Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 17, 28, 29, 30-moddalari ham bolalarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim tizimini tashkil etish va sifatini oshirishga oid Evropa hujjatlari:
Evropa mintaqasida oliy ta’limga taalluqli malakani tan olish to‘g‘risidagi Lissabon konvensiyasi (11.04.1997 y.);
Universitetlarga kirish huquqini beruvchi diplomlar ekvivalentligi to‘g‘risidagi Evropa Konvensiyasi (11.12.1953 y.);
Universitet ta’limi davriyligi ekvivalentligi to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasi (15.12.1956 y.);
Universitet malakalarini akademik tan olish to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasi (14.12.1959 y.);
Universitet ta’limi davriyligining umumiy ekvivalentligi to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasi (06.11.1990 y.);
Evropa mintaqasi davlatlarida o‘quv kurslarini, oliy ta’lim va ilmiy darajalarini tan olish to‘g‘risidagi Konvensiya (21.12.1979 y.);
Evropa madaniyat Konvensiyasi (19.12.1954 y.).
Evropa oliy ta’lim hududi: Evropa ta’lim vazirlari qo‘shma murojaati (Bolonya deklaratsiyasi, 1999 yil 19 iyun) 6 ta asosiy maqsadni belgilab beradi:
1) Evropa fuqarolarining mehnat qilish imkoniyatini ta’minlash va Evropa oliy ta’lim tizim xalqaro raqobatbardoshligini oshirish maqsadida oson tushuniladigan va taqqoslanadigan darajalar tizimini qabul qilish, shu jumladan, diplomga Ilovani joriy etish orqali;
2) mohiyatan ikki asosiy – darajagacha va darajadan keyingi sikllarga asoslangan tizimni qabul qilish. Ikkinchi siklga kirish davomiyligi uch yildan kam bo‘lmagan birinchi sikl o‘qishini muvaffaqiyatli yakunlashni talab qiladi. Birinchi sikldan keyin beriladigan daraja Evropa mehnat bozorida tegishli darajadagi malaka sifatida talabchan bo‘lishi lozim. Ikkinchi sikl aksariyat Evropa mamlakatlaridagi singari magistr va (yoki) doktor darajasini olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;
Do'stlaringiz bilan baham: |