Zbekiston respublikasi oliy


Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining


Download 0.86 Mb.
bet14/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1549146
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
Таълим хуқуқи-мажмуа

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 26-moddasiga ko‘ra, Har bir inson ta’lim olish huquqiga ega. Ta’lim olishda hech bo‘lmaganda boshlang‘ich va umumiy ta’lim tekin bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich ta’lim majburiy bo‘lishi kerak. Texnik va hunar ta’limi hammaning qurbi etadigan darajada bo‘lishi, oliy ta’lim esa har kimning qobiliyatiga asosan hamma uchun etarli imkoniyat doirasida bo‘lmog‘i kerak. Ta’lim inson shaxsini to‘la barkamol qilishga va inson huquqlari hamda asosiy erkinliklariga nisbatan hurmatni kuchaytirishga qaratilmog‘i lozim.
Ta’lim barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar o‘rtasida bir-birini tushunish, xayrihohlik va do‘stlikka xizmat qilishi hamda BMTning tinchlikni saqlash borasidagi faoliyatiga yordam berishi kerak. Kichik yoshdagi bolalari uchun ota-onalar ta’lim turini tashlashda imtiyozli huquqqa egadir.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt 13-moddasining muvofiq, ushbu paktda qatnashuvchi davlatlar har bir insonning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini tan oladilar. Ular ta’lim inson shaxsini to‘liq rivojlantirishga va uning sha’nini anglab etishga hamda inson huquqlari va uning asosiy erkinliklariga hurmatni mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimligiga rozilik bildiradilar. Ular yana ta’lim barchaga erkin jamiyatning foydali ishtirokchilari bo‘lishlari uchun imkoniyat berishi, barcha millatlar va barcha irqlar, etnik va diniy guruhlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, bag‘rikenglik va do‘stlikka sharoit yaratishi hamda BMTning tinchlikni qo‘llash bo‘yicha ishiga yordamlashishi lozimligini ham tan oladilar.
Ushbu paktda qatnashuvchi davlatlar ushbu huquqni to‘liq amalga oshirish uchun quyidagilarni tan oladilar:
A) boshlang‘ich ta’lim barcha uchun majburiy va bepul bo‘lishi lozim;
B) o‘rta ta’lim o‘zining turli shakllarida, shu jumladan, kasbiy texnik o‘rta ta’lim barcha zarur choralarni ko‘rish, xususan, bepul ta’limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali barcha uchun ochiq va qulay bo‘lishi lozim;
B) oliy ta’lim barcha zarur choralarni ko‘rish orqali, xususan, bosqichma-bosqich bepul ta’limni joriy etish orqali barcha uchun har bir kishining qobiliyatlari asosida bir xilda imkonli bo‘lishi lozim.
G) elementar ta’lim o‘zining boshlang‘ich ta’lim kursini o‘tamagan yoki to‘liq tamomlamaganlar uchun rag‘batlanti-rilishi yoki jadallashtirilishi lozim;
D) barcha bo‘g‘indagi maktablar tizimi faol rivojlantirilishi, qoniqarli stipendiyalar tizimi o‘rnatilishi hamda o‘qituvchilar tarkibining moddiy shart-sharoitlari doimiy yaxshilanib borishi lozim.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling