Misol uchun, yiliga 4800 tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan ―Oqsaroy
tekstil" mas‘uliyati cheklangan jamiyat, yiliga 2000 tonna ip-kalava ishlab
chiqaradigan ―Bunyodkor‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyat, yiliga 450 tonna ip-
kalava ishlab chiqaradigan ―Yakkabog‗ xumo teks‖ korxonasi ishga tushirilib
faoliyat ko‗rsatmoqda.
Viloyat bo‗yicha 7,7 ming tonna paxta tolasi qayta ishlanib, qayta ishlash
darajasi 5,2 foizni tashqil etmoqda.
To‗qimachilik sanoatida xom-ashyodan yarim tayyor mahsulotga, yarim
tayyor mahsulotdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‗tilmoqda.
2008 yilda 650 tonna kalava-ip qayta ishlanib tayyor mahsulot holiga
keltirilgan bo‗lsa, bu ko‗rsatkich 2014 yilga kelib 1520 tonnani tashqil etgan yoki
2008 yilga nisbatan 2,4 martaga oshgan. Natijada 2008-2014 yillar mobaynida ip-
gazmol ishlab chiqarish 24,6 marotaba, tayyor trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish
deyarli 20 barobar oshgan.
Shu bilan birgalikda, viloyatda to‗qimachilik va yengil sanoat sohasini
yanada rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud, shu boisdan, bu soha
rivojini yanada kengaytirish va raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish va
eksportga chiqarishni yo‗lga qo‗yish oldimizda turgan asosiy vazifa bo‗lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: