2. Milliy g‘oya O‘zbekiston xalqining asosiy maqsad
va muddaolarining ifodasi
O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etilmoqda. Jamiyat deganda biz odamlar uyushib, jamoa va xalq bo‘lib yashaydigan ijtimoiy-siyosiy tuzumni tushunamiz. Yangi jamiyat deganda esa xalqning maqsad-muddaolari va manfaatlari asosida barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati tushuniladi. O‘zbekistonda barpo etilayotgan ana shu jamiyatning ma'no-mazmunini Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida quyidagicha ifodalab berdi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat'iyat bilan borishdir»40.
Do'stlaringiz bilan baham: |