Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir


Download 0.71 Mb.
bet126/188
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#212622
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   188
Bog'liq
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir.

«Jamiyatimiz mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g‘ayrat manbai bo‘lishi lozim».

O‘zbekistonning hozirgi davlat hududida yashagan xalqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini ko‘ramiz. Masalan, eramizdan evvalgi VI asrda - eronlik ahmoniylar, IV asrda - Yunon bosqinchisi Aleksandr Makedonskiy, eramizning I asrlarida - xitoyliklar, VII asrlarda - arab badaviylari, XII asrlarda - mo‘g‘il istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval Chor Rossiyasi, keyin «Qizil imperiya» iskanjasida ezilib yashagan.

Ana shu uzoq davom etgan milliy fojialarning asosiy sababi - millatning g‘oyaviy tarqoqligi, parokandaligidir. Mustaqillik uchun kurashgan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, Temur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g‘oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g‘oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e'tiqodiga to‘la aylanmaganligi sababli mag‘lub bo‘lganlar. Mamlakat yovlar oyog‘i ostida payhon bo‘lgan, millat g‘ururi, sha'ni toptalgan.

O‘zbekiston 1991 yili o‘z milliy mustaqilligiga erishgach, kommu-nistik mafkuradan bezib, zada bo‘lib qolgan o‘z milliy g‘oyasi negizlari bo‘lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va va an'anlaridan begonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish»ni qo‘llab-quvvatladi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning birdan bir yo‘li - o‘zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish bilan bog‘liq edi. Prezident Islom Karimov 1993 yil 6 mayda Oliy Kengash 12-sessiyasida «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu - milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir...» (Karimov I.A. Asarlar. T.1. 203. 217-betlar), degan edi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling