4) Jamiyat a'zolarining haq-huquqlarini ta'minlash. Asosiy qonunimiz bo‘lgan O‘zbekiston Konstitutsiyasida ko‘rsatilganidek, to‘la-to‘kis amalga oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy asoslarini ta'minlab berish lozim. Xalqimizda mustaqillik - bu huquq degan aqida ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun asos sifatida xizmat qiladi. Prezidentimiz Islom Karimov «Mustaqillik so‘zining nafaqat o‘zini erkin sezish, o‘z hayotini qurish, balki o‘z hayot-mamotini hal etishda katta huquqqa egalik ham demakdir»33, degan edi.
5) Prezidentimiz Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asrga intil-moqda» asarida 2004-2005 yillargacha mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasining oltinchi ustuvor yo‘nalishi - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlashdan iborat bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab berdi34.
Do'stlaringiz bilan baham: |