Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.49 Mb.
|
ilmiy ish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy tanqid
- 1400 yillik
Adabiyotshunoslik badiiy asarlardagi g‘oya va mazmun, undagi tasvir vositalari, syujet, timsollar silsilasini o‘rganuvchi fandir. Mazkur fan uch qismni o‘zida birlashtiradi: 1. Adabiyot nazariyasi barcha zamonlarda yaratilgan hamma asarlar uchun umumiy bo‘lgan asoslarni, badiiy asarning tarkibiy qismlarini, badiiyat qonun-qoidalarini o‘rganadi. 2. Adabiyot tarixi esa muayyan mamlakatlar yoki xalqlar milliy adabiyotining rivojlanish bosqichlarini, biror xalq yoki jahon adabiyoti vakillaridan bo‘lgan buyuk san’atkorning hayoti va ijodini o‘rganadi. 3. Adabiy tanqid hozirgi adabiy jarayonda yuzaga kelgan asarlarni baholash, ularning yutuq va kamchiliklarini, taraqqiyot hamda yo‘nalishlarini izohlash, ko‘rsatib berish bilan shug‘ullanadi.
Umumturkiy adabiyot juda uzoq tarixga ega. Agar “Avesto”davridan boshlab hisoblansa 3000 yillik, “Alp Er To‘nga” marsiyasidan boshlab hisoblansa 2700 yillik, O‘rxun Enasoy yodgorliklaridan boshlab hisoblansa 1400 yillik tarixga egadir. Eng qadimgi davrlardan boshlab XI-XII asrlargacha bo‘lgan davr oralig‘idagi adabiyot qadimgi turkiy adabiyot deb nomlanadi. Yevropaliklarning izohiga ko‘ra, XIV asrning o‘rtalaridan Sharq musulmon Renessans(uyg‘onish) davri boshlangan. Aslini olganda Sharq hech qachon uxlamagan, yevropaliklarning izohi nuqsonlidir. XV asr turkiy adabiyotning oltin davri (Navoiy ijodi) hisoblanadi. Turkiy adabiyot XVII asrda tanazzulga yo‘l tutdi va bu tanazzul XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonning mustamlaka bo‘lib qolishiga sabab bo‘ldi. Olimlarimiz tomonidan turkiy adabiyot tarixi quyidagicha davrlashtirilgan: 1. Islomgacha bo‘lgan davr turkiy adabiyot (Qadimgi adabiy yodgorliklar, “Avesto”, O‘rxun-Enasoy obidalari) . 2. Islom ta'siri davridagi turkiy adabiyot: 1) ilk uyg‘onish davridagi turkiy adabiyot (VIII – XIV asrlar); 2) uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti (XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha); 3) xonliklar davri o‘zbek adabiyoti (XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha). 4. Yangi o‘zbek adabiyoti (XIX asrning 60-yillaridan boshlangan): 1) ma'rifatchilik adabiyoti; 2) jadid adabiyoti; 3) sho‘ro davri adabiyoti; 4) mustaqillik davri adabiyoti. Xulosa sifatida aytish mumkinki, filologiya fan sifatida tilshunoslik va adabiyotshunoslikni o‘zida mujassamlashtiradi.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling