Ўзбекистон республикаси транспорт вазирлиги
Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMalika 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
8. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.
Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug'lik ishoralari qo'llaniladi. Svetofor ishoralari vazifasiga bog'lik ravishda doirasimon, yo'naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon ko'rinishda bo'lishi mumkin. Doira shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir sathda joylashgan yashil yo'naltirgich ko'rinishdagi ishorali bitta yoki ikkita qo'shimcha tarmoq bo'lishi mumkin. Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi; miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning ta'sir vaqti tugashi hamda ko'p o'tmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi; yashil ishora o'chishiga soniyalar (sekundlar)da qancha vaqt qolganligi haqida axborot berish uchun raqamli tablo qo'llanilishi mumkin; sariq ishora harakatni taqiqlaydi (faqat Qoidalarning 8.13 bandida ko'zda tutilgandan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi; miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o'tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi; qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi; qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni ta'qiqlaydi va ko'p o'tmay yashil ishora yonishi haqida ahborot beradi. Yunaltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yunaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham huddi shu ma'noni bildiradi. Qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi. Agar svetoforning asosiy yashil ishorasiga qora yo'naltirgich (yo'naltirgichlar)ning shakli tushirilgan bo'lsa, u haydovchilarga svetoforning qo'shimcha tarmog'i borligi hakida axborot beradi va shu asosiy tarmoqdagi yo'naltirgichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat berilganligini ko'rsatadi. Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko'rinishida bo'lsa, u faqat piyodalarning harakatiga ta'sir ko'rsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi. Qatnov qismidagi harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan bo'laklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-simon kizil ishorali va pastga yo'nalgan yo'naltirgich ko'rinishdagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi. Bu ishoralar qaysi bo'lak ustiga o'rnatilgan bo'lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi. Ikki tomoni 1.9 chizig'i bilan belgilangan bo'lak ustiga o'rnatilgan ishoralari o'chirilgan reversiv svetofor shu bo'lakka kirishni taqiqlaydi. Tramvaylarning, shuningdek, belgilangan yo'nalishli boshqa transport vositalarining harakatlanishini, ular uchun ajratilgan maxsus bo'lakda tartibga solish uchun T-harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rangli ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ng tomonga burilishga, o'rtasidagi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Agar faqat yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi. Temir yo'l kesishmalarida o'rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi. Ko'rinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) bo'lmasa, o'chirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga ruxsat beriladi. Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: QO'LLARI YON TOMONGA UZATILGANDA YOKI TUSHIRILGANDA, chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, rel'ssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi; O'NG QO'LI OLDINGA UZATILGANDA, chap yonidan tramvayga chapga, rel'ssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda, oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi. Orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi; QO'LINI YUQORIGA KO'TARGANDA, Qoidalarning 8.13 bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi. Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo'lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga soluvchi zhezl yoki yorug'lik kaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin. Harakatni tartibga solayotgan yoki xizmat burchini o'tayotgan militsiya xodimi transport vositasi haydovchisiga qarata qo'l ishorasi yoki ovozkuchaytirgichli qurilma orqali transport vositasini to'xtatishni talab qilishi mumkin. Haydovchi esa ko'rsatilgan joyda to'xtashi kerak. Yo'l harakati qatnashchilarining e'tiborini jalb etish uchun hushtak bilan qo'shimcha ishora berilishi mumkin. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to'xhtash chizig'i ( 5.33 belgisi) oldida, bunday chiziq bo'lmaganda esa: chorrahada Qoidalarning 15.7 bandini hisobga olgan holda, piyodalarga halaqit bermasdan qatnov qismlari kesishmasi oldida; temir yo'l kesishmasi oldida Qoidalarning 17.4 bandiga muvofiq; boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida harakatlanishi ruxsat berilgan transport vositalari va piyodalarga halaqit bermagan holda to'xtashi kerak. Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qo'li yuqori ko'tarilganda, Qoidalarning 8.12 bandida ko'zda tutilgan joylarda keskin tormoz bermasdan to'xtashga ulgira olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi. Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida bo'lgan piyodalar uni bo'shatishlari, agar buning iloji bo'lmasa, qarama-qarshi yo'nalishlardagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to'xtashlari kerak. Haydovchilar va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va ko'rsatmalariga ular svetofor ishoralari, yo'l belgilari va chiziqlariga zid kelgan taqdirda ham amal qilishlari kerak. Temir yo'l kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir vaqtda piyodalarning kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi to'g'risida qo'shimcha axborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin. O‘zbekistonda Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlanadi Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasida Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi . Qoidalarda yozilishicha, ular “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi, “Temir yo‘l transporti” to‘g‘risida”gi, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi hamda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlariga, shuningdek temir yo‘lda tashuvlarni va yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash doirasida texnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy va me'yoriy hujjatlarga muvofiq quyidagilarni belgilaydi: 1) mansubligidan qat'iy nazar umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti va idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llari temir yo‘l kesishmalarining tasniflanishi va toifalarini aniqlash tartibini; 2) temir yo‘l kesishmalari chegarasida joylashgan va ularga olib boradigan avtomobil yo‘llari uchastkalarining tuzilishi, jihozlanishi, foydalanishi, saqlanishi va ta'mirlanishiga bo‘lgan talablarni; 3) temir yo‘l kesishmalarini ochish va yopish, shuningdek, mansubligidan qat'iy nazar temir yo‘l kesishmalarini bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazish talablarini; 4) mansubligidan qat'iy nazar temir yo‘l kesishmalariga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi xodimlarning ishini tashkil etish tartibi va vazifalarini. Temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta'minlash uchun quyidagi qurilmalardan foydalaniladi: 1) avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘sish va temir yo‘l kesishmasi orqali transport vositalari (yo‘l harakati qatnashchilari) harakatini to‘xtatish qurilmasi. Temir yo‘l kesishmasi kesishma signalizatsiyasi bilan jihozlanganda, shlagbaumlar takroriy qurilma hisoblanib, temir yo‘l kesishmasida transport vositalarining (yo‘l harakati qatnashchilari) sanksiyasiz o‘tib ketishlaridan to‘sadi. Harakatga keltirish uslublariga ko‘ra shlagbaumlar quyidagi turlarga bo‘linadi: avtomatlashgan – poyezdning temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashganda temir yo‘l harakat tarkibining mavjudligini qayd etuvchi temir yo‘l uchastkasiga kirib kelganida va kesishma svetoforlarining qizil signallari (chiroqlari) yoqilganda hisoblangan vaqt davomida shlagbaum to‘suvchi bruslarining yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Poyezd temir yo‘l kesishmasini bo‘shatgach shlagbaumning to‘suvchi bruslari ochiq (vertikal) holatga yana avtomatik ravishda o‘tadi. Bunda kesishma svetoforining qizil signallari (chiroqlari) o‘chadi; yarim avtomatlashgan – to‘suvchi bruslarni yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi poyezd yaqinlashish uchastkasiga kirib kelishida avtomatik ravishda yoki temir yo‘l stansiyasi navbatchisi tomonidan poyezdga signal ochilib, marshrutni birlashtirilishi yoki maxsus tugma bosilishi bilan amalga oshiriladi. Shlagbaum to‘suvchi bruslarining ochilishi (ularni vertikal holatga o‘tkazilishi) kesishma navbatchisi tomonidan maxsus tugmani bosish orqali amalga oshiriladi; elektrlashgan (elektr-shlagbaumlar) – to‘suvchi bruslarni yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi, kesishma navbatchisi xabarlash signalini qabul qilgandan so‘ng maxsus tugma bosilishi orqali amalga oshiriladi. Shlagbaum to‘suvchi bruslarining ochilishi (ularni vertikal holatga o‘tkazilishi) temir yo‘l kesishmasi poyezddan bo‘shatilgandan so‘ng, kesishma navbatchisi tomonidan maxsus tugmani boshlang‘ich holatga qaytarish orqali amalga oshiriladi; mexanizatsiyalashgan – shlagbaumlar mexanik uzatmaga ega bo‘lib, uning yordamida kesishma navbatchisi to‘suvchi bruslarni qo‘lda ochiq (vertikal) va yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazadi; gorizontal-buriladigan (zaxira) – to‘suvchi bruslar ochiq holatda avtomobil yo‘lining qatnov qismiga parallel ravishda joylashadi. Transport vositalarining harakatini to‘xtatish uchun kesishma navbatchisi (yoki kesishma navbatchisi vazifasini bajaruvchi boshqa ishchi) ularni qo‘lda burab avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘sadi; 2) kesishma navbatchisi (yoki kesishma navbatchisi vazifasini bajaruvchi boshqa ishchi) tomonidan boshqariladigan, yoqilganda poyezdni temir yo‘l kesishmasiga kirishini taqiqlaydigan qurilma; 3) poyezd yaqinlashganda kesishma svetoforlari va tovushli signalizatsiyalari yoqilishi bilan temir yo‘l kesishmasi orqali transport vositalari va yo‘l harakati qatnashchilari harakatini taqiqlovchi qurilma; Funksional vazifasiga muvofiq kesishma signalizatsiyasi kuyidagi turlarga bo‘linadi: avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi – poyezd ma'lum bir masofaga yaqinlashganda kesishma svetoforlarining avtomatik ravishda miltillovchi qizil signallar (chiroqlar) yoqilishini hamda poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tib ketgandan so‘ng ularni o‘chishini amalga oshiruvchi kesishma signalizatsiyasi. Avtomatik svetofor signalizatsiyasi navbatchi ishchi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmalarida avtomatlashgan shlagbaumlar bilan birgalikda qo‘llaniladi; miltillovchi oq chiroq bilan avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi - kesishma svetoforlari temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuvchi poyezdning yo‘qligi va signalizatsiya qurilmalari sozligini ko‘rsatadigan miltillovchi oq signalli (chiroqli) qo‘shimcha signal kallagiga ega bo‘lgan kesishma signalizatsiyasi; avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi – avtomatik ravishda ko‘tariladigan va tushiriladigan qo‘shimcha shlagbaum bruslari bilan to‘ldirilgan kesishma signalizatsiyasi; avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan yarim avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi – qo‘shimcha shlagbaum bruslari bilan to‘ldirilgan, signalizatsiya yoqilishi va shlagbaumlar tushirilishi poyezd yaqinlashganda avtomatik ravishda, signalizatsiya o‘chirilishi va shlagbaumlar ko‘tarilishi esa temir yo‘l kesishmasidan poyezd o‘tganidan so‘ng navbatchi xodim tomonidan tugma bosilishi orqali amalga oshiriladigan kesishma signalizatsiyasi; svetofor signalizatsiya – to‘sish svetoforlari sifatida qo‘llaniladigan kesishma signalizatsiyasi va maxsus svetoforlarning o‘zaro bog‘liqlik qurilmasi. Me'yoriy (hisobiy uzunlikdagi) yaqinlashish uchastkalarini barpo qilishning imkoni bo‘lmagan faqat shaharlardagi idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida qo‘llanilishi mumkin; xabarlash signalizatsiyasi – navbatchi xodimga poyezdning temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotgani to‘g‘risida optik va akustik xabar beradigan signal bo‘lib, to‘suvchi texnik vositalarining yoqilishi va o‘chirilishi temir yo‘l kesishmasiga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi xodim tomonidan amalga oshiriladi; 4) harakat uchun yopiq temir yo‘l kesishmasiga poyezd yaqinlashganda, transport vositalarini sanksiyasiz kirib kelish urinishlariga fizik to‘siq (g‘ov) yaratuvchi, qatnov qismini to‘liq berkitish uchun mo‘ljallangan moslama; 5) avtomobil yo‘lining qatnov qismida maxsus plitalarni ko‘tarib, temir yo‘l kesishmasi orqali avtotransport vositalari harakatiga g‘ov bo‘ladigan temir yo‘l kesishmasini to‘sish qurilmasi. Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanayotgan temir yo‘l transportining barcha tashkilotlari, yo‘l xo‘jaligi va yo‘l harakati ishtirokchilari temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta'minlashning asosiy shartlaridan biriga rioya qilishlari shart: temir yo‘l transporti temir yo‘l kesishmasida boshqa barcha transport turlari oldida harakatlanish ustunligiga ega. Mazkur Qoidalar quyidagilarga tatbiq etiladi: 1) temir yo‘l transportida barcha foydalanilayotgan va yangidan loyihalashtirilayotgan temir yo‘l kesishmalariga; 2) poyezdlarning harakat tezligi 200 km/soatgacha bo‘lgan temir yo‘l transportida. Poyezdlar harakat tezligi 200 km/soatdan ortiq bo‘lgan, yuqori tezlikdagi temir yo‘l transportida temir yo‘l kesishmalarini barpo etish taqiqlanadi. Avtomobil yo‘llari bilan bir sathda joylashgan mavjud kesishmalar avtotransport vositalarini temir yo‘lga kirishini istisno etuvchi KTQlar bilan to‘silganda, ular vaqtincha saqlab qolinishi mumkin. Zarur hollarda alohida temir yo‘l kesishmalarida yuqori tezlikdagi poyezdni o‘tkazish uchun xavfsizlikni ta'minlashning qo‘shimcha chorasi sifatida kesishma navbatchisi postidan qarama-qarshi tomonida joylashgan gorizontal tekislikda buriladigan zaxira shlagbaumlarni yopishi va qulflashi lozim. Bunday temir yo‘l kesishmalar ro‘yxati umumiy foydalanishdagi temir yo‘l infratuzilmasi egasi tomonidan belgilanadi. Har yili 1 apreldan 1 iyungacha bo‘lgan davrda temir yo‘l transportida infratuzilma egasi yoki idoralarga qarashli temir yo‘l shoxobcha yo‘llari egalari tomonidan temir yo‘l kesishmalarining komissiya ko‘rigi o‘tkazilishi lozim. Infratuzilma egasi yoki shoxobcha temir yo‘llari egasi bo‘lajak komissiya ko‘rigi to‘g‘risida DYHXXga, Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga va Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasiga, mahalliy davlat hokimiyati va (yoki) mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organiga, ko‘rik o‘tkazilayotgan temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tuvchi avtomobil yo‘l uchastkasi egasiga, zarur hollarda ushbu ko‘rikda ishtirok etadigan yo‘lovchi tashish avtotransport tashkiloti vakiliga ma'lum qiladi. Temir yo‘l kesishmalarida hamkorlikdagi komissiya ko‘rigi natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi hamda ular asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kalendar ish rejalar ishlab chiqiladi, shu jumladan temir yo‘l kesishmalarining jihozlanish va foydalanish holati, temir yo‘l kesishmalaridan xavfsiz foydalanishini reglamentlovchi texnik tartibga solish sohasidagi normativ- huquqiy va me'yoriy hujjatlar talablari va mazkur Qoidalarga muvofiq bartaraf etilishi lozim. Yil davomida infratuzilma egasi yoki shoxobcha temiri yo‘l egasi tashabbusiga binoan temir yo‘l kesishmalari va unga yondashuv yo‘llar holatini boshqa ko‘riklari o‘tkazilishi mumkin. Temir yo‘l egasi yoki shoxobcha temir yo‘llari egasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, yo‘l tashkilotlari DYHXX tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda agar temir yo‘l kesishmasining texnik holati temir yo‘l tashishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashni reglamentlovchi texnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy va me'yoriy hujjatlar talablariga javob bermasa, shuningdek noqulay ob-havo sharoitlari, tabiiy ofatlar, yong‘inlar, avtomobil yo‘li ko‘taruvchanlik qobiliyatini yo‘qotgan va boshqa holatlarda, ommaviy axborot vositalari orqali avtomobil yo‘l foydalanuvchilarini ogohlantirgan va tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatgan holda joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlarga xabar berilib, ta'mirlash-qurilish ishlari amalga oshirilganda temir yo‘l kesishmasi orqali transport vositalari va yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini vaqtincha cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega. Amaldagi kesishmalarni yopish, ko‘chirish, qayta tiklash va yopilgan kesishmani ochish (doimiy yoki vaqtincha), shuningdek yo‘l o‘tkazgichdan 5 kilometr va undan kam masofada joylashgan temir yo‘l kesishmalarining maqsadga muvofiqligini aniqlash va ularning yopilishi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish va (yoki) joylardagi davlat hokimiyat organlari, DYHXX, temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tuvchi avtomobil yo‘li uchastkasi egasi bilan kelishilgan holda, infratuzilma egasi yoki shoxobcha temir yo‘l egasi tomonidan komissiya ko‘rigi natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Yo‘l o‘tkazgichida ta'mirlash ishlari amalga oshirilganda reversiv harakat tashkil etishning imkoni bo‘lmasa, yo‘l harakati qatnashchilari va qurilish texnikalarining uzluksiz va xavfsiz o‘tishlarini ta'minlash maqsadida, yo‘l o‘tkazgichidan 5 kilometrdan kam masofada temir yo‘l kesishmasini barpo etishga ruxsat etiladi. Yopilgan temir yo‘l kesishmalarida (doimiy yoki vaqtinchalik) yo‘l to‘shamasi olib tashlanadi (nastil), temir yo‘l kesishmasiga olib borish yo‘laklari chetki relsdan kamida 10 metr masofada, yo‘lning to‘liq kengligi bo‘yicha, balandligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan to‘siq bilan hamda zarur holatlarda to‘siqlardan temir yo‘l tomonga 2 metr masofada joylashgan chuqurligi 0,6 metr va eni 0,4 metr o‘lchamdagi ariqlar bilan to‘siladi. Temir yo‘l kesishmasiga yondashuv va olib borish yo‘llaridagi ogohlantirish belgilari olib qo‘yiladi. Buning o‘ringa aylanib o‘tish joylari boshida uning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi axborot belgilari o‘rnatiladi. Yopilgan temir yo‘l kesishmasida barcha jihozlar demontaj qilinadi. Temir yo‘l kesishmasidan foydalanish qisqa muddatga to‘xtatilganda, avtomatlashgan temir yo‘l kesishma signalizatsiyasi uning yopiq turish muddatida o‘chiriladi hamda qo‘lda harakatlantiriluvchi gorizontal-buriladigan zaxira shlagbaum bruslari transport vositalari harakati uchun yopiq holatga keltiriladi va qulf bilan yopiladi. Temir yo‘l kesishmasida avtomatik qurilmalarni o‘chirish tartibi infratuzilma egasi yoki shoxobcha temir yo‘llari egasi tomonidan belgilanadi. Yopilayotgan temir yo‘l kesishmalariga olib borish yo‘llarida infratuzilma egasi yoki shoxobcha temir yo‘llari egasi ushbu temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tadigan avtomobil yo‘li egasi bilan kelishgan holda transport vositalarini burilib olishlari uchun maydonchalar bilan jihozlanishi kerak. Temir yo‘l kesishmasini yopilganligi to‘g‘risida xabardor etish infratuzilma egasi va shoxobcha temir yo‘llari egasi zimmasiga yuklanadi. Xabar berish tartibi, shuningdek, yopilayotgan temir yo‘l kesishmalarining uskunalari, qurilmalari va jihozlarini demontaj qilish, ularni saqlash yoki qayta foydalanish tartibi infratuzilma egasi yoki shoxobcha temir yo‘llari egasi tomonidan DYHXX bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ikkinchi yo‘llarni qurish va transport aloqalarini rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda infratuzilma egasi va shoxobcha temir yo‘llari egasi avtomobil yo‘l egalari bilan birgalikda bir sathdagi mavjud kesishuvlarni yo‘l o‘tkazgichlari bilan almashtirish yoki avtomobil yo‘llarini temir yo‘lga yaqin joylashgan sun'iy inshootlar ostiga ko‘chirish masalalari hal etilishi kerak. Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish QOIDALARI Mazkur Qoidalar temir yo‘l kesishmalarining tasniflari va toifalari, ularni bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazish, ochish, yopish, temir yo‘l kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi, saqlanishi va ta’mirlanishi hamda temir yo‘l kesishmalarining navbatchi xodimlari (bundan buyon matnda navbatchi xodim deb yuritiladi) ishini tashkil etish tartibini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: avtomobil yo‘li — transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muntazam va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq; asosiy yo‘llar — peregonlardagi temir yo‘llar, shuningdek tegishli peregon yo‘llarining bevosita davomi bo‘lgan, stryelka o‘tkazgichlarida burilishlarga ega bo‘lmagan temir yo‘l stansiyasi yo‘llari; yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa; Oldingi tahrirga qarang. yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs; (1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363- 1/0680-son) yo‘l to‘shamasi — bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lib, bir nechta qatlam to‘shamasi qoplama, asos va asosning qo‘shimcha sovuq va issiqdan himoyalovchi, suv o‘tkazuvchi va boshqa qatlamlaridan iborat bo‘ladi; qatnov qismi — yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan qismi; Oldingi tahrirga qarang. sutkaning qorong‘i vaqti — kechki g‘ira-shiraning oxiridan tonggi g‘ira-shiraning boshlanishigacha bo‘lgan oraliqdagi vaqt; (1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363- 1/0680-son) Oldingi tahrirga qarang. piyoda — transport vositasidan tashqarida bo‘lgan va yo‘lda biror-bir yumush bilan band bo‘lmagan shaxs. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasini yetaklagan, shuningdek harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga o‘xshash vositalardan foydalanayotgan shaxslar ham piyodalarga tenglashtiriladi; (1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363- 1/0680-son) poyezd — o‘rnatilgan signallarga ega bo‘lgan, bitta yoki bir nechta ishlab turgan lokomotiv yoxud motorli vagonlardan shakllantirilib, birlashtirilgan vagonlar tarkibi. Peregonga jo‘natilayotgan vagonlarsiz lokomotivlar, motorli vagonlar va o‘ziyurar harakatdagi tarkib ham poyezd deb hisoblanadi; temir yo‘l infratuzilmasi — temir yo‘l va temir yo‘l inshootlari, temir yo‘l stansiyalari, elektr ta’minoti qurilmalari, aloqa tarmoqlari, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlari, axborot majmualari, harakatni boshqarish tizimi va ushbu majmuaning faoliyatini ta’minlovchi binolar, qurilmalar, moslama va uskunalarni o‘z ichiga oladigan texnologik majmua; temir yo‘l kesishmasi — yo‘lning temir yo‘llar bilan bir sathda kesishgan joyi; temir yo‘l shoxobcha yo‘llari (bundan buyon matnda shoxobcha yo‘llari deb yuritiladi) — alohida korxonalar, tashkilotlar, ma’lum bir yuk jo‘natuvchilar va yuk qabul qiluvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, temir yo‘l umumiy tarmog‘iga uzluksiz rels izlari bilan bog‘langan temir yo‘llar; transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma; to‘xtab turish — transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish; umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar — temir yo‘lning poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, yuklar, bagaj va yuk bagajini qabul qilish hamda topshirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, manevr ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochiq bo‘lgan temir yo‘l bekatlari joylashgan tarmog‘i; umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti (bundan buyon matnda temir yo‘l deb yuritiladi) — ishlab chiqarish va ijtimoiy yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni o‘z tarkibiga olgan, boshqa davlatlarning temir yo‘llari va transportning boshqa turlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashish ehtiyojlarini ta’minlovchi yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmui; haydovchi — yo‘llarda transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs. Boshqarishni o‘rgatuvchi, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollarini (podani) haydab borayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi; yaqinlashish uchastkasi — rels elektr zanjirlari bilan jihozlangan, temir yo‘l kesishmasi old tomonida joylashgan, yaqinlashayotgan poyezd haqida oldindan avtomatik ravishda xabar berish hamda poyezdlarning tezligi va temir yo‘l kesishmasi yo‘lining uzunligiga qarab hisob-kitob yo‘li bilan yo‘lning uzunligi aniqlanadigan (temir yo‘l kesishmasi kesishma signalizatsiyasi va shlagbaumlarni avtomatik tarzda boshqarish moslamasi bilan jihozlangan bo‘lsa) temir yo‘l uchastkasi. 2. Quyidagilar temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini ta’minlaydigan qurilmalar hisoblanadi: a) avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘sish va transport vositalarining (yo‘l harakati qatnashchilarining) temir yo‘l kesishmasi orqali amalga oshiriladigan harakatini to‘xtatish qurilmasi (bundan buyon matnda shlagbaum deb yuritiladi). Shlagbaum temir yo‘l kesishmasini transport vositalari (yo‘l harakati qatnashchilari) o‘tib ketishlaridan to‘sadi. Harakatlanish uslublariga ko‘ra shlagbaumlar quyidagi turlarga bo‘linadi: avtomatlashgan — yaqinlashish uchastkasiga poyezd kirib kelgandan va kesishma svetoforlarining qizil signallari (chiroqlari) yoqilgandan so‘ng hisoblangan vaqt davomida shlagbaum bruslarining yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Poyezd temir yo‘l kesishmasini bo‘shatgach, shlagbaumning bruslari ochiq (vertikal) holatga avtomatik ravishda o‘tadi. Bunda, kesishma svetoforining qizil signallari (chiroqlari) o‘chadi; yarim avtomatlashgan — bruslar yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi poyezd yaqinlashish uchastkasiga kirib kelishida avtomatik ravishda yoki temir yo‘l stansiyasi navbatchisi tomonidan, bruslar ochiq (vertikal) holatga o‘tkazilishi navbatchi xodim tomonidan amalga oshiriladi; elektrlashtirilgan — bruslar yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazilishi navbatchi xodim tomonidan xabarlash signali qabul qilingandan so‘ng maxsus tugmani bosish orqali, bruslar ochiq (vertikal) holatga o‘tkazilishi temir yo‘l kesishmasi poyezddan bo‘shatilgandan so‘ng, navbatchi xodim tomonidan maxsus tugmani boshlang‘ich holatga qaytarish orqali amalga oshiriladi; mexanizatsiyalashgan — shlagbaumlar navbatchi xodim tomonidan mexanik uzatma yordamida bruslarni qo‘lda ochiq (vertikal) va yopiq (gorizontal) holatga o‘tkazish orqali boshqariladi; gorizontal buriladigan (zaxira) — bruslar ochiq (vertikal) holatda avtomobil yo‘lining qatnov qismiga parallel ravishda joylashadi va navbatchi xodim ularni qo‘lda boshqaradi; b) poyezdning temir yo‘l kesishmasiga kirishini taqiqlaydigan qurilma (bundan buyon matnda to‘sish signalizatsiyasi deb yuritiladi); v) poyezd yaqinlashganda kesishma svetoforlari va tovushli signalizatsiyalari yoqilishi bilan temir yo‘l kesishmasi orqali transport vositalari va yo‘l harakati qatnashchilari harakatini taqiqlovchi qurilma (bundan buyon matnda kesishma signalizatsiyasi deb yuritiladi). Funksional vazifasiga ko‘ra kesishma signalizatsiyasi kuyidagi turlarga bo‘linadi: avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — poyezd ma’lum bir masofaga yaqinlashganda kesishma svetoforlarining miltillovchi qizil signallarini (chiroqlarini) avtomatik ravishda yoquvchi hamda poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tib ketgandan so‘ng ularni o‘chiruvchi kesishma signalizatsiyasi. Avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi navbatchi xodim tomonidan avtomatlashgan shlagbaumlar bilan birgalikda qo‘llaniladi; miltillovchi oq chiroqli avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — kesishma svetoforlari temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotgan poyezd yo‘qligi va signalizatsiya qurilmalari sozligini ko‘rsatadigan miltillovchi oq signalli (chiroqli) qo‘shimcha signal kallagiga ega bo‘lgan kesishma signalizatsiyasi; avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — avtomatik ravishda ko‘tariladigan va tushiriladigan qo‘shimcha shlagbaum bruslariga ega bo‘lgan kesishma signalizatsiyasi; avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan yarim avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi — qo‘shimcha shlagbaum bruslariga ega bo‘lgan, signalizatsiya yoqilishi va shlagbaumlar tushirilishi temir yo‘l kesishmasiga poyezd yaqinlashganda avtomatik ravishda, signalizatsiya o‘chirilishi va shlagbaumlar ko‘tarilishi temir yo‘l kesishmasidan poyezd o‘tganidan so‘ng navbatchi xodim tomonidan tugma bosilishi orqali amalga oshiriladigan kesishma signalizatsiyasi; svetofor signalizatsiyasi — to‘sish svetoforlari sifatida qo‘llaniladigan kesishma signalizatsiyasi va manevr svetoforlarining o‘zaro bog‘lovchi qurilmasi; xabarlash signalizatsiyasi — navbatchi xodim poyezdning temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotgani to‘g‘risida optik (nurli) va akustik (tovushli) xabar beradigan signal. Bunda, to‘suvchi texnik vositalarning yoqilishi va o‘chirilishi navbatchi xodim tomonidan amalga oshiriladi; g) harakat uchun yopiq temir yo‘l kesishmasiga poyezd yaqinlashganda transport vositalarining kirib kelishiga to‘siq yaratuvchi, qatnov qismini to‘liq berkitish uchun mo‘ljallangan moslama; d) avtomobil yo‘lining qatnov qismida maxsus plitalarni ko‘targan holda temir yo‘l kesishmasi orqali transport vositalari harakatiga to‘sqinlik qiladigan to‘sish qurilmasi (bundan buyon matnda KTQ deb yuritiladi). 2-bob. Temir yo‘l kesishmalarini ko‘rikdan o‘tkazish hamda ochish va yopish 3. Temir yo‘l kesishmalari temir yo‘l infratuzilmasi egasi (bundan buyon matnda infratuzilma egasi deb yuritiladi) yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan o‘zlarining mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladigan Temir yo‘l kesishmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) ko‘rigidan har yili kamida bir marta o‘tkazilishi lozim. 4. Infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi navbatdagi Komissiya ko‘rigi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi), Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, ko‘rik o‘tkazilayotgan temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tuvchi avtomobil yo‘l uchastkasi egasi hamda yo‘lovchi tashish transport tashkilotiga yozma ravishda xabarnoma yuboradi. Xabarnomada Komissiya ko‘rigi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 5. Komissiya ko‘rigi natijalari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar, shu jumladan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari ko‘rsatiladi. 6. Komissiya ko‘rigi natijalari bo‘yicha dalolatnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi ustidan nazorat Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Yo‘l- qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va DYHXX tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Poyezdlar harakatining tezligi soatiga 200 kilometrdan ortiq bo‘lgan yuqori tezlikdagi temir yo‘l yo‘nalishlarida yangi temir yo‘l kesishmalarini loyihalash va ochish taqiqlanadi. 8. Yangi avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan kesishgan joylarini loyihalash, shuningdek mavjudlarini rekonstruksiya va kapital ta’mirlash avtomobil yo‘llari sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Mavjud temir yo‘l kesishmalarini yopish, yangisini ochish, shuningdek yo‘l o‘tkazgichdan 5 kilometr va undan qisqa masofada joylashgan temir yo‘l kesishmalarining faoliyat ko‘rsatishi maqsadga muvofiqligini aniqlash va ularni yopish DYHXX bilan hamkorlikda hamda temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tuvchi avtomobil yo‘li uchastkasi egasi bilan kelishuv asosida infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan Komissiya ko‘rigi natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Temir yo‘l kesishmalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini DYHXX bilan kelishish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi. 10. Yo‘l o‘tkazgichda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida reversiv harakat tashkil etishning imkoni bo‘lmasa, transport vositalari, yo‘l harakati qatnashchilari va qurilish texnikasi uzluksiz va xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida yo‘l o‘tkazgichdan 5 kilometrdan qisqa masofada temir yo‘l kesishmasini mazkur Qoidalarning 7-bandida belgilangan talabni inobatga olgan holda ochishga yo‘l qo‘yiladi. 11. Temir yo‘l kesishmasini yopishda infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan temir yo‘l kesishmasining chegarasidagi yo‘l to‘shamasi olib tashlanadi, shuningdek temir yo‘l kesishmasiga olib boruvchi yo‘laklar rels chetidan kamida 10 metr masofada yo‘lning to‘liq kengligi bo‘yicha balandligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan to‘siq bilan hamda zarur hollarda to‘siqlardan temir yo‘l tomonga 2 metr masofada joylashtiriladigan chuqurligi 0,6 metr va eni 0,4 metr o‘lchamdagi ariqlar bilan to‘siladi. Bunda, yopilayotgan temir yo‘l kesishmasiga olib boradigan yo‘llarda o‘rnatilgan va ushbu temir yo‘l kesishmasi mavjudligini anglatuvchi ogohlantirish belgilari olib qo‘yiladi hamda ularning o‘rniga aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi axborot-ko‘rsatgich belgilari o‘rnatiladi. 12. Temir yo‘l kesishmasi yopilganda undagi barcha jihozlar demontaj qilinadi, temir yo‘l kesishmasi vaqtinchalik muddatga yopilganda esa, ushbu muddat davomida avtomatlashgan temir yo‘l kesishmasi signalizatsiyasi o‘chiriladi hamda qo‘lda harakatga keltiriladigan gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaum bruslari transport vositalari harakati uchun yopiq holatga keltiriladi va qulf bilan yopiladi. Temir yo‘l kesishmasida avtomatik qurilmalarni o‘chirish infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan amalga oshiriladi. 13. Infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi yopiladigan temir yo‘l kesishmalariga olib boruvchi avtomobil yo‘lida ushbu yo‘l uchastkasi egasi bilan kelishilgan holda transport vositalari burilib ketishi uchun maydonchalar tashkil etilishini ta’minlashi kerak. 14. Infratuzilma egasi va shoxobcha yo‘llari egasi mahalliy ommaviy axborot vositalarida temir yo‘l kesishmasining yopilishi to‘g‘risida uning yopilishidan kamida o‘n besh kun oldin e’lon berilishini ta’minlaydi. 3-bob. Temir yo‘l kesishmalarining tasnifi va toifalarini aniqlash 15. Temir yo‘l kesishmalari joylashuviga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: umumiy foydalanishdagi temir yo‘l kesishmalari — umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va (yoki) shoxobcha yo‘llari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bilan kesishgan joy; umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalari — umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va (yoki) shoxobcha yo‘llari shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari hamda xo‘jalik avtomobil yo‘llari bilan kesishgan joy. Tashkilotlar (ombor, depo, elevator va boshqa shu kabilar) hududidagi temir yo‘llarning ushbu tashkilotlar avtomobil yo‘llari bilan kesishgan hududlari texnologik o‘tish joyi bo‘lib, ular temir yo‘l kesishmasi hisoblanmaydi. 16. Temir yo‘l kesishmalari ularda sutka davomida harakatlanuvchi poyezdlar va transport vositalarining sonini (bundan buyon matnda harakat intensivligi deb yuritiladi) hisobga olgan holda mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan me’zonlarga muvofiq to‘rt toifaga bo‘linadi. 17. Temir yo‘l kesishmalari toifalarini aniqlashda poyezdlar harakati intensivligi poyezdlar harakati jadvaliga muvofiq, transport vositalari harakati intensivligi esa infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasining xronometrajli kuzatuvlari bo‘yicha aniqlanadi. 18. Poyezdlar va transport vositalari harakatining intensivligidan kelib chiqib, temir yo‘l kesishmalarining toifalari infratuzilma egasi tomonidan yiliga kamida bir marotaba va shoxobcha yo‘llari egalari tomonidan 5 yilda kamida bir marotaba qayta ko‘rib chiqiladi. 