Zbekiston respublikasi oliy


Ta’lim sohasidagi xalqaro tashkilotlar


Download 0.86 Mb.
bet19/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1549146
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Таълим хуқуқи-мажмуа

Ta’lim sohasidagi xalqaro tashkilotlar.
YUNESKO – BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti. Universal xususiyatdagi hukumatlararo tashkilot: dunyoning turli mintaqalarida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi; ta’lim bo‘yicha ma’ruza, hisobotlar va axborot-tahliliy materiallrni chop etadi, hamkorlik va ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazadi.
YUNESKO tomonidan chop etiladigan hujjatlar: YUNESKOning statistik yilnomasi (dunyoning mintaqalari va davlatlari bo‘yicha fanning rivojlanishi va savodxonlik darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar); Ta’lim bo‘yicha butunjahon ma’lumotnomasi – butun dunyo bo‘yicha milliy ta’lim tizimlari to‘g‘risida ma’lumot; Ta’lim bo‘yicha butunjahon ma’ruzasi – ta’limni rivojlantirish va moliyalashtirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar.
Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Evropa assotsiatsiyasi – The European Association for Quality Assurance in Higher Education - ENQA. EI a’zo-davlatlari ta’lim muassasalari uchun standartlarni, tartib-taomillar va tavsiyalarni ishlab chiquvchi, shuningdek, Bolonya jarayonlarini tartibga soluvchi bosh tashkilot. ENQA ilg‘or tajribalarni rivojlantirish va almashish va ta’lim sohasida yagona Evropa standartlarini ishlab chiqish maqsadida oliy ta’lim sifatini ta’minlash sohasida hamkorlikka ko‘maklashadi.
Oliy ta’lim sifati bo‘yicha Evropa reestri – The European Quality Assurance Register for Higher Education – EQAR. Quyidagilar uchun sharoit yaratadi: oliy ta’lim muassasalariga ishonch reytingini e’lon qilish va shu orqali “akkreditatsiya fabrikalari” mavjud bo‘lishi imkoniyatlarini qisqartirish yo‘li bilan talabalar sa’y-harakatlarini birlashtiradi; ta’limda sifatni ta’minlash bo‘yicha agentliklar faoliyatini sifatini yaxshilash vositasi bo‘lib xizmat qiladi hamda ular o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi; oliy ta’lim muassasalariga ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha turli agentliklarni tanlash imkoniyatini beradi.
Arab davlatlari Ligasining Ta’lim, madaaniyat va fan masalalari bo‘yicha tashkiloti – Arab League Educational Cultural and Scientific Organization – ALECSO. ALECSO ta’lim sohasida: mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiradi; ALEKSO mamlakatlarida ta’limni moliyalashtirish manbalari va mexanizmlarini rivojlantiradi; ayollar ta’limini yuksaltiradi; imkoniyati cheklangan shaxslarni ta’lim jarayoniga jalb qiladi; mintaqa mamlakatlari o‘rtasida universitet ta’limi ta’lim sikllarini birxillashtiradi; masofali ta’limni rivojlantiradi; ta’lim sifatini baholashning milliy institutlari, standartlari, mezonlarini ishlab chiqadi va rivojlantiradi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling