2) Milliy qadriyatlarga sodiqlik - milliy g‘oyaning tayanch negizlaridan biridir. Bu tamoyil O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O‘tmishdan qolgan buyuk madaniy boyliklarimiz, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni ijodiy jihatdan o‘rganish - bu prinsipning asosiy jihatidir.
Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. Yapon milliy mafkurasi «Milliy davlatchilik tizimi» (kokutay), «Fuqarolik burchi», «Yapon ruhi», «tadbirkorlik», «umummilliylik», «fidoyilik», «vatanparvarlik», «paternalizm», «jamoaga sadoqat», «modernizatsiya» kabi g‘oya va tushunchalar ushbu mamlakatning bugungi kunda erishgan yuksak natijalarga poydevor bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |