„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” fakulteti


I- bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarni


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#212578
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xojalik yerlaridan samarali foydalanish yollari mirishkor tumani turdialibobo fermer xojaligi misolida

I- bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarni 

rivojlantirishning nazariy asoslari 

 

1.1.Xalqaro amaliyotda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ilmiy- 

nazariy asoslari 

 

Sivilizatsiyaning  rivojlanishi  alohida  olingan  davlatlarni  xalqaro  xo‗jalik 

aloqalariga  muntazam  ravishda  jalb  etishga  olib  keladi,  bu  esa  yagona  jahon 

iqtisodiyotini  barpo  etishga  imkon  yaratadi.  Dunyodagi  barcha  mamlakatlar 

umumiy  iqtisodiy  qonunlarga  ko‗ra  rivojlanadi,  ular  xalqaro  munosabatlar 

iqtisodiy xarakterining ustuvor bo‗lishini shartlaydi. 

Ehtiyojlarning  doimo  murakkablashib  boradigan  tarkibi,  resurslarning  juda 

kamligi  va  olisdaligi  nafaqat  alohida  olingan  davlat  ichidagi  hududlar  o‗rtasida, 

balki  turli  davlatlar  va  jahon  mintaqalari  o‗rtasida  ham  yanada  samaraliroq 

ayirboshlash vositalarini talab etadi. 

Dunyoning  turli  mintaqalarida  iqtisodiy  rivojlanish  va  aholining  o‗sishi 

notekis  yuz  beradi,  bu  ham  xalqaro  ayirboshlashni  kengaytirish  zaruratini  yuzaga 

keltiradi;  ushbu  jarayonlar  yangi  bozorlarni  (tovarlar,  xizmatlar,  mehnat,  axborot, 

moliya  va  boshqa  bozorlarni)  rivojlantirishga,  xom  ashyoni  olib  kirishga, 

texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, 

madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi. 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  moddiy,  moliyaviy,  zakovat  boyliklarining 

mamlakatlar  o‗rtasidagi  almashinishining  turli  yo‗nalishlari,  shakllari  va 

vositalarini ifodalovchi  yaxlit tizimdir. Bu  istalgan  mamlakat iqtisodiyotidagi  eng 

murakkab soha bo‗lib, o‗z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi. 

O‗zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishi va bozor munosabatlariga o‗tishi, 

sobiq  Ittifoq  parchalanganidan  so‗ng  O‘zbekiston  geosiyosiy  holatining  birdan 

o‗zgarishi,  bosqichma-bosqich  iqtisodiy  islohotlarning  amalga  oshirilishi 

mamlakat  taraqqiyotida  tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  rolini  ancha  ko‗tardi. 

O‘zbekiston uchun nafaqat uzoq xorij, balki yaqin qo‗shnilar bilan ham xo‗jalik va 

savdo  alokalari  tashqi  iqtisodiy  aloqalarga  aylandi.  Shu  munosabat  bilan  milliy 

iqtisodiyotni  rivojlantirishda  tashqi  iqtisodiy  omilning  ahamiyati  keskin  oshdi. 

Ayni vaqtda  ham  ayrim  xo‗jalik subyektlarining,  ham  davlatning  umuman  tashqi 

iqtisodiy faoliyati mohiyati son va sifat jihatidan tubdan o‗zgardi. Tashqi iqtisodiy 

omilning  kuchayishi  amalga  oshirilayotgan  bozor  o‗zgarishlari,  mamlakat 

iqtisodiyotining  jahon  iqtisodiyotida  ichki  bozorning  tashqi  bozor  bilan 

hamkorligining shakllanayotgan butunlay yangi asoslari talablaridan kelib chiqadi. 




 O‘zbekistonda  ko‗plab  korxona  va  birlashmalar,  korporatsiya  va 

kompaniyalar,  firma  va  boshqa  tashkilotlar  xorijlik  sheriklar  bilan  tashqi  savdo 

aloqalarini  muvaffaqiyat  bilan  rivojlantirmoqdalar,  xorijlik  investorlar  ishtirokida 

yirik  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirmoqdalar,  xalqaro  ishlab  chiqarish 

hamkorligini  butun  choralar  bilan  kengaytirmokdalar  va  chuqurlashtirmokdalar. 

Tashqi  iqtisodiy  alokalarning  ushbu  shakllari  milliy  iqtisodiyotni  rivojlantirishga 

ta‘sir ko‗rsatadi. Ana shu ta‘sir natijalarining tahlili va xalqaro mehnat taksimotida 

ishtirok  etishni  hisobga  olgan  holda  iqtisodiyotni  rivojlantirish  istiqbollarini 

belgilash  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  tushunchalarining 

mazmuni to‗g‗risidagi anik tasavvurga asoslanishi kerak. 

Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  —  bu  xalqaro  xo‗jalik,  savdo,  axborot 

munosabatlari bo‗lib, mazkur munosabatlar tovar ayirboshlash, iqtisodiy va ilmiy-

texnik hamkorlikning turli shakllari, ixtisoslashuv, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, 

qo‗shma tadbirkorlik, xizmat ko‗rsatish, valyuta va moliya-kredit operatsiyalarini 

amalga oshirishni ta‘minlaydi

3



Shuningdek,  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  —  bir  aniq  mamlakatning  boshqa 

mamlakatlar  bilan  xalqaro  mehnat  taqsimoti,  fan  va  ishlab  chiqarishni 

ixtisoslashtirish  hamda  boshqa  omillarga  asoslangan  ishlab  chiqarish,  savdo  va 

boshqa  xil  munosabatlaridir.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  esa  tashqi  iqtisodiy 

aloqalarni ro‗yobga chiqarish jarayonidir

4



Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari shitob bilan rivojlanib borayotgan 

xozirgi  davrda  mamlakatda  samarali  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  olib  borish, 

rivojlangan  mamlakatlar  bilan  iqtisodiyotning  yetakchi  ishlab  chiqarish,  xizmat 

ko‗rsatish  tarmoqlarida  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirish,  raqobatbardosh 

milliy maxsulotlari, turli ko‗rinishdagi xizmatlari bilan dunyo bozorlarini zabt etish 

har bir davlatning bosh maqsadi hisoblanadi.  

Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va fanni 

ixtisoslashtirish,  xo‗jalik  xayotini  baynalminallashtirish  jarayonidan  obyektiv 

ravishda  kelib  chiqadi.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  shakllanishi  va  rivojlanishi 

alohida  olingan  mamlakatlarning  o‗zaro  aloqalari  va  bir-biriga  bog‗liqligining 

kuchayishi  bilan  belgilanadi.  Dunyodagi  turli  mamlakatlarda  iqtisodiy  rivojlanish 

notekis yuz berganligi sababli xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zarurati yuzaga 

keladi,  ya‘ni  mamlakatlar  orasida  turli  tovarlar,  xizmatlar,  mehnat,  axborot,  xom 

ashyo,  texnika-texnologiyalar  ayirboshlash,  madaniy  va  boshqa  hamkorliklarni 

                                                 

3

  "Прокушев  Е.Ф.  Внешнеэкономическая  деятельность.  Учебник.  М.:  Издательско-



торговая корпорация «Дашковик и К°» 2006, 5-бет. 

 

4



  Hamedov  I.A.,  Alimov  A.M.  O‗zbekiston  Respublikasi  tashki  iqtisodiy  faoliyati  asoslari.  T.: 

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot jamg‗armasi» nashriyoti, 2001, 7-bet




amalga  oshirish  ehtiyoji  paydo  bo‗ladi.  O‘z  navbatida  har  bir  davlat  o‗z  milliy, 

iqtisodiy, siyosiy manfaatlarini ko‗zlagan holda mazkur jarayonlarda ishtirok etadi.  

Shunday  qilib,  davlatning  tashqi  iqtisodiy  aloqalari  turli  sohalarda:  tashqi 

savdo, faoliyatning ilmiy-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, valyuta-moliya va 

kredit,  axborot,  madaniy  va  sport  turlari,  mehnat  resurslarini  olib  o‗tishda 

o‗rnatiladn.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  ana  shu  barcha  turlarini  quyidagi 

shakllarga  birlashtirish  mumkin:  savdo  (tovarlarni  ayirboshlash,  xizmatlar 

ko‗rsatish),  qo‗shma  tadbirkorlik,  hamkorlikning  boshqa  turlari.  Ular  xalqaro 

iqtisodiy  munosabatlar  amaliyotida  ayniqsa  keng  tarqalgan.  Tashqi  iqtisodiy 

aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. 

Tarixiy  toifa  sifatida  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  sivilizatsiya  mahsuloti 

hisoblanadi. Ular davlatlar paydo bo‗lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga 

rivojlanadi.  Ushbu  aloqalarning  rivojlanishiga  ayniqsa  feodalizmning  tanazzuli 

kuchli turtki berdi. Natural xo‗jalikdan tovar-pul munosabatlariga o‗tilishi alohida 

davlatlarning milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar 

ayirboshlashida  keskin  sakrashni  tug‗dirdi,  bu  esa  davlat  munosabatlarining 

iqtisodiy  sohasida  baynalmilal  aloqalar  va  xalqaro  ayirboshlash  kengayishi  va 

chuqurlashiga olib keldi. 

Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha  turdagi resurslarning 

davlatlar  va  turli  davlatlarning  iqtisodiy  subyektlari  o‗rtasidagi  harakati  paytida 

yuzaga  keladigan  ishlab  chiqarish  -  iqtisodiy  munosabatlar  tizimini  tashqil  etadi. 

Ushbu  ikki  taraflama  munosabatlar  davlat  iqtisodiy  hayotining  barcha  sohalarini, 

avvalo  uning  ishlab  chiqarish,  savdo,  investitsiyaga  oid  va  moliyaviy  faoliyatini 

qamrab oladi. 

Iqtisodiy  toifa  sifatida  tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  mohiyati  uning 

funksiyalarida aniqlanadi. Quyidagilar anna shunday funksiyalar hisoblandi: 

  tabiiy  resurslar  hamda  ularning  ashyoviy  va  qiymat  shaklidagi  mehnat 

natijalari bilan xalqaro ayirboshlashning tashqil etish va xizmat ko‗rsatish; 

  xalqaro  mehnat  taqsimoti  mahsulotlari  iste‘mol  qiymatining  xalqaro 

miqyosdagi e‘tirofi; 

  xalqaro pul muomalasini tashqil etish. 


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling