Zbekiston respublikasi oliy


Mavzu. Davlat va huquq asoslari (Konstitutsiyaviy huquq, huquqshunoslik) fanini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalar


Download 0.86 Mb.
bet11/39
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1549146
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
Таълим хуқуқи-мажмуа

1.2. Mavzu. Davlat va huquq asoslari (Konstitutsiyaviy huquq, huquqshunoslik) fanini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalar.
Asosiy savollar
1.O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi va bosqichlari.
2. Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid BMTning huquqiy hujjatlari.
3.Oliy ta’limda huquqiy fanlarni o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar.

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tizimi:



  1. Majburiy umumiy maktab ta’limi: boshlang‘ich (1-4-sinflar) va umumiy o‘rta (5-9-sinflar);

  2. Majburiy o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi (o‘qish muddati – umumiy o‘rta maktab ta’limidan so‘ng 3 yil): akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari;

  3. Oliy ta’lim: Oliy ta’lim muassaslari – bakalavriat (4-5-yil) va magistratura (2-3 yil).

O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim 2 bosqichdan iborat:
Bakalavriat – mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim 3 yilgacha davom etadi. Uning 2 xil shakli mavjud: katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti hamda mustaqil izlanuvchilik.
Bu borada xorijiy davlatlar tajribasiga murojaat etadigan bo‘lsak, Germaniyada ta’lim bosqichlari quyidagicha: asosiy ta’lim – 4 yil (pedagogik ta’lim bundan mustasno – 3 yil); amaliyot – 18 oy hamda imtihon topshirish va diplom olish. Germaniya oliy ta’lim tizimi oliy o‘quv yurtlari turlarining ko‘pligi bilan farqlanadi. Xususan, Germaniyada oliy ta’lim tizimi: universitetlar va istitutlar; maxsus oliy o‘quv yurtlari; pedagogik va teologik oliy o‘quv yurtlari; boshqaruv va san’at oliy maktablari; kasbiy oliy maktablar (akademiya) tizimini qamrab oladi.
Germaniyada Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlarning bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat xarajatlarini ko‘tara olmasa, “O‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Federal qonunga ko‘ra, ular moliya yordamini oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling