Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.49 Mb.
|
ilmiy ish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu: Bibliografik ro‘yxat: bibliografik kataloglar bilan ishlash va ilmiy adabiyotlar bayoni Reja
- Bibliografiya
- Aleksandriya kutubxonasida Kallimax
- Bosma asarlar
Asosiy adabiyotlar
1. Manual for writers of apers in English linguistics. Darslik. Gunnel Tottie: University of Zurich, English Department, 2012. 2. Sodiqova Sh. Ilmiy ish asoslari.O‘quv qo‘llanma – T., 2016. 3. Исломжонова Х. Основы научных исследований. Т., 2009. 4. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari. O‘quv qo‘llanma – Toshkent: Akademnashr, 2010.
O‘zbekistonda bibliografiya masalalari dastlab 20-30-yillarda Y.K.Betger asarlarida o‘z ifodasini topdi. Keyinchalik bibliografiyaning umumiy masalalari, tarkibiy bo‘limlari M.M.Turopov, Sh.M.Shamsiev, N.P.Lyapustina, H.Mamatraimova va bibliografiyaning ilmiy ishlarida nazariy jihatdan o‘z aksini topdi. “Bibliografiya” termini dastlab kitob ko‘chirib yozishni anglatgan, vaqt o‘tishi bilan (XVII asr o‘rtalaridan) kitoblar bayonini bildiradi. Bibliografiya tarixi kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qo‘lyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng yangi qo‘lyozmalar (dissertatsiyalar, saqlashga topshirilgan qo‘lyozmalar) bibliografiyaning o‘rganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va matn yozishning o‘zgarishi bibliografiya ko‘lamini kengaytirmoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan bo‘lib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, so‘ng kitobxonlarga mo‘ljallab saralash yo‘lga qo‘yilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va g‘oyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turi (kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilari (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoqlar) bo‘yicha guruhlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda o‘zlarining tarmoqlar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash bo‘lib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur bo‘lganda adadi, narxi va boshqalar haqidagi ma’lumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, o‘rnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari: annotatsiya, referat, guruh axborot (obzor). Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling