III. Iqtisodiyot sohasida:
1. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosh vazifa – eng avvalo, davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik funksiyalarini qisqartirish, xususiy bines faoliyatiga aralashuvini cheklashdan iborat.
2. Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosda amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish.
3. Mamlakat iqtisodiyotiga xorix sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish taqozo etilmoqda.
4. Kichik va o‘rta biznes iqtisodiy taraqqiyotimizda ustuvor o‘rin olishi darkor.
5. Mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiyoti tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini ta'minlash.
6. Mamlakatimiz iqtisodiy mustaqillini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davot ettirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |