Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


Download 21.41 Kb.
bet1/9
Sana02.01.2022
Hajmi21.41 Kb.
#192838
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
madina OT lab1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI”

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

“Axborot tizimlarikafedrasi

“Operatsion tizimlar” fanidan

Laboratoriya ishi – 1

Bajardi: AT-32a guruh talabasi

Shomurova M

Tekshiridi: To’xtaxodjayev A.B



Toshkent -2020

Reja:


1.     Apparat ta’minoti va dasturiy ta’minot o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday.

2.     Hisoblash tizimlari dasturiy ta’minoti 4 ta sathini va ular orasidagi bog‘lanishni ko‘rasting.

3.     Kompyuter tizimlarini nazorat qilish, tekshirish, sozlashni avtomatlashtiruvchi  dasturlar qaysi sinfga tegishlidir.

4.     Operatsion tizimlar qaysi dasturiy ta’minot sinfiga mansub.

Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software)lardir.

Apparat ta’minoti - bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo`shimcha (atrof) qurilmalaridir.

Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo`lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo`lgan xujjatlarni o`z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz xar qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.

Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog`lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo ular orasidagi boglanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o`zaro bog`lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o`zaro bog`lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o`zaro bog`lanish –apparat- dasturiy interfeys deyiladi.

Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo`ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o`zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo`yicha tasniflash mumkin:

- Tizimli dasturiy ta’minot;

- amaliy dasturiy ta’minot;

- dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Tizimli dasturiy ta’minot (Sistem software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet soxasi bo`yicha ma’lum bir masalalar sinfini echishga mo`ljallangan dasturlar majmuasidir.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chikish jarayonida qo`llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo`lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo`ljallangan.

Zаmоnаviy аxbоrоt tеxnоlоgiyalаrining gurkirаb rivоjlаnishi vа uni qo’llаsh sоhаsining kеngаyishi dаsturiy tаminоtning (DT) jаdаl rivоjlаnishigа оlib kеlаdi. Shuni tа`kidlаshning o’zi еtаrliki, 1996 yil jаhоn hаmjаmiyatidа dаsturiy tа`minоtgа 100mlrd АQSh dоllаridаn ziyod mаblаg’ sаrflаndi. Bundа DT rivоjlаnishi shuni ko’rsаtаdiki,hаrаkаtlаr tеndеnsiyasi yiligа 20% o’sib bоrmоqdа.

Informatsiya bu bizni o‘rab turgan moddiy olamning obyektlari, voqea-hodisalari, jarayonlar va ularning o‘zaro ta’siri, rivojlanishi va hokazolar haqidagi ma’lumotlar to‘plamining inson tomonidan, uning sezish organlari yoki yordamchi texnik vositalar yordamida anglanishi, o‘rganilishi natijasida hosil bo‘lgan xulosa va ma’lumotlardir. Informatsiya odatda uzluksiz (analog) va raqamli (diskret) ko‘rinishlarda bo‘ladi. Uzluksiz informatsiyaga misol sifatida odam tovushini, musiqa asarini, raqamli signalga esa, 0 va 1 sonlar kombinatsiyalari orqali ifodalangan uzlukli ma’lumotlarni keltirish mumkin.


Informatika ? bu fransuzcha Informatique so‘zi bo‘lib, Information (Informatsiya) va Avtomatique (Avtomatika) so‘zlaridan tashkil topgan va informatsiya yig‘ishni, qayta ishlashni, uzatishni, kompyuter yoki boshqa texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda amalga oshirishni o‘rganishga bag‘ishlangan fandir. Bu fan G‘arbiy Yevropa davlatlari va Amerikada «Somruter Science», MDH va Sharqiy Yevropa davlatlarida esa «Informatika» nomi bilan yuritiladi. Bu o‘rinda elektron hisoblash mashinalari juda katta hajmdagi informatsiyani qayta ishlashga imkon beradigan samarali quroldir.
Ikkinchi muhim tushinchasi «Informatsion texnologiyalar» tushunchasidir. Odatda, «texnologiya» so‘zi moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan ishlatilib, biror materialni qayta ishlash yoki predmetni tayyorlash jarayonining maxsus texnik usullarini ifodalash maqsadida ishlatiladi. Informatsion texnologiyalarda qayta ishlash uchun «xomashyo» sifatida «informatsiya» qaraladi va u kompyuter-programma va qo‘shimcha texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda qayta ishlanadi.
Hozirgi kunga kelib, «Informatsion texnologiyalar» informatika fanining ajralmas bir qismi bo‘lib, u inson faoliyatining turli sohalarida uchraydigan informatsiyalarni, apparat-programma vositalari va usullari yordamida qayta ishlash kabi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, informatika va informatsion texnologiyalar tushunchalari bir-biriga juda yaqin.
Informatsion texnologiyalarning asosiy apparat vositasi elektron hisoblash mashinasidir. Dunyo bozorida mavjud turli-tuman EHM parklari orasida IVM (International Business Machine Corporation) kompyuterlari yetakchi o‘rin tutadi.
Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning quyidagi bir necha muhim davrlarni o‘z ichiga olishini ko‘rish mumkin:

  1. ibtidoiy hisoblash vositalari va hisob cho‘tlar davri;

  2. mexanik mashinalar davri;

  3. elektro-mexanik mashinalar davri;

  4. elektron hisoblash mashinalari davri.


Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling