Strategik maqsad - uzoqqa mo‘ljallangan umumiy aniq rejani ifodalaydi.
Xalqimizning yangi jamiyat barpo etish yo‘lidagi orzu-intilishlari uning milliy g‘oyasi va mafkurasini shakllantirishni hayotiy zaruratga aylantirdi. «Chunki milliy g‘oya bo‘lsa, maqsad oydinlashadi. Ezgu maqsad esa har bir kishini safarbarlikka da'vat etadi, jamiyatni yanada birlashtiradi. O‘z milliy g‘oyasi, milliy mafkurasiga ega bo‘lgan davlat mustahkam, qudratli va obod bo‘ladi» (Karimov I.A. Asarlar, T.8, 473-bet). O‘zbekiston xalqi milliy istiqlol g‘oyasi: asosida yangi jamiyat barpo etmoqda.
Bu g‘oya xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi maqsad-muddaolarini ifoda etadigan, ularni amalga oshirish yo‘lida barcha yurtdoshlarimizni uyushtirib, bunyodkorlik ishlariga safarbar qiladigan, milliy istiqlol mafkurasiga asos bo‘ladigan g‘oya va tushunchalar tizimidir.
Milliy istiqlol g‘oyasining tushuncha va tamoyillari Prezident Islom Karimov asarlari asosida ishlab chiqilgan va «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomi bilan risola holida chop etilgan.
Tushuncha deb, narsa-hodisaning asosiy qonuniyatlari, belgi-xususiyat-larini o‘zida aks ettiradigan bilim va tasavvurlarga aytiladi.
Tamoyil deganda esa narsa-hodisalarning mohiyati va namoyon bo‘li-shiga xos ustuvor xususiyatlar tushuniladi. Demak, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari deganda, milliy g‘oyamizning asosiy qonuniyat hamda belgilarini o‘zida aks ettiradigan bilim va tasavvurlarni, uning mohiyati va namoyon bo‘lishiga xos ustuvor xususiyatlarni anglaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |