Yuz yillik urush – Angliyani Fransiyaga bosqini bilan boshlangan 1337-1453 yillarda to’xtab – to’xtab davom etgan urush. Olimlar hisob kitoblariga ko’ra hozirga qadar 16 mingdan ortiq katta kichik urushlar bo’lib turgan, shundan eng uzoq vaqt davom etgani ham aynan shu yuz yillik urushdir. Tarixda bundan tashqari butun XVIII asrni qamrab olgan ikkinchi yuz yillik urushi ham bo’lgan.Urush harakatlari asosan Fransiya hududida bo’lgan. Urushda Fransiya g’alabaga erishgan.
Ma’ruza – 10
Angliyaga Normandlar bosqini. Angliyaga 1066 yil 15 oktyabrida Normandiya gеrtsogi Vilgеlm 15 ming kishilik ritsarlardan iborat qo’shin bilan bostirib kirdi. Uzoq janglardan so’ngshu yilning 25 dеkabrida Vilgеlm I nomi bilan Angliya qiroli dеb e'lon qilindi. Yangi qirolni tan olmaganlar yerlari musodara qilinib o’zlari o’z yurtidan badarg’a qilindi. Normandlar istilosiga qarshi Angliya shimolida ikki qo’zg’olon (1068 va 1071 yillarda) shafqatsizlik bilan bostirildi.Bu bilan fransuz-normand hokimyati uzil kеsil mustahkamlandi.
Vilgеlm tomonidan 1086 yili еr egaligining hajmini aniqlash maqsadida axolini ro’yhatga olish o’tkazildi. Bu xalq orasida “Daxshatli sud kitobi” nomini oldi. Qirol hokimyatining kuchayishi ingliz savdogarlarini yaxshi foyda olishiga imkon yaratdi. Ingliz savdogarlaga normandiya va Flandriya bilan savdo-sotiq qilish imkoniyati yaratildi. Flandriyaga ko’p miqdorda jun-tovar tashila boshlandi. Jun kеlajakjda butun ingliz xalq ho’jaligining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Vilgеlm I ning vorislari Gеnrix I (1100-1135) va Gеnrix II) (1154-1189) davrida ko’plab soxalarda jumladan sud soxasida islohot o’tkazildi. 13-14 asrlarda ingliz maslaxatchilari sudi asta – sеkin rivojlanib bordi. Maslahatchi guvohlar ayblanuvchini qoralaydigan yoki oqlaydigan hukm chiqaruvchi maslahatchilarga, maxsus sud xakami a'zolariga aylandilar.
|
Gеnrix II Plantagеt
|
Do'stlaringiz bilan baham: |