro tribunalga topshirildi. Xalqaro sud esa kelishuv qarorini e’lon qilib, Janubiy Amerika mamlakatlari foydasiga hukm chiqardi.

“AQSH ning Lotin Amerikasidagi qit’asi hukmronligi” sarlavhali uchinchi faslni yakunlar ekanmiz quyidagi asosiy xulosalar kelib chiqdi. AQSH kapitalistlari Lotin Amerikasi mamlakatlari jumladan, Argentina davlatidan manfaatdor bo‘lib bu yerdagi bozorlar, xom-ashyo manbalarini egallab mamlakatni asoratga soldilar.

Tengsiz shartnomalar tuzib, o‘zlarining foydalariga mos keladigan

monopolistik tashkilotlarni vujudga keltirib Janubiy Amerika mamlakatlarini talon-taroj qildilar.

Shu bilan bir qatorda bu hududga davogar bo‘lgan, Angliya, Fransiya kabi davlatlar bilan ularni surib chiqarish usun kurash olib bordilar, bu borada har qanday usulni, ham diplomatik, ham zo‘ravonlik, ham moliyaviy – dollar usullarini ham qo‘llab o‘z maqsadlariga erishishga harakat qildilar.


Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling