Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 28.89 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi28.89 Kb.
#1458439
1   2   3   4
Bog'liq
Fizika maruza (Sarvarbek Odilov)

Yorugʻlikning qutblanishi - yorugʻlik toʻlqinlari elektr E va magnit H maydoni kuchlanganliklari vektorlarining yorugʻlik nuriga tik tekislikda tartibli joylashuvi.  Yorugʻlikning qutblanishi atamasini fanga I. Nyuton kiritgan, uning tabiatini J. K. Maksvell yorugʻlikning elektromagnit nazariyasida tushuntirib bergan. Fransuz fizigi E. Malyus Island shpati parchasi opkali Parijdagi Lyuksemburg saroyining botayotgan quyosh nurlaridan yaltirab turgan oynalarini kuzatib, kristallning maʼlum vaziyatda faqat bittagina tasvir koʻrinishini ajablanib payqadi. Shu va boshqa tajribalar asosida hamda I. Nyutonning yorugʻlikning korpuskulyar nazariyasiga tayanib, E. Malyus Quyosh yorugʻligida tartibsiz yoʻnalgan korpuskula (zarra) lar biror sirtdan qaytgandan yoki anizotrop kristalldan oʻtgandan keyin maʼlum yoʻnalishga ega boʻlib qoladi, deb faraz qildi. Bunday "tartiblangan" yorugʻlikni u qutblangan yorugʻlik deb atadi. Yorugʻlik manbalaridan chiqqan yorugʻlik toʻlqinlari tartibsiz tarqaladi, yaʼni toʻlqinlar turli tekisliklarda tebranadi. Bunday toʻlqinli yorugʻlik tabiiy yorugʻlik deb ataladi. Tabiiy yorugʻlikdan farqli ravishda E va H vektorlarning oʻzaro perpendikulyar tashkil etuvchilari orasida doimiy fazalar farqi mavjud boʻlgan yorugʻlik qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Yorugʻlik manbaining hamma elementar qismlaridan bir xil toʻlqinli yorugʻlik nurlari chiqsa, bunday yorugʻlikka toʻla qutblangan yorugʻlik deyiladi. Tabiiy yorugʻlik tarkibida chizikli, elliptik va doiraviy qutblangan yorugʻlik toʻlqinlari boʻladi. E ning uchi yoruglik nuriga tik tekislikda ellips chizsa, u holda yorugʻlik toʻlqinlari elliptik qutblangan yorugʻlik, aylana chizsa, doiraviy qutblangan yorugʻlik, E tekislikda doimiy yoʻnalishini saqlasa, bunday holatda chiziqli qutblangan yorugʻlik deb ataladi. Vakuumda yorugʻlikning tarqalishi uning qutblanganligiga bogʻliq boʻlmaydi. Agar yoruglik biror muhitda tarqalsa, yorugʻlikning yutilishi, tarqalish yoʻnalishi va tezligi uning qutblanganligiga bogʻliq boʻladi. Tabiiy yorugʻlikdan qutblangan yorugʻlik hosil qilish uchun qutblash asbobi (polyarizator)dan foydalaniladi. Yorugʻlikning qutblanishi moddalarning anizotropik xususiyatlarini oʻrganishga yordam beradi. Kristallooptikada kristallarning tuzilishi, mineralogiya va petrografiyada minerallar va togʻ jinslari qutblangan yorugʻlik yordamida oʻrganiladi.
Elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlardir. Shuning uchun shu bilan birga yorug’lik to’lqinlarida odatda tarqalish yo’nalishiga nisbatan asimmetriyalik bo’lmaydi. Bunga tabiiy yorug’lik tarkibida nurga perpendikulyar bo’lgan hamma yo’nalishlar bo’yicha bo’layotgan tebranishlar mavjudligi sabab bo’ladi. tabiiy yorug’likda yo’nalishdagi tebranishlar bir-birini juda tez va tartibsiz almashtirib turadi. Tebranishlarning yo’nalishlari biror tarzda tartiblangan yorug’lik qutblangan yorug’lik deb ataladi.

Agar yorug’lik vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda yuz berayotgan bo’lsa, bunday yorug’likni yassi qutblangan deb yuritiladi. Yorug’lik vektori tebranayotgan tekislikni tebranish tekisligi deyiladi. Yassi qutblangan yorug’likni tabiiy yorug’likdan polyarizatorlar deb ataluvchi asboblar yordamida olish mumkin. Bu asboblar tekislikga parallel tebranishlarni bemalol o’tkazib, bu tekislikga perpendikulyar tebranishlarni ushlab turadi.




Download 28.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling