Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog‘liq ekani va shu bois uning g‘oyaviy ildizlari diniy ta'limotlarga borib taqalishi tushuniladi. Ya'ni, ko‘pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «Qur'on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g‘oyalar muayyan darajada o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz.
Xitoy xalqining taraqqiyot yo‘lini asoslab bergan Kon-fu-siy va Lao-szining ta'limotlari ham diniy qarashlarga asoslangan edi. Bu ta'limotlar asrlar mobaynida Xitoy xalqining milliy mafkurasi bo‘lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |