Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari
Telekommunikatsiyalarda qo’llaniladigan o’lchash vositalari
Download 464.43 Kb.
|
mustaqil ish
1. Telekommunikatsiyalarda qo’llaniladigan o’lchash vositalari.
Metrologiya – O‘lchashlar, ularning birliligini ta'minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan. O‘lchashlar birliligi – O‘lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o‘lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma'lum bo‘lgan holat. O‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo‘li bilan topish. O‘lchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga ega bo‘lgan o‘lchash asbobidir. O‘lchash vositasi, o‘z navbatida, o‘lchov, o‘lchash o‘zgartirgichlari, o‘lchov asboblari, o‘lchash axborot tizimi va o‘lchash qurilmalari kabi turkumlarga bo‘linadi. O‘lchash asbobi (pribor) deb, kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov informasiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchov deb, berilgan o‘lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchovlar to‘plami deb, maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar majmuiga aytiladi1 . 1 Toru Yoshizava, Handbook of optical metrology, Birlik etaloni – Fizik kattalikning o‘lchamini boshqa o‘lchash vositasiga berish maqsadida fizik kattalik birligining o‘lchamini qayta tiklash va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchashlar vositasi. Davlat etaloni – O‘zbekiston Respublikasi hududida kattalik birligining o‘lchamini o‘rnatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang‘ich ztalon sifatida tan olingan etalon. O‘lchash o‘zgartkichi - o‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan o‘lchash vositasidir. Namuna o‘lchash vositalari ishchi o‘lchash asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi. Etalonlar deb, fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlarga aytiladi. O‘lchov birligi o‘lchash natijasi ko‘rsatilgan birlikda ifodalangan va o‘lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma'lum bo‘lgan o‘lchash holatidir. O‘lchash aniqligi – bu o‘lchash natijalarini va o‘lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir. O‘lchash xatoligi o‘lchash natijasining o‘lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir. Fizikaviy kattalikning asl qiymati xatoliklardan xoli bo‘lgan qiymatdir. O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ta'sirida olingan natijalar qiymatidir. O‘lchash ob'ekti u yoki bu fizik kattalikdir. Qonunlashtiruvchi metrologiya – bu metrologiyaning1 bir qismi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga taalluqli va birliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchash laboratoriyalariga doir davlat talablariga ega. Metrologiya xizmati – Davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o‘lchashlar birliligini ta'minlashga yo‘naltirilgan faoliyati. O‘lchash vositalarining qiyoslanishni olib borish uchun metrologik xizmatni akkreditlash – bu qiyoslashishlarini bajarishga davlat tomonidan, davlatning ishonchli vakili tomonidan rasmiy tan olinishi. O‘lchash vositasini qiyoslash usuli – bu qiyoslash sxemasi bo‘yicha yuqoridagi o‘lchash vositalaridan quyidagi o‘lchash vositalariga birlikning o‘lchamini uzatish usuli. O‘lchash vositalarining qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish - bu o‘lchash vositalarini qiyoslash natijalari bo‘yicha rasmiy hujjatni tuzish va o‘lchash vositasini yaroqliligini ko‘rsatish. Download 464.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling