IV. Ma'muriy sohada:
1. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o‘rnini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish.
2. Ko‘ppartiyaviylik, ko‘pfikrlilik sharoitida fuqarolarning o‘z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qila olishi jamiyatimizda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning negizi bo‘lmog‘i kerak.
3. Dinga hurmat va e'tiqod – biz uchun o‘lmas qadriyatdir.
4. Oila, onalar va ayollarimizning jamiyatdagi o‘rni va mavqyeini oshirish.
5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish.
6. O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odat va an'analarini rivojlantirishga ko‘maklashish, ular faoliyatini kengaytirish.
7. Keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatishdek noyob insoniy qadriyatni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |