Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 118.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.11.2023
Hajmi118.68 Kb.
#1784244
  1   2
Bog'liq
4-mustaqil ish falsafa



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
QARSHI FILIALI 
1-BOSQICH TT 11-23 (S) GURUH TALABASINING
“FALSAFA” fanidan 
MUSTAQIL ISHI 4 
Bajardi: 
Xushmurodov.Muhammadali 
QARSHI – 2023 


4-mustaqil ish 
Reja: 
1. Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va 
salbiy yo‘nalishlari. Global muammolarning mezonlari va 
darajalari.
2. Pandemiya - XXI asrning global muammosi va uning oqibatlari. 
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va 
qarorlarning O‘zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati, 
iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari.
3. Mantiq tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan sohasi 
sifatida.
4. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. 


Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, 
balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq 
sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik 
amaliyotini ham aks ettiradi. SHu munosabat bilan yuzaga 
kelayotgan yangi 
hodisalar
, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, 
faylasuflarning 
ham 
e’tiborini 
tortmoqda. 
Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va 
muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi 
narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni 
ishning mohiyatiga 
qaratish
, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish 
imkonini beradi. Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar 
tizimida yoki «jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks 
vazifalarni hal qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat 
kasb etadi. SHu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni 
ikkinchi 
darajali narsalardan
, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy 
rivojlanishda ob’ektiv jarayonlarning sub’ektiv omillardan farqi kabi usullari va 
metodlari hozirgi zamonda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni 
nazariy anglab etish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon 
tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan 
sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda 
dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol 
integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun 
organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning 
ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy 
(dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera 
boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, 
u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va 
universal 
xususiyati 
bilan 
ham 
farq 
qilishi 
ayon 
bo‘ldi. 


Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda 
globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat 
hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan 
tuzilmalar

aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. SHuningdek 
globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik 
o‘zaro 
aloqadorlik
, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi. 
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli 
sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, 
ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning 
oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – 
globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi 
globallashuvning turli jihatlari va 
global muammolarga oid ilmiy
, falsafiy, madaniy 
va amaliy tadqiqotlarni, 
jumladan ularning natijalarini
, shuningdek ularni ayrim 
davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun 
qo‘llaniladi. 
Global muammolar – umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq 
hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini 
olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni 
taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni 
tugatish, 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan 
koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib 
borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar – oziq-ovqat, sanoat 
xomashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy 
oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo 
jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-
madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi. 


Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy 
munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar – jahonda rivojlangan, rivojlanib 
kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy 
tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu 
mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy 
qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq 
mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj 
oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik
ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda paydo bulga n global muammolar – jahon xoʻjalik tizimi vujudga 
kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. 
Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar 
jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, 
iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va 
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar 
oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi 
milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 
1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta 
miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi 
globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, 
ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi 
harakatni keltirib chiqardi – Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik 
namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat 
qiluvchi moliyaviy-iqtisodiy jinoiy guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada 
vujudga kelgan global muammolar – jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi 
natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi 
kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining 
muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-
texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, 


butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (masalan, OITS) tez 
tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi 
munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar – ular 
qatoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora 
qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli 
kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida qishloq 
xoʻjaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi 
kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi 
oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni 
keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini 
birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. 
Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy 
Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish 
yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va 
barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini 
qaratdi. 
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida 
koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan 
boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga 
asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga 
qisqarishi kutilmoqda. 
 
2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan 
shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng 
tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari 
bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy 
tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy 
barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari 
jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng 


tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami kengayishda davom etmoqda. 
Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish 
Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi 
boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar
barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida 
iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori sur’atlari: 
Xitoy; 
Tojikiston; 
Armaniston; 
O‘zbekistonda. 
past sur’atlari: 
AQSh; 
Buyuk Britaniya; 
Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan. 
Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh 
dollarni, shu jumladan: 
AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz); 
Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%); 
Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%); 
Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%); 
Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini 1-
rasmda ko‘rishimiz mumkin. 


Fan-texnika taraqqiyoti natijasida inson o’z fikrini asoslashda qonunlar, 
aksiomalar, tamoyil, qoidalarda ifodalangan butun insoniyat tajribasiga murojaat 
qiladi. Ilmiy qonun va aksiomalarning chinligi insoniyat tajribasida isbotlangan, 
shuning uchun qayta tasdiq talab etmaydi. Shu sababli bu qonun va aksiomalar 
doirasiga kiruvchi alohida holatlarni qayta isbotlash zarurati yo’q. Fan-texnika 
yutug’iga asoslanib biz har qanday hodisani tajribada sinab tasdiqlamaymiz. Demak, 
har qanday fikrning yetarli 
asosi avval isbotlangan
, hamda undan mantiqan 
yuqoridagi fikr kelib chiqadigan chin fikr hisoblanadi. Agar A mulohazaning 
chinligidan V mulohazaning chinligini kelib chiqsa A mulohaza V mulohaza uchun 
asos bo’ladi. Oqibatning asosga bog’liqligi ob'ektiv borliqning tafakkurda in'ikosi 
hisoblanadi, shu jumladan xodisalar o’rtasidagi sabab – oqibat aloqadorligi ham. 
Lekin bu in'ikos bevosita bo’lmaydi. Ba'zi hollardagina mantiqiy asos hodisalar 
sababi bilan mos kelishi mumkin. Ko’p hollarda esa bunday bo’lmaydi ham. Shu 
sababli asos bilan natija o’rtasidagi bog’liqlikni sabab-oqibat bog’lanishidan faqlash 
lozim. 
Asoslilik – mantiqiy tafakkurning muhim xususiyatlaridandir. Barcha holatlarda biz 
ma'lum bir fikrni bildirganda, suhbatdoshlarimizni ishontirishga harakat qilganda 
shu fikrni chinligini isbotlash uchun yetarli asoslar keltiramiz. Fan har doim ilgari 
surilgan g’oya va ta'limotlarni isbotlab beradi. Agar shu g’oya ta'limotlarni isbotlash 
uchun yetarli asos bo’lmasa u chin deb qabul qilinmaydi. Din esa o’z aqida va 
ta'limotlarini hech qachon tajribada isbotlab bermaydi. Ularga ishonish diniy 
e'tiqodni 
o’zidan 
kelib 
chiqadi 
Mantiqdagi yetarli asos qonuni har xil irimlarni ham oqlamaydi. Masalan, yo’lda 
ketayotgan kishini yo’lini qora mushuk kesib o’tsa, go’yoki uni falokat kutishi bu 
uydirma hisoblanadi. Bunday irimlar ko’p hollarda tasodiflarga asoslanadi. 
Etarli asos qonuni muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Formal mantiq 
qonunlari (tafakkur qonunlari) fikrlash jarayonida demak fikrimizning aniq, izchil, 


ziddiyatsiz, asosli bo’lishini ta'minlar ekan. Ularni har biri bir-biri bilan uzviy 
bog’liq. Ulardan uzluksiz foydalanish kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni 
chin bo’lishi 
uchun xizmat qiladi
 
Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi 
tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. 
Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash 
(definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib 
berilishi lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning 
mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil 
topadi. Masalan: “O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. 
Bunda “O’zbekiston ” 
aniqlanuvchi qism
, “Markaziy Osiyoda joylashgan suveren 
respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real 
va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida predmetni ta'riflovchi ifodalar 
yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi aniqlanadi. Masalan: 
“Gnoseologiya” grekcha so’z bo’lib “gnosis”-bilish, “logos”-nazariya, ya'ni bilish 
nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. Real ta'rifda 
predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, “Gnoseologiya – 
bilishning 
tabiati va imkoniyatlari
, inson bilimining voqelikga munosabatini 
o’rganuvchi, bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo’llari va usullari 
to’g’risidagi falsafiy ta'limotdir”_. Real ta'rif aniq ko’rinishida predmetlarning 
muhim belgilari to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa 
tushunchaning 
mazmuni 
yordamchi 
vositalar 
orqali 
ochib 
beriladi. 
Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish 
orqali 
ta'riflash, 
2) 
genetik 
ta'rif. 
Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning 
yaqin jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga 
kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, “mantiq 
tafakkur 
shakllari
, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fandir”. Bunda “fan” 


“mantiq” tushunchasining yaqin jins belgisi bo’lsa, “tafakkur shakllari, usullari va 
qonunlarini o’rganishi” tur belgisi hisoblanadi. Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali 
ta'riflashning qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: AqVs, bu yerda A – 
ta'riflanuvchi tushuncha, Vs – ta'riflovchi tushuncha (V–jins belgi, s – tur belgi). 
Genetik (yunoncha “genesis” so’zidan olingan bo’lib “kelib chiqish”, “manba” 
degan ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u 
ifodalayotgan 
predmetning kelib chiqishi
, shakllanishini ko’rsatish orqali ochib 
beriladi. Masalan, “suv vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasidir”. 
Ta'riflashning 
qo’yidagi 
qoidalari 
mavjud: 
a) ta'rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi 
tushuncha hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida 
o’qiydigan kishi” – teng hajmli ta'rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli 
tushuncha, “Talaba – pedagogika institutida o’qiydigan kishi” – 
tor hajmli 
tushuncha

b) ta'rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar 
ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama-qarshi bo’lgan 
falsafiy ta'limot” – ta'rif aniq emas. Chunki “idealizm” tushunchasining o’zi ta'rifga 
muhtoj; 
c) ta'rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi 
tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga 
murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir 
bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun 
foydalanilgan bo’ladi. Masalan, “Materialist – materialistik dunyoqarashga ega 
bo’lgan 
kishi” 
– 
ta'rif 
aylanma 
shaklda

d) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa 
predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm 
emas”. Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, 
“E'tiqodsiz – ma'lum bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”. 
Bilish jarayonida ta'riflashga o’xshash usullardan ham foydalaniladi va ularga 


qo’yidagilar 
kiradi: 
a) tushunchani unga qarama-qarshi bo’lgan tushucha orqali ta'riflash. Bu usul bilan 
odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, “Oqibat – sababning 
natijasidir”; 
b) tasvirlash usulida tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba'zi 
tashqi 
belgilarini 
ko’rsatish 
orqali 
aniqlanadi; 
c) tavsiflash yordamida esa predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari 
ko’rsatiladi. 
d) tafovutlas e) ostensiv ta'riflashda predmetni ko’rsatish (demonstratsiya) orqali 
uning muhim belgilari aniqlanadi.Tushunchani bo’lish deb unda aks etgan 
predmetlarni hajmini fikran ayrim guruhlarga ajratish orqali ularni aniqlashga 
aytiladi. Bo’lish tarkibi bo’linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanuvchi tushuncha), 
bo’lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va 
bo’lish a'zolaridan (bo’lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalardan) tashkil 
topgan. Bo’linuvchi tushuncha – 
jins tushuncha
, bo’lish a'zolari – tur tushuncha 
bo’ladi. Masalan, “Ta'lim tizimi (bo’linuvchi tushuncha) bosqichiga (bo’lish asosi) 
maktabgacha ta'lim, o’rta ta'lim, o’rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan 
keyingi 
ta'lim 
(bo’lish 
a'zolari)ga 
kiradi”. 
Bo’lishning ikkita turi mavjud: 1) asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish 
va 
2) 
dixotomik 
bo’lish. 
Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning 
ma'lum bir belgisi asos qilib olinadi va uning o’zgarishlariga qarab tushuncha uni 
tashkil etgan predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, “Tushunchalar 
hajmiga ko’ra yakka, umumiy, ayiruvchi, to’plovchi, chegaralangan va 
chegaralanmaganga 
bo’linadi”. 
Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushuncha o’zaro zid bo’lgan ikkita tur 
tushunchaga ajratiladi. Masalan: “o’quvchilar” “a'lochi” va “a'lochi emas”larga 
ajratiladi. Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning barcha turlari ko’rsatib 
o’tilmasdan, kerakligi ajratiladi va qolganlari zid bo’lgan tushunchaga 
birlashtiriladi. Lekin bunda inkor tushunchaning hajmi noaniq bo’ladi. 


Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi 
tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. 
Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash 
(definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib 
berilishi lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning 
mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil 
topadi. Masalan: “O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. 
Bunda “O’zbekiston ” 
aniqlanuvchi qism
, “Markaziy Osiyoda joylashgan suveren 
respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real 
va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida predmetni ta'riflovchi ifodalar 
yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi aniqlanadi. Masalan: 
“Gnoseologiya” grekcha so’z bo’lib “gnosis”-bilish, “logos”-nazariya, ya'ni bilish 
nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. Real ta'rifda 
predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, “Gnoseologiya – bilishning 
tabiati va imkoniyatlari, inson bilimining voqelikga munosabatini o’rganuvchi, 
bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo’llari va usullari to’g’risidagi 
falsafiy ta'limotdir”_. Real ta'rif aniq ko’rinishida predmetlarning muhim belgilari 
to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni 
yordamchi 
vositalar 
orqali 
ochib 
beriladi. 
Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish 
orqali 
ta'riflash, 
2) 
genetik 
ta'rif. 
Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning 
yaqin jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga 
kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, “mantiq 
tafakkur 
shakllari
, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fandir”. Bunda “fan” 
“mantiq” tushunchasining yaqin jins belgisi bo’lsa, “tafakkur shakllari, usullari va 
qonunlarini o’rganishi” tur belgisi hisoblanadi. Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali 
ta'riflashning qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: AqVs, bu yerda A – 
ta'riflanuvchi tushuncha, Vs – ta'riflovchi tushuncha (V–jins belgi, s – tur belgi). 


Genetik (yunoncha “genesis” so’zidan olingan bo’lib “kelib chiqish”, “manba” 
degan ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u 
ifodalayotgan predmetning kelib chiqishi, shakllanishini ko’rsatish orqali ochib 
beriladi. Masalan, “suv vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasidir”. 
Ta'riflashning 
qo’yidagi 
qoidalari 
mavjud: 
a) ta'rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi 
tushuncha hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida 
o’qiydigan kishi” – teng hajmli ta'rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli 
tushuncha, “Talaba – pedagogika institutida o’qiydigan kishi” – 
tor hajmli 
tushuncha

b) ta'rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar 
ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama-qarshi bo’lgan 
falsafiy ta'limot” – ta'rif aniq emas. Chunki “idealizm” tushunchasining o’zi ta'rifga 
muhtoj; 
c) ta'rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi 
tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga 
murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir 
bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun 
foydalanilgan bo’ladi. Masalan, “Materialist – materialistik dunyoqarashga ega 
bo’lgan 
kishi” 
– 
ta'rif 
aylanma 
shaklda; 
d) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa 
predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm 
emas”. Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, 
“E'tiqodsiz – ma'lum bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”. 
Bilish jarayonida ta'riflashga o’xshash usullardan ham foydalaniladi va ularga 
qo’yidagilar 
kiradi: 
a) tushunchani unga qarama-qarshi bo’lgan tushucha orqali ta'riflash. Bu usul bilan 
odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, “Oqibat – sababning 
natijasidir”; 
b) tasvirlash usulida tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba'zi 


tashqi 
belgilarini 
ko’rsatish 
orqali 
aniqlanadi; 
c) tavsiflash yordamida esa predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari 
ko’rsatiladi.d) 
tafovutlash 
e) ostensiv ta'riflashda predmetni ko’rsatish (demonstratsiya) orqali uning muhim 
belgilari 
aniqlanadi. 
Tushunchani bo’lish deb unda aks etgan predmetlarni hajmini fikran ayrim 
guruhlarga ajratish orqali ularni aniqlashga aytiladi. Bo’lish tarkibi bo’linuvchi 
tushuncha (hajmi aniqlanuvchi tushuncha), bo’lish asosi (predmetning tushunchada 
fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo’lish a'zolaridan (bo’lish natijasida 
hosil qilinadigan tur tushunchalardan) tashkil topgan. Bo’linuvchi tushuncha – 
jins 
tushuncha
, bo’lish a'zolari – tur tushuncha bo’ladi. Masalan, “Ta'lim tizimi 
(bo’linuvchi tushuncha) bosqichiga (bo’lish asosi) maktabgacha ta'lim, o’rta ta'lim, 
o’rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim (bo’lish a'zolari)ga 
kiradi”. 
Bo’lishning ikkita turi mavjud: 1) asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish 
va 
2) 
dixotomik 
bo’lish. 
Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning 
ma'lum bir belgisi asos qilib olinadi va uning o’zgarishlariga qarab tushuncha uni 
tashkil etgan predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, “Tushunchalar 
hajmiga ko’ra yakka, umumiy, ayiruvchi, to’plovchi, chegaralangan va 
chegaralanmaganga 
bo’linadi”. 
Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushuncha o’zaro zid bo’lgan ikkita tur 
tushunchaga ajratiladi. Masalan: “o’quvchilar” “a'lochi” va “a'lochi emas”larga 
ajratiladi. Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning barcha turlari ko’rsatib 
o’tilmasdan, kerakligi ajratiladi va qolganlari zid bo’lgan tushunchaga 
birlashtiriladi. Lekin bunda inkor tushunchaning hajmi noaniq bo’ladi. 
Tushunchani 
bo’lishning 
qo’yidagi 
qoidalari 
mavjud: 
a) bo’lish teng hajmli bo’lishi, ya'ni bo’lish a'zolari hajmlarining yig’indisi 
bo’linuvchi tushuncha hajmiga teng bo’lishi kerak. Masalan, “Tafakkur shakllari 


tushuncha, hukm va xulosa chiqarishga bo’linadi” – bo’lish teng hajmli, “Tafakkur 
shakllari tushuncha va hukmga bo’linadi” – bo’lish 
teng hajmli emas
, chunki bo’lish 
a'zosi 
bo’lgan 
xulosa 
chiqarish 
tushirib 
qoldirilgan; 
b) bo’lish bir asos bo’yicha amalga oshirilishi lozim, ya'ni asos qilib olingan belgi 
bo’lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi lozim. Masalan, “Dinlar 
xudolariga qarab ko’pxudolik (politeistik) va yakkaxudolik (monoteistik) dinlarga 
bo’linadi”. Agar shu holatda dinlarni ko’pxudolik (politeistik), yakkaxudolik 
(monoteistik) va jaxon dinlariga bo’lsak yuqoridagi qoida buziladi; 
c) bo’lish a'zolari hajmi bo’yicha 
bir-birini istisno qilishi
, ya'ni ular birga bo’ysunish 
munosabatidagi tushunchalar bo’lishi kerak. Bu holatda bir asos bo’yicha 
bo’linayotgan tushunchaning bo’lish a'zolari hajmiga ko’ra bir-birini istisno qilishi 
lozim. Masalan, “Kishilarni ma'lumotiga ko’ra o’rta ma'lumotli, o’rta-maxsus 
ma'lumotli va oliy ma'lumotlilarga bo’lishda uning a'zolari bir-birini istisno qilib 
kelmoqda. Agar biz talabalarni birinchi kursda o’qiydiganlar, tarix fakulteti 
talabalari va sirtqi bo’lim talabalariga bo’lsak yuqoridagi qoida buzilgan bo’ladid) 
bo’lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, ya'ni jins tushunchaga eng yaqin bo’lgan 
bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog’i lozim. Masalan, “Fuqarolarning 
konstitutsiyaviy huquqlari shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarga 
bo’linadi”. “Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari ijtimoiy-iqtisodiy, saylash va 
saylanish huquqlariga bo’linadi” desak bo’lish uzluksiz bo’lmaydi. Sababi 
fuqarolarning saylash va saylanish huquqi siyosiy huquqlarga kiradi. 
Klassifikatsiya tushunchalarni bo’lishning alohida turi bo’lib, predmetlarni ma'lum 
bir 
sinflarga ajratishdan iborat
, unda har bir sinf boshqalariga nisbatan o’zining aniq 
va qat'iy o’rniga ega. Klassifikatsiyadan maqsad bilimlarni sistemalashtirishdir. 
Klassifikatsiyalashda bo’lish turlaridan farqli ravishda tushunchaning bo’lish 
a'zolari ham o’z navbatida bo’linadi. Biologiyada hayvonlarning tiplarini bo’lish 
klassifikatsiyaga misol bo’la oladi. Mantiqda tabiiy va sun'iy klassifikatsiyalari 
farqlanadi. Tabiiy klassifikatsiyada bo’lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim 
belgisi olinadi. Sun'iy klassifikatsiyada esa predmetlarning biron-bir umumiy belgisi 
asos qilib olinadi 



Download 118.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling