Ўзбекистон республикаси транспорт вазирлиги


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1111289
  1   2
Bog'liq
Malika 2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“Avtomatika va telemexanika”
kafedrasi
"Mutaxassislikka kirish" fanidan
-AMALIY MASHG’ULOT
HISOBOTI
Amaliy mashg’ulot nomi: “ Temir yo`l svetaforlari ”
Bajardi: SAB-_3_ guruh talabasi
Sadullayeva Malika
Qabul qildi: Xalikov S.S.
Toshkent -2022 y.


Svetofor (rus. svet — yorugʻlik va yun. phoros — eltuvchi) — yorugʻlik signali
beradigan elektr qurilma. Piyodalar va transport vositalarining koʻchada, yoʻlda va
temir yoʻldan oʻtish joylaridagi harakatini hamda temir yoʻl tarkibi qatnovini
tartibga solib turish uchun ishlatiladi. Semafor tarzida S. birinchi marta 1868-yil
Londonda oʻrnatilgan. Qoʻlda boshkariladigan birinchi elektr S. 20-asr boshida
AQSH da paydo boʻlgan (unda faqat yashil va kizil chiroklar boʻlgan). Dastlabki 3
rangli (yashil, sariq va qizil) S. 1918-yil
NyuYorkda
, 1930-yil Moskvada
ishlatilgan. Sdan temir yoʻlda foydalanish 20-asrboshlarida rayem boʻlgan. S.larni
oʻrnatish va ulardan foydalanish qoidalari Venada 1968-yil qabul qilingan "Yoʻl
belgilari va signallari haqida konvensiya" va bu konvensiyani toʻddiruvchi
Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekistonda 2001-yil xalqaro meʼyorlar asosida ishlab chiqilgan "Yoʻl harakati
qoidalari"ga rioya qilinadi (qarang Yoʻl belgilari).
S.ning 1, 2 va 3 seksiyali hamda qoʻshimcha seksiyali xillari bor. Bir seksiyali S.da
faqat bir xil — sariq yoki qizil chiroq yonadi. Sarigʻi oʻchibyonib, haydovchilarni
ogohlantirib turadi. Agar transport vositasini toʻxtatish lozim boʻlsa (mas, temir
yoʻldan oʻtish joylarida, oʻt oʻchirish avtomobillari chiqadigan joylarda va h.k.),
qizil chiroq yonadi. Ikki seksiyali S.da 2 xil — yashil va kizil chirok yonadi.
Asosan, shaharlarda temir yoʻldan oʻtish joylariga oʻrnatiladi. U ch seksiyali S.da
uch xil — yashil, sarik va qizil chiroq yonadi. Tik va yotiq joylashgan xillari bor.
Asosan, yoʻl (koʻcha) chorrahalariga oʻrnatiladi.
Yashil chiroq yonganda relssiz transport vositalari barcha yoʻnalishlarda, tramvay
esa toʻgʻriga va chapga harakatlanishi mumkin. Qizil chiroq yonganda barcha
transport vositalarining harakati toʻxtaydi, tramvay esa oʻngga burilishi mumkin.
Sariq chiroq yonganda chorrahaga yaqinlashayotgan transport vositalari toʻxtaydi,
chorrahaga kirganlari chorrahani boʻshatadi, signal oʻzgarishini kutib turganlari
harakatlanishga tayyorlanadi. Oʻchibyonib turadigan sariq chiroq haydovchilarni
ogohlantiradi.
Qoʻshimcha seksiyali S. chapga burilishni, oʻngga burilishni, ikkala tomonga
burilishni va 3 tomonli chorrahalarda toʻgʻriga harakatlanishni koʻrsatadi. Bunday
S.lar serharakat chorrahalarga oʻrnatiladi. Qoʻshimcha seksiyadagi "strelka" signali
yonganda (S.dagi qaysi asosiy chiroq yonganidan qatʼiy nazar) transport yongan
strelka yoʻnalishida harakatlanishi mumkin.
S.lar chorraha chetiga, oʻrtasiga osib qoʻyilishi, maxsus ustunga yoki bino devoriga
oʻrnatilishi mumkin. Ular, asosan, avtomatik tarzda yonib oʻchadi. Shu
maqsadda EHM dan ham foydalaniladi. Harakatni avtomatik boshkarishning
uygʻunlashtirilgan tizimi borgan sari kengroq qoʻllanilmoqda. Bunda, mas, bir
yoʻnalishda oʻrnatilgan S.lardan birining yashil chirogʻida oʻtgan transport maʼlum
tezlikda (mas, 45 km/soat) harakatlansa, navbatdagi S.ning ham yashil chirogʻiga
toʻgʻri keladi va h.k. Qanday tezlikda harakatlanish kerakligi haqidagi belgi har
qaysi S. yaqiniga osib qoʻyiladi. Bunday tizim "yashil toʻlqin" deb ataladi. Sdan
sanoatda dispetcherlik (boshqarish) da ham foydalaniladi.
Transport yoʻli svetofori stansiyalar va oʻtish joylariga oʻrnatilib, temir yoʻl
tarkibining harakatini tartibga soladi va uning tezligini belgilaydi. Bunday S.da


yashil, kizil, koʻk, sariq va sutrangoq chiroklar boʻladi. Transport yoʻlining
avtomatik yoki yarim avtomatik blokirovka bilan taʼminlangan bir qismini
boshqaradi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling