1. Buyuk davlatchilik shovinizmi - (Shovinizm - fran. burjua mil-latchiligining o‘ta reaksion formasi). Shovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan. Shovinizm go‘yo to‘laqonli bo‘lmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan hukmronlik qi-lishga da'vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ‘ib etadi.
Shovinizm ba'zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy - siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashda namoyon bo‘ladi. Davlat yetakchi mavqye (davlat)ga ega bo‘lgan, o‘z millatini «oliy» millat deb e'lon qilgan millat hukmron ekspluatator sinflarining ideologiyasi va siyosati bo‘lgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |