Mafkura - o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikdir.
Asarda Prezident Islom Karimov milliy g‘oya, milliy mafkura quyidagi holatlarni o‘zida mujassam qilib, mazkur talablarga javob berishi kerakligi masalasini bayon etgan:
1. Milliy mafkura o‘zligimizni anglash, asrlar davomida shakllangan ezgu niyatlarni, oliy maqsad va vazifalarni o‘zida qamrab olishi kerak.
2. Yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan yagona g‘oya - mafkura bo‘lishi lozim.
3. Har qanday millatchilik, mensimaslik kayfiyatlaridan xoli bo‘lishi, xalqaro maydonda izzat qozonishi va rahnoma bo‘lishi darkor.
4. Milliy g‘oya yosh avlodni vatanparvarlik, el - yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashi kerak.
5. Shonli o‘tmishi va kelajagini uzviy bog‘lab turishda, jahon va umumbashariy yutuqlarni qo‘lga kiritishga da'vatkor bo‘lishi darkor (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 91-92-betlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |