2) Jamiyat barqarorligi, barqaror taraqqiyot - erkin va farovon hayot qurishning muhim qadriyatlaridan biridir. Mamlakatimizda barqaror taraqqiyot uning asosiy omillari va shartlarini Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» asarida barqaror taraqqiyotni ma'lum bir shartlar bilan bog‘liq holda tahlil etadi. Bular:
a) ma'naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi;
b) davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkam-lash;
v) demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakl-lantirish;
g) bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi;
d) kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi (Qarang: Karimov I.A. Asarlar. T.6. 125-190-betlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |