EHMlarning uchinchi avlodi(1965-1975 yillar) tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o‘rniga integral sxemalardan keng ko‘lamda foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Integral sxemalardan foydalanish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashuviga va ishlash tezligining oshishiga erishildi. Bunday mashinalarning ishlashi ancha samarali va ishonchli bo‘ldi. Ularning xotira sig‘imi 2048 Kbaytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalarini bir nechta mamlakatlar birgalikda ishlab chiqarganligi uchun ularni Yagona Sistema turidagi mashinalar deb nomlandi, ularning nomlari «ES» qisqartmasidan boshlanadi: ES-1050, ES-1022 va boshqalar.
Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amallarni bajarishi mumkin bo‘ldi.
Fan va texnikaning rivojlanishi odam bilan EHM o‘rtasida muloqot qilish mumkin bo‘lgan hisoblash mashinalari yaratish zaruratini tug‘dirdi. Bu imkoniyat yangi paydo bo‘layotgan to‘rtinchi avlod mashinalarida amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |