Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги


Mavzu 4 ta darsga (16 akademik soatga) mo’ljallangan


Download 215.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana05.01.2022
Hajmi215.08 Kb.
#211142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
dori vositalarining zamonaviy tahlil usullari

Mavzu 4 ta darsga (16 akademik soatga) mo’ljallangan.

Dars o’tish uslubi. Vertushka usuli.

Darsning boshlanishida talabalarning laboratoriya darsiga tayyorgarliklari

tekshiriladi. Buning uchun talabalar uchtadan guruhlarga bo’linib, ularga laboratoriya

darsi yuzasidan savollar beriladi va sanoatda ishlab chiqariladigan aniq dori

vositasining nomi aytiladi. Talabalar o’zaro fikrlashib, ushbu dori preparati uchun

keltirilishi lozim bo’lgan ko’rsatkichlarni va qisqacha bu ko’rsatkichlarni aniqlash

usullarni mustaqil ravishda yozadilar. Talabalar yozib bo’lganlaridan so’ng, vazifa

guruhlarga almashtirib beriladi. 3 yoki 5 marta aylangandan so’ng o’qituvchi va

talabalar bilan umumiy to’g’ri javob aniqlanadi. Har bir guruh to’g’ri javobni alohida

rangli qalam bilan belgilash tavsiya etiladi. Vazifa o’qituvchi tomonidan tekshirilib,

har bir guruh tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar ko’rsatib o’tiladi.

O’qituvchi yangi darsning o’ziga xos tomonlarini, ya’ni talabalar ushbu darsda

nimalarga ahamiyat berishlari lozimligini tushuntirib o’tgandan  so’ng tegishli dori

vositasining MTH nusxasini beradi. Uning asosida talabalar dori vositasining tahlilini

olib boradilar. Aniqlanuvchi ko’rsatkichlar, aniqlash usullari va kimyoviy

jarayonlarning tenglamalari hamda miqdoriy tahlil usullarini dori vositasi tarkibidagi

dori moddasining kimyoviy xossalari bilan asoslagan holda laboratoriya darsining

bayonnomasi yoziladi. Bayonnoma (2-shakl bo’yicha) yozib bo’lingandan so’ng,

talabalarning olgan bilimi, nazariy va amaliy ko’nikmalari reyting tizimi asosida

baholanadi.





Download 215.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling