Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu: Referat yaratish va referatlar tipologiyasi. Ilmiy ishlarga taqriz (retsenziya) yozishi


Download 0.49 Mb.
bet64/74
Sana05.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#206300
TuriReferat
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
Bog'liq
ilmiy ish asoslari

9-mavzu: Referat yaratish va referatlar tipologiyasi. Ilmiy ishlarga taqriz (retsenziya) yozishi
Asosiy matn

Biror ilmiy ishning yangiligi, ijobiy va salbiy jihatlarini ochib berish uchun taqriz yoziladi. Taqrizga bir yoki bir necha kishi imzo qo‘yishi mumkin. Ana shu imzolar muassasa kadrlar bo‘limi boshligining imzosi bilan tasdiqlanadi. Masalan:


Xo‘jamurod Jabborovning “O‘zbek tilining dehqonchilik leksikasi” mavzuidagi doktorlik (DSc) dissertatsiyasi avtoreferatiga

TAQRIZ

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, xalqning o‘zligini anglashga bo‘lgan ehtiyoji bois, milliy tilimizni har tomonlama, chuqur o‘rganish masalasi kun tartibiga chiqdi. Ona tilimiz mustahkam va poydor ildizlarga ega. Qadim zamondan xalqimizning asosiy qismi dehqonchilik bilan shug‘ullangani bois, mazkur sohaga tegishli lug‘aviy birliklarni o‘rganish muhim hisoblanadi. Ajdodlarimiz uzoq o‘tmishdan o‘ziga xos sug‘orish tizimi va agrotexnikasiga asoslangan dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Bu esa xalqimizning iqtisodiy sohaga katta e'tibor qaratganligidan dalolatdir. Demak, turkiy, ya’ni o‘zbek tilidagi dehqonchilikka oid leksikaning taraqqiyot bosqichi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bizga ma'lumki, dehqochilik ham davlatchilik bilan bir qatorda rivojlanib borgan. O‘zbek davlatchiligi tarixida dehqonchilikning o‘rni beqiyos hisoblanadi, bu esa mazkur ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligini belgilab beradi.

Mazkur dissertatsiya kirish, to‘rt bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, axborotchilar haqidagi ma'lumot, shartli qisqartmalar va 20 ta jadvaldan iborat.

Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob’ekti va predmeti, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, ilmiy yangiligi va ahamiyati bayon etilgan, tadqiqotda foydalanilgan usullar, ishning sinovdan o‘tishi, natijalarning e'lon qilinishi va tadqiqotning tuzilishi va hajmi haqida ma’lumot berilgan.

Dissertatsiyaning birinchi bobi “Dehqonchilik leksikasining shakllanishi va taraqqiyot manbalari” deb nomlangan bo‘lib, yetti bo‘limdan iborat. Ularda dehqonchilik leksikasining xalq tarixi, til tarixi aspekti va etimologiyasi, leksiksidagi o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid so‘zlar atroflicha sharhlangan.

Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Dehqonchilik leksikasining yasalish xususiyatlari” deb atalgan va to‘rt bo‘limga ajratib tahlil qilingan. O‘zbek tilining dehqonchilik leksikasi struktur-morfologik jihatdan va yasalish usullariga ko‘ra izohlangan. Bunda ularning tarixiy tomoniga ham e'tibor berilgan.

Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Dehqonchilik leksikasining mavzuiy guruhlari va motivlanish xususiyatlari” deb nomlangan bo‘lib, to‘rt bo‘limdan iborat. Unda dehqonchilik leksikasiga oid so‘zlar mavzuiy guruhlarga ajratib tahlil qilingan. Sug‘orish usullari va texnikasiga bog‘liq nomlar tasniflangan, yerni o‘g‘itlash bilan aloqador nomlar izohlangan.

Dissertatsiyaning to‘rtinchi bobi “Dehqonchilik leksikasining sistem tadqiqi” deb atalgan bo‘lib, unda dehqonchilik leksikasining lug‘aviy-ma'noviy guruhlari, paradikmatik munosabatlari, paradigmatik tavsifi, dehqonchilik leksikasidagi sintagmatik munosabatlar, uning sintagmatik tavsifi, “suv” leksikasining komponent tahlili izohlangan.

Dissertatsiyaning xulosa qismida dehqonchilik leksikasini tizimli tekshirish asosida chiqarilgan xulosalar bayon qilingan.

Har bir ishda bo‘lgani kabi mazkur ilmiy tadqiqot ham ba’zi juz'iy kamchiliklardan holi emas:


  1. Ilmiy tadqiqotning ayrim joylarida an’anaviy tilshunoslik va sistem tilshunoslikka tegishli xulosalar qorishtirilgan.

Aytib o‘tilgan juz'iy kamchilik dissertatsiya ishining ilmiy saviyasiga putur yetkazmaydi. Mazkur dissertatsiya avtoreferati OAK talablariga to‘la javob beradi, uning muallifi Xo‘jamurod Jabborovni filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga loyiq deb hisoblaymiz.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling