„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/77
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#212578
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xojalik yerlaridan samarali foydalanish yollari mirishkor tumani turdialibobo fermer xojaligi misolida

Uchinchi  funksiya  -  turli  xalqaro  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish 

jarayenida pulning uzluksiz harakati uchun shart-sharoit yaratishdir

5



Ayni  vaqtda  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  davlatning  iqtisodiy  tizimiga  ta‘sir 



ko‗rsatish vositasi bo‗lib maydonga chiqadi, u tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmi 

orqali amalga oshiriladi. 

Hozirgi jahon xo‗jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini 

o‗stirish,  xalq  xo‗jaligi  xarajatlarini  tejash  va  fan-texnika  taraqqiyotini 

jadallashtirish omillariga aylanadi. 

Davlatlar  o‗rtasidagi  hamkorlik  tovarlarni  odatdagi  ayirboshlashdan 

xizmatlar savdosi, texnik-iqtisodiy vazifalarni birgalikda hal etish, ilmiy va ishlab 

chiqarish  kooperatsiyasini  hamda  birgalikdagi  xo‗jalik  faoliyatining  boshqa 

shakllarini rivojlantirish, shu jumladan qo‗shma korxonalarni barpo etishga qadar 

kengaymokda. 

Tashqi iqtisodiy aloqalar orqali jahon bozorining tovar va xizmatlarga talabi 

muayyan davlatning ichki bozoriga o‗tkaziladi, bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlarni 

rivojlantirishga imkon yaratadi, bu o‗z navbatida, sanoat, qishloq xo‗jaligi, savdo, 

moliya muassasalari va xizmatlar sohasini rivojlantirishga olib keladi. 

Eksportga  mahsulot  ishlab  chiqaradigan  va  sotadigan,  shuningdek  import 

tovarlarini  xarid  qiladigan  va  qayta  ishlaydigan  hamda  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarning  boshqa  shakllarini  amalga  oshiradigan  tarmoqlar,  birlashmalar, 

korxonalar,  firmalarning  jamul-jami  mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  majmuasini 

tashqil etadi. 

Tashqi iqtisodiy majmua uchta asosiy qismdan tashqil topadi: 

-  ishlab  chiqarish  faoliyati  eksportga  mahsulot  va  xizmatlarni  ishlab 

chiqarishga  yo‗naltirilgan  xo‗jalik  yurituvchi  subyektlar,  shuninvdek  import 

tovarlari va xizmatlarining iste‘molchilari hisoblangan korxonalar; 

-  tovarlarni  xorijdagi  iste‘molchilarga  yetkazib  berish,  shuningdek  xorijda 

ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  kelib  tushishi  bilan  band  bo‗lgan  xo‗jalik 

yurituvchi subyektlar; 

- boshqaruv qarorlarini qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, 

axborot  bilan  ta‘minlash  va  hokazolar  vositasida  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni 

ro‗yobga chiqarishni ta‘minlaydigan tashkilot va muassasalar. 

Tashqi  iqtisodiy  majmuani  rivojlantirishning  hozirgi  bosqichi  faoliyatning 

ishlab  chiqarish  va  savdo  turlarini  bevosita,  barqaror  va  uzoq  muddatga 

                                                 

5

  Hamedov  I.A., Alimov A.M. O‗zbekiston Respublikasi tashqi iktisodiy  faoliyati  asoslari. T.: 



O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot jamg‗armasi» nashriyoti, 2001, 11-bet. 

 



birlashtirish  hamda  majmuani  dinamik  va  muvozanatlashtirilgan  ilmiy-ishlab 

chiqarish tijorat tizimiga aylantirishni nazarda tutadi. 

Eksport  salohiyatini  oshirish,  qo‗shma  tadbirkorlikning  turli  shakllariga 

kiritish,  raqobat  qiluvchi  ishlab  chiqarishlarning  mavjudligi,  tashqi  iqtisodiy 

faoliyatni  amalga  oshirishda  mintaqalar,  korxonalar,  barcha  xo‗jalik  yurituvchi 

subyektlarning  mustaqilligini  oshirish  O‘zbekiston  tashqi  iqtisodiy  majmuasini 

muvaffaqiyatli rivojlantirish shartlari hisoblanadi. 


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling