2-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining Foya, mafkuralar
bilan o‘zaro boFliqligi
Foya tushunchasi (yunon. g‘oya, ta'limot). Ilmiy adabiyotlarda «g‘oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. «Ideya» va «ideologiya» ko‘proq g‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi «idea» so‘zidan olingan. U ideologiya so‘zining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma'nosini anglatadi. Ideologiya (Idea - oya, tuguncha, logos - ta'limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta'limotni anglatadi va ikki xil ma'noda ishlatiladi:
1) g‘oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi;
2) muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.
Demak: 1. Foya inson tafakkurining mahsuli.
Foya oldin mavjud bo‘lmagan, o‘zida yangilikni tashuvchi fikrdir.
Oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi.
Foyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. Foya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy-ma'naviy kuchga aylanadi. Ularni muayyan maqsadga yo‘naltiradi, safarbar etadi, jipslashtiradi, hamkorlikka undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |