Њзбекистон республикаси олий ва њрта
Milliy g‘oyani xalq ishonchi, ongi, e'tiqodiga singdirish
Download 0.71 Mb.
|
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
2. Milliy g‘oyani xalq ishonchi, ongi, e'tiqodiga singdirish
shart - sharoitlari, vazifalari va mezonlari Prezident Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblari «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» deb nomlangan bo‘lib, mazkur asar Prezidentning 8-jildidan joy olgan. Har qanday jamiyatni, xalqni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlash-tirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun ma'naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor g‘oyalari mavjud bo‘lib kelgan. Prezidentimiz ta'biricha, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayotiy mazmuni, intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Mamlakatlar, davlatlar o‘z manfaatlarini milliy g‘oya, milliy mafkura orqali belgilab oladi. Hozirgi zamonda eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Prezident Islom Karimovning «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» asarida ko‘tarilgan asosiy g‘oyalar quyidagilardan iborat: Mamlakat, damlat manfaatlari milliy mafkura orqali ifodalanadi. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Qudratli davlatlar, ayrim siyosiy markazlar inson ongini zabt etib, o‘ziga qaratish uchun kurashmoqda. Mafkura dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki hozirgi paytda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar mafkuraviy bo‘shliq tufayli yuz bermoqda. Odamning qalbida ikkita kuch - bundyokorlik va vayronkorlik hamisha o‘zaro kurashadi. Yot mafkuraviy ta'sirga ayrim yoshlar kirib ketmasligi uchun mafkuraviy immunitetni kuchaytirish kerak. Maqsad huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Siyosiy va davlat qurilishini erkinlashtirish lozim. Oilani mustahkamlash orqali adolatli jamiyatni shakllantirish. Jamiyatning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtiso-diyotiga qaratilishi kerak. Jamiyat yuksak ma'naviy va axloqiy qadriyatlar asosida rivojlanadi. Milliy mafkurani yoshlar ongiga sodda, lo‘nda qilib tushuntirishda turli vositalardan samarali foydalanish. Mafkura qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas, balki u uzluksiz jarayon bo‘lganligi boisdan millat manfaatlariga javob berishi darkor. Milliy mafkurani tepadan turib yaratib bo‘lmaydi, u prinsipial masaladir. Milliy istiqlol mafkurasi Vatan tuyg‘usi, ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga e'tiborda bo‘lishi, oila, mahalla, ya'ni milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlarga, diniy qadriyatlarga, ma'rifat tamoyiliga monand rivojlanishi kerak (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 489-508-betlar). Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o‘z ta'sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intiladi. Bugungi kunda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo‘ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda. XX asr 80-yillarning oxirida mamlakatimizga o‘zini «do‘st», «dindosh», «millatdosh» qilib ko‘rsatib, go‘yo islom dini sofligi uchun kurashga «da'vat» etuvchi ayrim kimsalar kirib keldi. Aqidaparastlar juda «chiroy-li da'vatlar» bilan chiqib, ayrim yoshlarni o‘ziga rom qilishga ulgirdi. Aslida odamning qalbida ikkita kuch: bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o‘zaro kurashadi. Inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq. Mafkuraviy ta'sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun: - birinchidan, odamlarimiz, yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mus-tahkamlash, irodasini baquvvat qilish, mustaqil fikrga ega bo‘lgan insonlar qilib tarbiyalash lozim; - ikkinchidan, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish kerak; - uchinchidan, milliy mafkurani shakllantirish; - to‘rtinchidan, turmush darajasi va erkinligini ta'minlash; - beshinchidan, siyosiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish, (ayniqsa siyosiy va davlat qurilishini); - oltinchidan, ko‘ppartiyaviylik muhitini vujudga keltirish; - yettinchidan, davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipidagi 3 ta hokimiyatning mustaqilligini ta'minlashdan iborat; - sakkizinchidan, «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konsepsiya-sini amalga oshirish; - to‘qqizinchidan, oilani mustahkamlash; - o‘ninchidan, iqtisodiy asosi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtiso-diyotini rivojlantirish, mulkchilikni qaror toptirishdan iborat; - o‘n birinchidan, jamiyat yuksak ma'naviy va axloqiy qadriyatlarga tayanib, jamiyatni rivojlantirish; - o‘n ikkinchidan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, diniy bag‘rikenglik va h.k. Milliy istiqlol g‘oyasini o‘quvchi, talabalarga sodda, lo‘nda qilib tushuntirish lozim. Buning uchun taraqqiyotimizning har bir yo‘nalishi haqida maxsus darsliklar, qo‘llanmalar, ommabop adabiyotlar yaratilayot-ganligining boisi ham shundan. Milliy mafkurani yaratishda quyidagi holatlarga e'tibor bermoq kerak: 1. Xalq, millat o‘z milliy mafkurasini butun umri davomida boyitib boradi. Chunki mafkura qotib qolgan aqidalar yig‘indisi emas. Bu yo‘lda fidoyi ziyolilar mehnat qilishi kerak. 2. Milliy mafkurani tepadan turib yaratib va hayotga joriy etib bo‘lmaydi, bu prinsipial masala. Milliy istiqlol, mafkurasi o‘zida xalqimizning muqaddas tuyg‘u-larini ifoda etishi kerak. Masalan, Vatan tuyg‘usi. Bu inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otadi. «Men nechun sevaman «O‘zbekistonni?» degan chuqur ma'noli savolni o‘zimizga berishimiz kerak. Yoki ona tiliga muhabbat masalasi. Ona tili - bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling