1. Milliy istiqlol g‘oyasi - O‘zbekiston istiqbolini ifoda
etuvchi milliy taraqqiyot konsepsiyasi
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish - milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi hisoblanadi. Insonning ijtimoiy-siyosiy mohiyati faqat ozodlik va erkinlik sharoitidagina to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy maqsadi - «ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish» bo‘lib, bu g‘oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilish-larini, bunyodkorlik faoliyatining ma'no-mazmunini ifodalaydi.
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasida mustaqillik, ozodlik, erkinlik tushunchalari ustuvor va yetakchi o‘rinda turadi. Bu g‘oya Vatan ozodligi barcha orzu-intilishlarimiz, istiqlolni mustahkamlashga doir amaliy faoliyat ko‘lami va yo‘nalishlari uchun asos ekanligidan dalolat beradi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Biz uchun mustaqillik - o‘z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo o‘z hayotimizni o‘z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko‘zlagan holda tashkil etish, o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish huquqidir».
Xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi bosh maqsadi - buyuk demokratik davlat barpo etishdir. Davlatning buyukligi nima bilan belgilanadi? Davlatning buyukligi, avvalo, Vatanning ozodligi va obodligi, insonning komilligi, xalqning erkin va farovon hayoti bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |