Tayanch tushunchalar
Foyaviy bo‘shliq - muayyan sharoitda jamiyat, undagi toifa va qatlamlarning ongida sodir bo‘ladigan g‘oyasizlik, mafkuraviy vakuum holati. Mafkuraviy immunitet (lot. Immunitatis - biror narsadan ozod etish) - shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta'sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim. Mafkuraviy profilaktika - ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaviy ishlar. Beqarorlik - notinchlik, barqarorlik - tinchlik, osoyishtalik. Ekstremizm - fransuzcha-lotincha so‘z bo‘lib, keskin fikrlarning bildirilishi, keskin choralarga tarafdorlik. Xizbut - Tahrir - reaksion ruhdagi diniy-siyosiy tashkilot bo‘lib, arab tilidan «Ozodlik partiyasi» degan ma'noni bildiradi. Manipulyasiya - qo‘l, odamlar bilan ob'ekt sifatida munosabatga kirishish. Merkantilizm - pul jamg‘arish, mol-dunyoga hirs qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |