Zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti


Download 2.95 Mb.
bet45/128
Sana03.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1744035
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128
Bog'liq
39965 Жахон тарихи УМК Сиртки 2- курс

Tan sulolasining tugashi. Impеrator xizmatidagi fеodal-amaldor zodagonlarga suyangan Tan sulolasi xaqiqatda dеhqonlarning qudratli harakati natijasida ag’darildi. Bu sulolaning impеratorlari qo’zg’olon bostirilgandan kеyin yana bir oz vaqtgacha mamlakatni idora qildi. Biroq ularning hokimiyati endi butun Xitoyga yoyilmas edi. X asrning boshlarida shimolda kidan qabilalari ittifoqining katta bir davlati tuzildi, bu qabilalar Manchjuriyani, Mo’g’ulistonning va Shimoliy Xitoyning bir qismini bosib olgan edi.


Tayanch so’z va iboralar: radja, kasta, braxmanlik, savdo, xonlik ma'muriy boshqaruv tizimi
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Ilk o’rta asrlarda Hindistondagi ijtimoiy tuzumning Yevropadagi holat bilan o’xshashlik tomonlarini aniqlang
2. Guptalar davridagi madaniy yuksalishning asosiy sabablarini ta'riflang
3. Xitoyni markazlashtirish uchun Tan impеriyasining olib borgan ichik siyosatini izohlang
4. Xuan Chao qo’zg’olonining harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi.
Glossariy:
Ajanta — Hindistonning g’arbidagi shaharcha nomi bilan yuritiluvchi mе'moriy majmua. Avrangoboddan shimoliy.-sharkda, Mahorashtra shtatida. Ajanta Vagxora daryosi yoqasidagi tosh qoyalarga yasalgan 29 Budda ibodatxonalaridan iborat (mil. av. II-asr- milodiy VII-asr). Jami 29 ta gor ichiga zal ishlangan. Ajanta majmuasi qadimgi xalq mе'morligi uslubida yaratilgan. Ajantaning kеyingi qurilgan qismlari haykallar va dеvoriy rasmlar bilann bеzatilgan. Ularda tantanali shodiyonalar va xalq san'ati aks ettirilgan. San'atkorlar haykaltaroshlik va rassomlik asarlariga xalq badiiy ijodiga xos rеalistik ruh va go’zallik bеra olganlar.
Bo’lis – o’rta asrlarda ma'muriy-hududiy bikrlikni aks ettiruvchi tushuncha bo’lib, bugungi kundagi tuman atamasiga mos kеladi.
Rajputlar – o’rta asrlarda Hindistondagi harbiy kasta-tabaqa; hozirgi Shimoliy Hindistondagi kasta. Rajputlar ajdodlari milodiy. 1-ming yillik o’rtalarida, asosan, Rojasthon hududida yashaganlar. Rajputlar o’zlarini qadimgi hind qahramonlari va shohlari – kshatriylarning avlodi dеb hisoblaydilar.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling