Zbekiston respublikasi oliy


Xorijiy mamlakatlarda ta’limga oid maxsus qonun hujjatlari ham qabul qilingan


Download 0.86 Mb.
bet25/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1549146
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Таълим хуқуқи-мажмуа

Xorijiy mamlakatlarda ta’limga oid maxsus qonun hujjatlari ham qabul qilingan. Misol uchun, AQSHda federal miqyosda ta’lim masalalari AQSH Qonunlar majumasining 20-tituli (“Ta’lim”) bilan tartibga solingan bo‘lib, u o‘z ichiga ikki muhim bo‘limlarni qamrab oladi: 8 – “Govard universiteti” va 28 – “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun asosida “Oliy ta’lim olish uchun mablag‘ va talabalarga yordam” (bu keyinchalik Talabalar ssudasini moliyalashtirish assotsiatsiyasi tuzilishi uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan).
AQSH Qonunlar majumasining 20-tituli (“Ta’lim”) Federal normativ-huquqiy hujjatlar Kodeksi (Code of Federal Regulations) 34-tituli bilan ta’minlanadi, xususan, u akkreditatsiya bo‘yicha agentlik huquqiy maqomini, federatsiya va shtatlar o‘rtasida kelishuv qoidalarini, shtatlarning oliy ta’limni moliyalashtirishdagi ishtirokini va boshqa masalalarni tartibga soladi.
Ta’lim sohasidagi muassasalarining mustaqilligi, boshqaruvni demarkazlashtirish kabi masalalar 1994 yildagi “Ta’limning milliy maqsadlari to‘g‘risida”gi va 2002 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham tartibga solingan.
Buyuk Britaniyaning ta’lim to‘g‘risidagi qonunlarini shartli ravishda maxsus va boshqa qonun hujjatlariga bo‘lish mumkin. Maxsus qonunlarga, ya’ni asosan ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarga – 1996 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (Education Act 1996). Hozirgi vaqtda Angliya va Uelsda bu ta’lim sohasidagi bosh normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
SHotlandiyada “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 2000 yilda qabul qilindi (Education and Training (Scotland) Act 2000). 1999 yilda SHotlandiya parlamenta ta’limga oid yana bir qator qonunlarni qabul qildi: 2001 yilda “Talabalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Qonun (Education (Graduate Endowment and Student Support) (Scotland) Act 2001); 2002 yilda – “Imkoniyatlari cheklangan shaxslarni muhofaza qilish strategiyasi va ta’lim qaydlari to‘g‘risida”gi, “Maktab qonunchiligini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi, “Malakani boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunlar; 2003 yilda – “Maktab nonushtalari to‘g‘risida”gi Qonun; 2004 yilda – “Ta’limni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi, “Maktab ta’limi (vazirlik vakolatlari va mustaqil maktablar) to‘g‘risida”gi qonun; 2005 yilda – “Oliy va undan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi, “Gael tili to‘g‘risida”gi qonunlar; 2006 yilda “SHotland maktablari to‘g‘risida”gi Qonun va b.q.
Germaniyada “O‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Federal qonunga ko‘ra, agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat xarajatlarini ko‘tara olmasa, ular moliya yordamini oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling