Ilmiy kashfiyotlar ham mafkura rivojiga katta ta'sir o‘tkazadi. Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, kibernetika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o‘zgartirmoqda.
Ayni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlari, bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Xirosima, Nagasaki, Chernobil fojialari, ommaviy qirg‘in qurollari, ekologik halokatlar, ma'naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Shunday ekan, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog‘lom g‘oya, sog‘lom mafkura kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |