1. «Jamiyat mafkurasi», «milliy g‘oya» tushunchasi, ma'no va mohiyati
hamda uning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanish zarurligi
Jamiyat mafkurasi. Prezidentimiz Islom Karimov jamiyat mafkura-siga quyidagicha ta'rif beradi:
«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman».
«Jamiyat mafkurasi» haqidagi bu tushuncha Prezident I.A.Karimov-ning 1998 yil «Tafakkur» jurnali bosh muharririning savollariga javoblarida o‘z ifodasini topgan. Bu suhbat «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin» deb nomlanib, Prezidentimiz asarlarining 7-jildiga kiritilgan. Unda Islom Karimov mafkuraning jamiyat hayotidagi o‘rni, ta'lim-tarbiya, milliy g‘oya va milliy mafkura tushunchalarining mazmuni haqidagi chuqur nazariy xulosalarni bayon etgan. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin». Asarda mafkuraning jamiyat taraqqiyotida, hozirgi sharoitda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |