Zbekiston respublikasi oliy


Bolonya jarayoni asosiy qoidalari


Download 0.86 Mb.
bet17/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1549146
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
Таълим хуқуқи-мажмуа

Bolonya jarayoni asosiy qoidalari. Darajalar tizimi: I daraja – bakalavr – 3-4 y.; II daraja – magistr – +1-2 y.; doktorant – +3 y.; (jami – 3-5-8 yil). Bakalavr mehnat bozorida talabchan bo‘lishi lozim. Ta’lim vazirligi Mehnat vazirligi bilan ushbu masala muzokaralar olib boradi. ECTS (to‘plovchi va o‘tkazuvchi tizimlar) – bir semestrda 30 kredit, yiliga 60 kredit to‘plash kerak. Hozirda so‘z diplomlarni tan olish haqida bormoqda, ularning va o‘qitish davrining ekvivalentligi haqida emas.
Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid YUNESKO hujjatlari:

  1. Xalqaro madaniy hamkorlik prinsiplari deklaratsiyasi (YUNESKO, 04.11.1966 y.);

  2. “O‘quv kurslari va oliy ta’lim to‘g‘risidagi guvohnomani tan olish to‘g‘risida”gi YUNESKO Tavsiyalari (13.11.1993 y.);

  3. “Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi kadrlari maqomi to‘g‘risida”gi YUNESKO Tavsiyalari (11.11.1997 y.);

  4. “Ta’lim sohasida diskriminatsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi YUNESKO Tavsiyalari (Parij, 14.12.1960 y.);

  5. “Voyaga etganlar ta’limini rivojlantirish to‘g‘risida”gi YUNESKO Tavsiyalari (Parij, 26.11.1976 y.);

  6. “O‘qituvchilarning holati to‘g‘risida”gi YUNESKO Tavsiyalari (05.11.1966 y.).

Ta’lim sohasida kamsitishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi YUNESKO Konvensiyasi. Mazkur Konvensiya Parijda 1960 yil 14 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Bosh konferensiyasi 11-sessiyasida qabul qilingan hisoblanadi. Mazkur Konvetsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis 1997 yil 30 avgustdagi 497-I-son qaroriga muvofiq qo‘shilgan va O‘zbekiston Respublikasida 1998 yil 8 martdan kuchga kirdi. Mazkur Konvensiyada inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik prinsipini tasdiqlashini va har bir insonning ta’lim olish huquqini e’lon qilishini eslatib o‘tgan.
Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid MDH hujjatlari.

  1. Ta’lim sohasiagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv (Toshkent, 15.05.1992 y.).

  2. MDH ishtirokchi-davlatlari ta’lim faoliyatini litsenziyalash, oliy ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiya qilish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi Kelishuv (2003 yil);

  3. MDH ishtirokchi-davlatlarining ta’lim sohasidagi axborot almashinuvi to‘g‘risidagi Kelishuv (2002 yil);

  4. MDH ishtirokchi-davlatlarida oliy ta’lim muassasalari filiallarini yaratish va ishlashi tartibi to‘g‘risidagi kelishuv (2002 yil);

  5. MDHda yagona ta’lim hududini shakllantirish bo‘yicha MDH ishtirokchi-davlatlarining hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuv;

  6. MDH doirasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasi to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv (Moskva, 13.03.1992 yil);

  7. MDH ishtirokchi-davlatlari fuqarolariga umumiy ta’lim muassasalaridan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risidagi kelishuv (16.04.2004 yil).


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling