Zbekiston respublikasi oliy
Ta’lim tizimiga oid umumiy konstitutsiyaviy qoidalar
Download 0.86 Mb.
|
Таълим хуқуқи-мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ta’lim tizimiga oid maxsus konstitutsiyaviy qoidalar.
- “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun
- Bakalavriat
1. Ta’lim tizimiga oid umumiy konstitutsiyaviy qoidalar – ularga Konstitutsiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (XVIII bob), O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti (XIX bob), Vazirlar Mahkamasi (XX bob), mahalliy davlat hokimiyati asoslariga (XXI bob) oid tegishli qoidalari kiradi. Ushbu normalarda ijtimoiy sohaga, shu jumladan, ta’limga ham tegishli bo‘lgan umumiy qoidalar o‘rin olgan.
2. Ta’lim tizimiga oid maxsus konstitutsiyaviy qoidalar. Xususan, Konstitutsiyamizning 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. YOki bo‘lmasa, 42-moddasiga binoan, har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining qonunchilik asoslari tizimida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun alohida o‘rin tutadi. Ushbu Qonun 1997 yil, 29 avgustda qabul qilingan, 5 bob, 34 moddadan iborat. Asosiy boblari tuzilishi: umumiy qoidalar (I-bob); ta’lim tizimi va turlari (II-bob); ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish (III-bob); ta’lim tizimini boshqarish (IV-bob) va yakunlovchi xulosalar (V-bob). Unda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 9 ta prinsipi belgilangan (3-modda): ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. Qonunga asosan ta’lim tizimi uchga bo‘linadi (9-modda): 1) davlat standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; 2) ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; 3) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. Qonunga asosan ta’limning 7 turi farqlanadi (10-modda): maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim. Oliy ta’lim qonunga asosan (14-modda) ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling