I bob etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va ahamiyati
Download 96 Kb.
|
MUNDARIJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNI ShAKLLANTIRUVChI OMILLAR.
MUNDARIJA: KIRISH I BOB ETNOPSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA AHAMIYATI. 1.1. Etnopsixologiya - ilmning fanlararo o`rganish sohasi sitfatida; 1.2. Etnopsixologiyaning predmeti; 1.3. Etnopsixologiyaning vazifalari; II BOB ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNI ShAKLLANTIRUVChI OMILLAR. 2.1. Siyosiy- iktisodiy va jamiyatdagi ijtimoiy omillarni roli. 2.2. Tabiiy geografik muxit va uning etnik xususiyatlariga ta’siri.
O’tmishni, milliy qadriyatlarni bilish, donishmand xalqimizning asriy an’ana va udumlarini o`rganish faqat ma’rifiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, shuningdek, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Zero milliy zaminda voyaga yetgan yoshlarda ota-bobolarining mukaddas qadriyatlarini asrab-avaylash, hurmat qilish kabi fazilatlar qaror topadi. Yurtboshimiz ham milliy istiklol mafko`rasi haqida gapirib, u xalqimizning asriy an’ana va urf-odatlari, milliy mentalitetini aks ettirishi, millatimizga xos eng mukaddas to`yg`u va tushunchalarning mujassam ifodasi bo`lishi kerak, deb ko`rsatadi . Har bir xalqka xos bo`lgan etnopsixologik xususiyatlarni bilishga bo`lgan qiziqish, qadim vaqtlardan beri mavjud. Bu avvalo insonlarga xos bo`lgan tabiy qiziqish orqali paydo bo`lgan bo`lsa, keyinchalik ma’lum amaliy ehtiyojlar, maqsadlar asosida rivojlanib borgan. Mamlakatimizda etnopsixologiyaga oid tadqiqot asosan 60 yillarning o`rtalaridan keng qo`lamda olib borila boshlandi. Lekin etnopsixologiyani tashkil etuvchi komponentlar to`g`risidagi qarashlarda xali ham turli yondashuvlar mavjud. Biz etnopsixologiyaning asosiy komponentlari sifatida millatning belgilaridan biri - milliy psixologik qiyofani, uning elementlari - milliy xarakter, milliy urf-odat va an’analar, milliy to`yg`u, did, milliy ongning shakllanishi, namoyon bo`lishi kabi masalalarni ushbu ko`rsda yoritganmiz. Kurs universitetlarining psixologiya, sotsialogiya, falsafa, tarix bo`limi talabalari, aspirantlar va etnopsixologiya masalalari bilan qizikuvchilarga muljallangan. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling