2. O‘zbekistonda demokratik davlat erkin fuqarolik jamiyati qurish
insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog‘liqligi.
Erkinlik - kishilar faoliyati bilan tabiat va jamiyatning ob'ektiv qonuniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganishi asosida faoliyat olib borish va hayot kechirish zarurligini ifodalovchi tushuncha.
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shaxs erkinligi g‘oyasiga tayanadi. O‘z haq-huquqini taniydigan, ayni paytda o‘z manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘unlatiradigan insongina milliy g‘oyamiz tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi. Demokratiya (yunon. «demos» xalq va «kratos» hokimiyat) - xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyillarini e'lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Demokratiya asosida qiziqish, intilish va manfaatlarni mutanosiblashtirish, muvofiqlashtirish, murosaga keltirish va kelishish siyosati yotadi. Shu ma'noda demokratiya jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, mamlakat salohiyatini taraqqiyot uchun safarbar qilishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda barpo etilayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini ta'minlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farog‘otda yashashga imkon beruvchi, birdamlikka yetaklovchi, intizomni shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni biz ko‘zlagan maqsadga xizmat qiladi. XX asr boshlarida ozod yurt qayg‘usida yashagan Abdulla Avloniy fikricha, «Har bir mamlakatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati - yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘ilqdir».
Do'stlaringiz bilan baham: |