19. Temir yo‘l kesishmalari toifalarini qayta ko‘rib chiqish Komissiya ko‘rigini o‘tkazish davomida amalga oshiriladi. Bunda, navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hamda navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydigan temir yo‘l kesishmalarining ro‘yxati tuziladi. 20. Temir yo‘l kesishmalari ulardan foydalanishning tartibga solinishiga ko‘ra tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan turlarga bo‘linadi. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd haqida xabar beruvchi kesishma signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlangan yoki poyezdlar va transport vositalari harakatini tartibga solish vazifasi yuklatilgan navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmalari tartibga solinadigan temir yo‘l kesishmalari hisoblanadi. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd haqida xabar beruvchi kesishma signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlanmagan yoki poyezdlar va transport vositalari harakatini tartibga solish vazifasi yuklatilgan navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydigan temir yo‘l kesishmalari tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalari hisoblanadi. 21. Quyidagi temir yo‘l kesishmalarida navbatchi xodim qo‘yilishi lozim: a) poyezdlar va transport vositalari harakatining intensivligidan qat’i nazar, poyezdlar soatiga 140 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi temir yo‘l uchastkalarida joylashgan temir yo‘l kesishmalarida; b) I toifadagi temir yo‘l kesishmalarida; v) temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) kesishma signalizatsiyasi sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma yoki avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanmagan II toifadagi temir yo‘l kesishmalarida; g) avtomobil yo‘li uch va undan ortiq asosiy yo‘llar bilan kesishgan temir yo‘l kesishmalarida; d) qabul qilish-jo‘natish temir yo‘llaridagi (temir yo‘l stansiyasi ichida joylashgan) temir yo‘l kesishmalarida; e) ko‘rinish sharoitlari qoniqarsiz bo‘lgan II toifadagi temir yo‘l kesishmalarida hamda ko‘rinish sharoitlaridan qat’i nazar, poyezdlar harakat intensivligi kuniga 16 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan temir yo‘l kesishmalarida; j) ko‘rinish sharoitlari qoniqarsiz bo‘lgan va poyezdlar harakat intensivligi sutkasiga 16 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan III toifadagi temir yo‘l kesishmalarida hamda ko‘rinish sharoitlaridan qat’i nazar, poyezdlar harakat intensivligi kuniga 200 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan temir yo‘l kesishmalarida. Bunda, transport vositasi haydovchisi temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdni temir yo‘l kesishmasidan 400 metr masofada, poyezd mashinisti esa temir yo‘l kesishmasini 1000 metr masofada ko‘rish imkoniyati bo‘lmasa, temir yo‘l kesishmasining ko‘rinish sharoiti qoniqarsiz hisoblanadi. 22. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi haydovchisiga ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa hamda temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini to‘xtatish uchun temir yo‘l kesishmasi ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa mazkur Qoidalarning tegishliligiga ko‘ra 2 va 3-ilovalarida keltirilgan me’yorlarga muvofiq bo‘lishi lozim. 23. Quyidagi holatlarda navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgan holda temir yo‘l kesishmalarini navbatchi xodimsiz foydalanishga o‘tkazish mumkin: a) temir yo‘l kesishmasining toifasi quyi toifaga o‘zgartirilganda (bundan mazkur Qoidalarning 21-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno); b) II, III va IV toifadagi temir yo‘l kesishmalari temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) kesishma signalizatsiyasi sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma hamda avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanganda. 24. Temir yo‘l kesishmalarida navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilishini to‘xtatishdan avval infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi quyidagilarni amalga oshirishi lozim: a) temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) temir yo‘l kesishmasining avtomatlashgan signalizatsiyasi (mavjud bo‘lsa) sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma o‘rnatish; b) avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar, KTQ, shuningdek navbatchi xodim tomonidan temir yo‘l kesishmasiga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan boshqa qurilmalarni demontaj qilish; v) temir yo‘l kesishmasi chegaralaridagi yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha texnik vositalarni almashtirish. 25. Temir yo‘l kesishmalarini navbatchi xodimsiz foydalanishga o‘tkazishdan kamida o‘n besh kun oldin infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi avtomobil yo‘li egasi bilan kelishilgan joylarda tegishli temir yo‘l kesishmasi navbatchi xodimsiz foydalanishga o‘tkazilishi haqida (sanasi ko‘rsatilgan holda) axborot-ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatishi va ularni bir oy muddat davomida saqlab turishi lozim. 4-bob. Temir yo‘l kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar 26. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini to‘xtatish uchun temir yo‘l kesishmasi ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa me’yorlariga javob bermaydigan shoxobcha yo‘llari bilan avtomobil yo‘llari kesishgan joylarda yo‘l ko‘zgulari o‘rnatiladi. Yo‘l ko‘zgularini o‘rnatish joylarini tanlashda va ko‘zgularning aks ettiruvchi yuzasini transport vositasi haydovchisiga qaratishda yo‘lning ko‘rinmaydigan qismi yo‘l ko‘zgularida ko‘rinishini ta’minlash lozim. 27. Infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi bilan kelishuv asosida kesishma signalizatsiyasi o‘rnatilgan temir yo‘l kesishmalarida Komissiya xulosasiga ko‘ra yangi avtobus yo‘nalishining ochilishiga yo‘l qo‘yiladi. 28. Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi haydovchisiga ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa me’yorlariga muvofiq temir yo‘l kesishmalari temir yo‘llar va avtomobil yo‘larining to‘g‘ri burchak ostidagi tekis uchastkalarida, shuningdek ko‘rinish sharoitlari qoniqarli bo‘lgan joylarda joylashtirilishi kerak. Bunda, ushbu talabga rioya qilishning imkoni bo‘lmasa, kesishuvchi yo‘llar orasidagi o‘tkir burchak 60 darajadan kam bo‘lmasligi kerak. 29. Temir yo‘l kesishmalarida chekka relsdan 10 metrdan kam bo‘lmagan masofadagi avtomobil yo‘li gorizontal tekislikda joylashgan bo‘lishi kerak. Temir yo‘l kesishmalariga tutashgan avtomobil yo‘llari chekka relsdan 50 metrdan kam bo‘lmagan masofada bo‘ylama qiyaligi 30 minglik o‘lchamdan ko‘p bo‘lmagan holda loyihalashtirilishi kerak. 30. Temir yo‘l kesishmasi qatnov qismining kengligi avtomobil yo‘li qatnov qismi kengligiga teng bo‘lishi, biroq 6 metrdan kam bo‘lmasligi, chorva mollarini haydab o‘tish joylaridagi yo‘l to‘shamasi kengligi esa 4 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. 31. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasidan kelib chiqib, temir yo‘l harakatdagi tarkibi g‘ildirak juftlarining bir tekisda o‘tishini ta’minlash uchun yo‘l to‘shamasi chegaralarida kontrrelslar o‘rnatiladi. Ularning 50 santimetr uzunlikdagi uchlari ikki rels oralig‘ining ichki tomoniga qarab 25 santimetrga egiladi. Bunda, tarnovning kengligi 75 dan 110 millimetrgacha bo‘lgan oraliqda o‘rnatilishi, uning chuqurligi esa 45 millimetrdan kam bo‘lmasligi lozim. 32. Navbatchi xodim mavjud bo‘lgan temir yo‘l kesishmalarida har bir temir yo‘lning ikki rels oralig‘ida (bir yo‘lli uchastkalarda — har ikki tomondan) yo‘l to‘shamasidan 0,75 dan 1,0 metrgacha bo‘lgan masofada poyezdni to‘xtatish ko‘chma signallarini (qizil shitlar, chiroqlar), shuningdek temir yo‘l harakatdagi tarkibining pastki nogabaritligini aniqlashga mo‘ljallangan qurilmalar uchun temir quvur ko‘rinishidagi moslamalar o‘rnatish lozim. 33. Shlagbaum ustunlari, kesishma signalizatsiyasining svetofor machtalari, to‘siqlar, panjaralar va yo‘naltiruvchi (signal) ustunlar avtomobil yo‘li qatnov qismi chetidan 0,75 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi lozim. Bunda, yo‘naltiruvchi (signal) ustunlar temir yo‘l kesishmasining ikki tomonida chetdagi relslardan 2,5 dan 16 metrgacha bo‘lgan masofada har 1,5 metrda o‘rnatiladi. Yo‘naltiruvchi (signal) ustunlar infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan o‘rnatiladi. 34. Temir yo‘l kesishmalarining chorva mollarini haydab o‘tish uchun mo‘ljallangan joylarida balandligi 1,2 metr bo‘lgan temirbeton, yog‘och yoki temirdan yasalgan devor to‘siqlar yoxud panjaralar o‘rnatiladi hamda zaxira shlagbaumlariga to‘suvchi to‘rlar osiladi. Oldingi tahrirga qarang. 35. Avtomobil yo‘llari tomonidan temir yo‘l kesishmalariga tutashgan yo‘l harakatini tashkil etuvchi texnik vositalar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12- apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga (bundan buyon matnda Yo‘l harakati qoidalari deb yuritiladi) muvofiq o‘rnatiladi. (35-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11- sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son) 36. Temir yo‘l kesishmalari aholi punktlarida joylashgan va ularga piyodalar yo‘lkalari mavjud avtomobil yo‘llari tutashgan bo‘lsa, temir yo‘l kesishmalari infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan piyodalar yo‘lkalari va tovushli signalizatsiya bilan jihozlanadi. 37. Transport vositalarining temir yo‘l kesishmasiga kirishiga to‘siq bo‘luvchi KTQ bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmalari piyodalar yo‘lkalari bilan ta’minlanishi, shuningdek temir yo‘l kesishmalariga tutashgan yo‘llar temir yo‘l kesishmasida kirishga to‘sqinlik qiluvchi qurilmalar mavjudligi to‘g‘risida haydovchilarni ogohlantiruvchi axborot-ogohlantiruvchi belgilar bilan jihozlanishi kerak. 38. KTQ avtomobil yo‘li qatnov qismining yo‘l qoplamasi bilan bir xil sathda o‘rnatiladi. Shlagbaumlar tushirilgandan so‘ng KTQ plitalari yaqinlashib kelayotgan transport vositasi tomonga 0,45 metr (± 0,05 metr) balandlikda ko‘tarilib, avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘liq to‘sishi kerak. KTQ qurilmasining ustida transport vositalari bo‘lganida plitalar ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. 39. Temir yo‘l kesishmalariga yaqinlashish yo‘llarida (temir yo‘l yo‘nalishi tomonida) poyezd mashinistlari tomonidan tovushli signal chalinishi lozimligi haqida doimiy ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) o‘rnatiladi. Ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) poyezd harakatining yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomondan 500 dan 1500 metrgacha masofada, poyezdlar soatiga 120 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi stansiyalar oraliqlaridagi temir yo‘llarda esa temir yo‘l kesishmasidan 800 dan 1500 metrgacha masofada o‘rnatiladi. Umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalari old tomonida ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda 100 dan 300 metrgacha bo‘lgan masofada o‘rnatiladi. 40. Navbatchi xodim mavjud bo‘lmagan hamda mashinistlar ko‘rishi qiyin bo‘lgan temir yo‘l kesishmalari old tomonida, shuningdek temir yo‘l kesishmasidan 250 metr masofada qo‘shimcha ogohlantiruvchi signal belgilari (“S”) o‘rnatilishi kerak (poyezdlar soatiga 120 kilometrdan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi stansiyalar oraliqlaridagi temir yo‘llarda — 400 metr masofada o‘rnatiladi). 41. Temir yo‘l kesishmasida kesishma signalizatsiyasi mavjud bo‘lsa, Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 1.3.1 “Bir izli temir yo‘l” yoki 1.3.2 “Ko‘p izli temir yo‘l” ogohlantiruvchi yo‘l belgilari svetoforlar bilan bir ustunda, ustun bo‘lmaganda esa eng yaqin relsdan 20 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi. 42. Tartibga solinmaydigan temir yo‘l kesishmalari old tomonida eng yaqin relsdan 50 metrdan ortiq bo‘lmagan uzoqlikda joylashgan transport vositalari haydovchilariga mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq hisoblangan uzunlikka teng masofada poyezd ko‘rinishi ta’minlanmagan bo‘lsa, eng yaqin relsgacha 10 metr masofada Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” belgisi o‘rnatiladi. Bunday temir yo‘l kesishmalari qayta jihozlanishidan avval, ularning oldida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan poyezdlar harakat tezligiga doimiy cheklov o‘rnatiladi. 43. Elektrlashtirilgan temir yo‘llarda temir yo‘l kesishmalarining har ikki tomonida shlagbaumlardan kamida 5 metr masofada, ular mavjud bo‘lmaganda esa chetdagi relsdan kamida 14 metr masofada Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq “4.5 m” raqami aks etgan 3.13 “Cheklangan balandlik” taqiqlash yo‘l belgilari o‘rnatiladi. 44. Temir yo‘l kesishmalariga tutashgan joylarda avtomobil yo‘llari tomonidan shlagbaumlar old tomonida, ular mavjud bo‘lmaganda esa Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq o‘rnatilgan 1.3.1 “Bir izli temir yo‘l” yoki 1.3.2 “Ko‘p izli temir yo‘l” ogohlantiruvchi yo‘l belgilari old tomonida 150 — 300 metr masofada 1.1 “Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi” yoki 1.2 “Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi” ogohlantiruvchi va boshqa yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Aholi punktlari va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalariga tutashgan yo‘llarda bunday belgilar chetdagi relslardan 50 — 100 metr masofada o‘rnatiladi. 45. Transport vositasi bir yo‘nalishda harakatlanishi uchun ikki va undan ortiq bo‘lakli avtomobil yo‘llarida, shuningdek bir bo‘lakli yo‘llarda temir yo‘l kesishmasining ko‘rinish masofasi aholi yashamaydigan joylarda 300 metrdan, aholi yashaydigan joylarda esa 100 metrdan kam bo‘lganda Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 1.1 “Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi” va 1.2 “Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi” belgilari takror o‘rnatilishi kerak. 46. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmalarida kechayu-kunduz navbatchilik tartibi o‘rnatiladi. Umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalarida, shuningdek harakat intensivligi past bo‘lgan temir yo‘l uchastkalarida joylashgan umumiy foydalanishdagi temir yo‘l kesishmalarida kechayu-kunduz navbatchilik tartibi o‘rnatilmasligi mumkin. Bunda, navbatchi xodimdan boshqa shaxslarning boshqaruv shitidagi avtomatlashgan kesishma signalizatsiyasi va KTQdan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 47. Temir yo‘l kesishmasi faoliyatida vaqtinchalik tanaffus yuzaga kelgan taqdirda avtomatlashgan (yarim avtomatlashgan, elektrlashtirilgan) shlagbaumlar navbatchi xodim tomonidan yopiq (gorizontal) holatga keltiriladi va avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘liq to‘suvchi zaxira shlagbaumlar esa to‘sish holatiga o‘tkaziladi va qulflanadi. 48. Kechayu-kunduz navbatchilik tartibi o‘rnatilmagan temir yo‘l kesishmalari ro‘yxati va ularning ish soatlari haqida infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi DYHXX va temir yo‘l kesishmalari joylashgan avtomobil yo‘li egasini yozma ravishda xabardor qiladi. 49. Harakat intensivligi past bo‘lgan temir yo‘llarda joylashgan hamda gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmalari infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan poyezd tuzuvchi yoki lokomotiv brigadasi boshqaradigan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. Bunda, temir yo‘l kesishmalari poyezd tuzuvchi yoki lokomotiv brigadasi boshqaradigan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangunga qadar gorizontal buriladigan shlagbaumlar saqlab turiladi va bunday kesishmalarga navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydi. 50. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlarning bruslari qizil rangli nur qaytaruvchi qurilmalar bilan jihozlanishi yoki nur qaytaruvchi bo‘yoq bilan bo‘yalishi hamda 4, 6 yoxud 8 metr uzunlikka ega bo‘lishi lozim. 51. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar transport vositalari harakatining yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil yo‘lining o‘ng tomonidan qatnov qismining kamida yarmini yopishi kerak. Bunda, qatnov qismini to‘liq berkituvchi shlagbaumlar o‘rnatilishi mumkin. 52. Transport vositalarining harakat intensivligi yuqori bo‘lgan, navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan, shuningdek tezyurar yo‘lovchi poyezdlari harakatlanadigan temir yo‘l kesishmalarida transport vositalari kirib kelishining oldini olish uchun KTQ qo‘llanilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 53. Mexanizatsiyalashgan shlagbaumlar avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘liq to‘sishi hamda sutkaning qorong‘i vaqtida va kunduzi ko‘rish yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda (tuman, bo‘ron va boshqa noqulay sharoitlarda) qo‘llaniladigan signal chiroqlariga ega bo‘lishi lozim. (53-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11- sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son) 54. Mexanizatsiyalashgan shlagbaumlarning bruslariga o‘rnatilgan signal chiroqlari quyidagi signallarni uzatishi kerak: a) avtomobil yo‘li tomon: shlagbaumlar yopiq holatda bo‘lganida — qizil signal (chiroq); shlagbaumlar ochiq holatda bo‘lganida — shaffof oq signal (chiroq); b) temir yo‘l tomon shlagbaumlarning ham ochiq, ham yopiq holatlarida — shaffof oq nazorat signali (chiroq) uzatiladi. 55. Shlagbaumlar temir yo‘l kesishmasining har ikki tomonida, avtomobil yo‘li chetining o‘ng tomonida o‘rnatilishi va ularning bruslari yopiq holatda avtomobil yo‘li qatnov qismi yuzasidan 1 dan 1,25 metrgacha balandlikda joylashishi lozim. Bunda, mexanizatsiyalashgan shlagbaumlar chetdagi relsdan 8,5 metrdan kam bo‘lmagan va 14 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada joylashtiriladi. 56. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar brus uzunligidan (4, 6 yoki 8 metr) kelib chiqib, chetdagi relsdan 6, 8 yoki 10 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi. 57. Temir yo‘l infratuzilmasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda temir yo‘l kesishmasini to‘sish uchun avtomobil yo‘lining qatnov qismini to‘liq berkituvchi va shlagbaumlardan avtomobil yo‘li tomonga 1 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiluvchi gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaumlardan foydalaniladi. Bunda, shlagbaumlar ularni ochiq va yopiq holatda mahkamlash va signal chiroqlarini ilib qo‘yish moslamalariga ega bo‘lishi kerak. 58. Shlagbaumlarning bruslari (asosiy va zaxira) navbatma-navbat o‘zgaruvchi qizil va oq rangdagi gorizontal, avtomobil yo‘li tomondan qaralganda 45 dan 50 darajagacha burchak ostida o‘ngga egilgan chiziqlar bilan bo‘yaladi. Chiziqlarning kengligi 500 dan 600 millimetrgacha bo‘lishi, brusning uchida esa 250 dan 300 millimetrgacha kenglikdagi qizil chiziq chizilgan bo‘lishi lozim. 59. Avtomatlashgan va yarim avtomatlashgan shlagbaumlarning ochiq holati, elektrlashtirilgan va mexanizatsiyalashgan shlagbaumlarning esa yopiq holati normal holatda turish hisoblanadi. Normal holatda turmagan shlagbaumlar faqat temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd mavjud bo‘lmagandagina transport vositalarini o‘tkazish uchun ochilishi mumkin. 60. Harakat ikki tomonlama bo‘lgan va chiziqlar bilan belgilangan uchta bo‘lakli yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimini ajratish uchun temir yo‘l kesishmalari yaqinida chetdagi relsdan 100 metr masofada Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 1.1 yotiq chizig‘i chiziladi. 61. Shlagbaum yoki svetofordan 5 metrdan kam bo‘lmagan masofada Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 1.12 “To‘xtash chizig‘i” belgisi chizilishi kerak. Bunda, shlagbaum yoki svetofor mavjud bo‘lmaganda 1.12 “To‘xtash chizig‘i” belgisi eng yaqin relsdan 10 metrdan kam bo‘lmagan masofada 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi” belgisi to‘g‘risida chiziladi. 62. Yo‘lning bitta harakat yo‘nalishida ikki yoki undan ortiq harakatlanish bo‘laklari chegaralarini belgilash uchun temir yo‘l kesishmalari old tomonida transport vositalarining ruxsat etilgan tezligi soatiga 60 kilometrgacha bo‘lganda 20 metrdan kam bo‘lmagan masofada, soatiga 60 kilometrdan ortiq bo‘lganda esa 40 metrdan kam bo‘lmagan masofada Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 1.12 “To‘xtash chizig‘i” belgisidan 1.3 yotiq chizig‘i chiziladi. 63. Navbatchi xodimlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmalarida navbatchi xodimlar uchun mo‘ljallangan xonalar — temir yo‘l bo‘ylab avtomobil yo‘li tomonidan kirib-chiqiladigan bino qurilishi kerak. Bunda, binoning temir yo‘l tomonga chiqish qismi panjaralar bilan to‘siladi. 64. Temir yo‘l kesishmasi chegaralarida yoriqlik darajasi I toifada — 5 lyuks, II toifada — 3 lyuks; III toifada — 2 lyuks; IV toifada — 1 lyuksdan kam bo‘lmasligi kerak. 65. O‘tayotgan poyezdlarni kuzatish uchun temir yo‘l kesishmalari projektor (yoritgich) moslamalari bilan jihozlanadi. 66. Kesishma signalizatsiyasi qurilmalari elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha birinchi toifaga mansub bo‘lgan ikkita mustaqil ta’minlash manbalaridan elektr ta’minoti bilan ta’minlanishi kerak. 67. Bitta elektr ta’minot manbasi mavjud bo‘lgan temir yo‘l kesishmalarida zaxira elektr ta’minoti bo‘lmagan taqdirda temir yo‘l kesishmasini va to‘sish svetoforlarini quvvatlantirish uchun akkumulyator zaxirasi o‘rnatilishi lozim. Bunda, quvvatlantiruvchi akkumulyator zaxirasi 8 soatdan kam bo‘lmagan muddat davomida to‘xtovsiz ishlay oladigan quvvatga ega bo‘lishi kerak. 68. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmalari temir yo‘l stansiyasi navbatchisi hamda markazlashgan dispetcherlik uchastkalarining poyezd dispetcherlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri telefon aloqasi va poyezd radioaloqa vositalari bilan ta’minlanishi kerak. Navbatchi xodimni yoki uning vazifasini bajaruvchi xodimni telefon aloqasi orqali chaqirish uchun temir yo‘l kesishmalarida qo‘shimcha ravishda tashqi qo‘ng‘iroq (tovushli chaqiruv) o‘rnatiladi. 69. Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydigan hamda avtomatlashgan blokirovka bilan jihozlangan peregonlarda joylashgan temir yo‘l kesishmalarida piyodalar uchun temir yo‘l kesishmasida harakatlanish taqiqlanganligi to‘g‘risida xabar beruvchi ikkita qizil va bitta oq signalli (chiroqli) qo‘shimcha tovushli signalizatsiyaga ega kesishma svetoforlari o‘rnatiladi. 70. Temir yo‘l stansiyasida hamda temir yo‘l stansiyasidan uzoqlashish uchastkalarida joylashgan va navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatilmaydigan temir yo‘l kesishmalarida piyodalar uchun temir yo‘l kesishmasida harakatlanish taqiqlanganligi to‘g‘risida xabar beruvchi qo‘shimcha tovushli signalizatsiyaga ega kesishma svetoforlari va navbatma-navbat miltillovchi ikkita qizil signal (chiroq) o‘rnatiladi. 71. Kesishma signalizatsiyasi svetoforlari transport vositalari harakati yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomonda o‘rnatiladi. Ko‘rish sharoitlari va harakat intensivligini hisobga olib, qo‘shimcha svetofor kallaklari yoki kesishma svetoforini takrorlovchilari o‘rnatilishi mumkin. 72. Avtomobil yo‘llarida navbatchi xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanish taqiqlanganligi to‘g‘risida xabar beruvchi tovushli signalizatsiya va transport vositalari harakatiga to‘siq bo‘ladigan qo‘shimcha nur qaytaruvchi brus ko‘rinishidagi avtomatlashgan yoki yarim avtomatlashgan shlagbaumlar va navbatma-navbat miltillovchi qizil signalli (chiroqli) kesishma svetoforlari o‘rnatiladi. 73. Kesishma signalizatsiyasi o‘chishi yoki uning nosoz holatlarida eng yaqin temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga yoki poyezd dispetcheriga kesishma signalizatsiyasi nosozligi to‘g‘risidagi xabarnoma avtomatik ravishda uzatiladi. Infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi shu kunning o‘zida kesishma signalizatsiya qurilmalarining ishlashini tiklashi lozim. 74. Poyezd temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashguniga qadar transport vositalari temir yo‘l kesishmasini bo‘shatishi uchun avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi avtomobil yo‘li tomonga to‘xtash signali uzatilishini ta’minlashi kerak. Avtomobil yo‘li tomonga to‘xtash signali uzatilishi poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tib bo‘lganidan so‘ng to‘xtatilishi kerak. 75. Poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tib bo‘lganidan so‘ng avtomatlashgan shlagbaumlarning bruslari vertikal holatga ko‘tarilishi, shundan so‘ng svetoforlardagi qizil signallar (chiroqlar) o‘chirilishi kerak. 76. Shlagbaum brusini tushirish vaqtida temir yo‘l kesishmasida katta hajmli transport vositasi harakatlanganda shlagbaum brusi shikastlanishining oldini olish maqsadida boshqaruv shiti “Tutib turish” (“Ochish”/”Tutib turish”) tugmasi bilan jihozlanishi, bunda bruslarning navbatchi xodim tomonidan tutib turilish vaqti 10 soniyadan oshmasligi kerak. 77. Yarim avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmalarida “Tutib turish” (“Ochish”/”Tutib turish”) tugmasi to‘suvchi shlagbaum bruslarini ko‘tarish uchun ham qo‘llaniladi. 78. Poyezd yaqinlashish uchastkasi va temir yo‘l kesishmasidan o‘tib bo‘lganidan so‘ng navbatchi xodim shlagbaumni ochiq holatga o‘tkazishi va tovushli signallarni o‘chirish uchun “Tutib turish” (“Ochish”/”Tutib turish”) tugmasini bosib turishi lozim. 79. Kesishma signalizatsiyasini boshqarish shitlari navbatchi xodim xonasining tashqarisida, temir yo‘lning va temir yo‘l kesishmasiga tutashgan avtomobil yo‘lining ko‘rinishi yaxshi bo‘lgan joylarida o‘rnatiladi. 80. Kesishma signalizatsiyalaridan foydalanish infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq tayyorlanadigan yo‘riqnomaga (bundan buyon matnda mahalliy yo‘riqnoma deb yuritiladi) ko‘ra amalga oshiriladi. Mahalliy yo‘riqnoma besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqilishi lozim. 81. Avtomatlashgan kesishma signalizatsiyasi bilan jihozlangan I va II toifadagi temir yo‘l kesishmalarida infratuzilma egasi va shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan video qayd etish texnika vositalari o‘rnatiladi. 5-bob. Temir yo‘l kesishmalarida navbatchi xodimlar xizmatini tashkil etish 82. Navbatchi xodim lavozimiga poyezdlar harakati bo‘yicha kamida 3 oylik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi. 83. Navbatchilik vaqtida navbatchi xodimning yonida quyidagilar bo‘lishi lozim: a) temir yo‘l tashkilotlari xodimlariga tovushli signal berish uchun signal burg‘usi; b) harakat qatnashchilari e’tiborini jalb etish uchun qo‘shimcha signal berish hushtagi; Oldingi tahrirga qarang. v) ikkita signal bayrog‘i (qizil va sariq), shuningdek sutkaning qorong‘i yoki ko‘rish yomon bo‘lgan (tuman, bo‘ron va boshqa noqulay sharoitlar) yorug‘ vaqtida ko‘rinuvchi signallar uzatish uchun mo‘ljallangan signal chirog‘i. (83-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363- 1/0680-son) 84. Navbatchi xodimlar xizmatini tashkil etish uchun temir yo‘l kesishmasi binosida quyidagilar bo‘lishi kerak: a) temir yo‘l kesishmasi bo‘yicha navbatchilik jadvali; b) Yo‘l harakati qoidalari , mazkur Qoidalar va mahalliy yo‘riqnomaning matni; v) mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq temir yo‘l kesishmasi kartochkasi; g) yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvali; d) navbatchilikni qabul qilish va topshirish bo‘yicha yozma yoki elektron shakldagi kitob (bundan buyon matnda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobi deb yuritiladi); e) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda joylashgan temir yo‘l kesishmalarida poyezdlar harakatini to‘xtatish zaruriyati yuzaga kelgan taqdirda poyezd mashinistini ogohlantirishga mo‘ljallangan 6 dona petarda (uch va undan ortiq yo‘lli temir yo‘l uchastkalarida 12 dona); yo) vaqtni nazorat qilish uchun devor soat; j) yo‘l harakatini boshqarish tayoqchasi (jezl) va qizil rangli qo‘l bog‘ichi; z) temir yo‘l kesishmasida to‘xtab qolgan transport vositalarini shatakka olish uchun uzunligi 4 dan 6 metrgacha bo‘lgan po‘lat arqon (tros); i) temir yo‘l kesishmasini kesib o‘tuvchi temir yo‘l uchun bitta ko‘chma qizil shit, bitta signal yoritgich (fonar), shuningdek bitta zaxira ko‘chma shit va bitta zaxira signal yoritgich; y) signal bayroqlarining bitta zaxira to‘plami; k) temir yo‘l kesishmasidagi plombalangan jihozlar va qurilmalar ro‘yxati. 85. Qish mavsumida yer muzlagan vaqtda temir yo‘l kesishmasi chegarasidagi (temir yo‘ldan shlagbaum o‘qigacha, shlagbaum bo‘lmagan joyda esa Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq 1.3.1 “Bir izli temir yo‘l” va 1.3.2 “Ko‘p izli temir yo‘l” belgilari o‘rnatilgan joygacha bo‘lgan hudud) qatnov qismiga va piyodalar yo‘lkalariga sepish uchun qum zaxirasi mavjud bo‘lishi kerak. 86. Navbatchi xodim navbatchilik boshlanishidan oldin quyidagilarni ko‘zdan kechirishi lozim: a) temir yo‘l kesishmasining har ikki tomonidan 50 metr masofada joylashgan temir yo‘llar holatini; b) kesishma signalizatsiyasi, temir yo‘l kesishmasi jihozlari va temir yo‘l kesishmasi chegarasida joylashgan barcha qurilmalar sozligi va holatini; v) temir yo‘l kesishmasidagi plombalangan jihozlar va qurilmalarda plombaning mavjudligini; g) petarda hamda yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari mavjudligi va holatini. 87. Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga kesishma signalizatsiyasi, to‘sish signalizatsiyasi, shlagbaumlar, KTQ va telefon (radio) aloqasidagi nosozliklarning (mavjud bo‘lsa) bartaraf etilganligi to‘g‘risida, shuningdek temir yo‘l kesishmasida avtomatik ravishda ishlaydigan uskunalar mavjud bo‘lsa, “Avtomatika soz” yoki “Avtomatika nosoz” yozuvi qayd etiladi. 88. Poyezdlar va transport vositalari harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlik aniqlanganda ushbu nosozlikni shu vaqtning o‘zida bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa, navbatchi xodim nosozlik aniqlangan joyni to‘xtash signallari bilan to‘sgan holda transport vositalarining harakatini cheklashi va darhol bu to‘g‘risida temir yo‘l stansiyasi navbatchisi (poyezd dispetcheri) hamda infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasiga xabar berishi kerak. 89. Nosozlik bartaraf etilgan vaqtning o‘zida infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasining vakili (ta’mirlovchi) bu haqda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga tegishli yozuv kiritadi. Bunda, Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga tegishli yozuv kiritilgunga qadar nosoz qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi. 90. Navbatchilik vaqtida navbatchi xodim quyidagilarni amalga oshirishi lozim: a) belgilangan vaqtda shlagbaumni ochish, tegishli signallarni uzatish, o‘tib ketayotgan poyezdlarning holatini kuzatish, harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlik aniqlanganda poyezdni to‘xtatish choralarini ko‘rish, poyezdning oxirgi vagonida uning oxirgi vagon ekanligini anglatuvchi belgi bo‘lmaganda bu haqda stansiya navbatchisiga va poyezd dispetcheriga xabar berish; b) tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq bo‘lgan yo‘lovchi poyezdini o‘tkazishdan o‘n daqiqa avval shlagbaumlarni yopgan holda temir yo‘l kesishmasida transport vositalarining harakatini to‘xtatish; v) temir yo‘l kesishmasi orqali chorva mollari haydab o‘tilishini poyezd o‘tishidan kamida besh daqiqa avval, tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq bo‘lgan yo‘lovchi poyezdini o‘tkazishdan esa kamida 20 daqiqa avval to‘xtatish; g) temir yo‘l kesishmasida har qanday transport vositalari hamda mexanizmlar, shuningdek piyodalar va chorva mollari to‘xtab turishiga yo‘l qo‘ymaslik; d) poyezd g‘ildiraklarining yon gardishi erkin harakatlanishi uchun kontrrelslar tarnovini tozalash va temir yo‘l kesishmasi chegarasidagi maydonni doimiy toza tutish; e) shlagbaumlarning bruslari, signalizatsiya qurilmalari, qor tozalash mashinalari o‘tishi uchun ogohlantiruvchi va vaqtinchalik signal belgilari soz holatda bo‘lishini kuzatib turish; j) temir yo‘l kesishmasi va shlagbaumlarda chiroqlarni yoqish, tashqi yoritish va projektor moslamalarini o‘z vaqtida yoqish va o‘chirish; z) rels siljishining oldini oluvchi moslamalarni mahkamlash, temir yo‘l kesishmasining har ikki tomonidan 50 metr masofagacha bo‘lgan qismida temir yo‘llarni qor va o‘tlardan tozalash, temir yo‘l kesishmasidan begona buyumlarni olib tashlash; i) texnika xavfsizligi va sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish. 91. Navbatchi xodim temir yo‘l kesishmasi hududida nazorat olib borishi kerak. Kesishma postidan ketib qolish yoki temir yo‘l kesishmasiga xizmat ko‘rsatishni vaqtincha boshqa shaxslarga topshirish taqiqlanadi. Bunda, navbatchi xodim temir yo‘l kesishmasi transport vositalaridan holi ekanligiga va yaqinlashib kelayotgan poyezdlar yo‘qligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng xizmat xonasiga kirishi mumkin. 92. Navbatchi xodim poyezd yaqinlashganda shlagbaumning bruslarini yopishi, shundan keyin temir yo‘l kesishmasidagi va uning har ikkala tomonidagi temir yo‘lning bo‘shligini ko‘zdan kechirishi hamda poyezd temir yo‘l kesishmasiga kamida 400 metr masofada yaqinlashganida temir yo‘ldan chiqishi kerak. 93. Navbatchi xodim poyezdni kuzatayotganda quyidagilarni amalga oshirishi lozim: a) temir yo‘lga qaragan holda boshini poyezd harakati tomonga 45 daraja burchak ostida burish, temir yo‘l kesishmasi binosi yonida chetdagi relsdan kamida 2 metr, tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq bo‘lgan poyezdni kuzatishda kamida 4 metr, tezligi soatiga 160 kilometrdan ortiq bo‘lgan poyezdni kuzatishda kamida 5 metr masofada turish; Oldingi tahrirga qarang. b) temir yo‘l bo‘sh bo‘lganda kunning yorug‘ vaqtida — yoyilgan holatdagi sariq bayroq, sutkaning qorong‘i vaqtida — oq signalli (chiroqli) qo‘l yoritgichi bilan signal berish; (93-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363- 1/0680-son) Oldingi tahrirga qarang. v) temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd tezligini pasaytirish maqsadida kunning yorug‘ vaqtida — yoyilgan holatdagi sariq bayroq, sutkaning qorong‘i vaqtida — oq signalli (chiroqli) qo‘l yoritgichini (temir yo‘l stansiyalarida — sariq signalli (chiroqli) qo‘l yoritgichi), agar bunday yoritgich mavjud bo‘lmasa — oq signalli (chiroqli) qo‘l yoritgichini tepaga va pastga harakatlantirish. (93-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363-1/0680-son) Poyezd o‘tganidan so‘ng navbatchi xodim ushbu poyezd ortidan yoki qo‘shni temir yo‘llardan boshqa poyezd kelmayotganiga ishonch hosil qilishi, shundan keyingina shlagbaumlarni ochishi va temir yo‘l kesishmasi orqali transport vositalari yoki chorva mollarini o‘tkazishi lozim. Bunda, temir yo‘l kesishmasidan drezina o‘tgan taqdirda navbatchi xodim yig‘ilgan holatdagi sariq bayroqni yoyilgan holatdagi qizil bayroq bilan almashtirishi va drezina temir yo‘l kesishmasidan 200 dan 250 metrgacha uzoqlashmagunga qadar uni ushlab turishi kerak. 94. Poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tishida navbatchi xodim quyidagi hollarda poyezd mashinistiga to‘xtash signalini beradi: a) harakatlanayotgan poyezdda harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlikni sezganda (masalan, aylanmasdan sirg‘alib ketayotgan yoki kuchli zarba tovushini chiqarayotgan g‘ildirak, yong‘in, buksaning qizishi, poyezddan yo‘lovchi yoki yukning qulab ketishi xavfi); b) ikki yo‘lli temir yo‘lda noto‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan lokomotivda tegishli signallar bo‘lmaganda; v) poyezd bir temir yo‘lda boshqa bir poyezdga qarama-qarshi yo‘nalishda yurayotganini yoki bir poyezd boshqa bir poyezdni quvib yetish xavfi (bunda, to‘xtash signali quvib yetishi ehtimoli bo‘lgan poyezdga beriladi) mavjudligini sezganda; g) poyezd mashinistiga poyezd tarkibidan berilayotgan to‘xtash signallariga qaramasdan poyezd harakatlanishda davom etganda; d) temir yo‘lning yon-atrofida yong‘in sodir bo‘lganda yoki harakat xavfsizligi va inson hayotiga tahdid soluvchi boshqa barcha holatlarda. 95. Navbatchi xodim temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan poyezdda aniqlangan nosozliklar haqida telefon (radio) aloqasi vositalari orqali ushbu poyezd mashinistiga, shuningdek temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) xabar berishi kerak. 96. Yarim avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmalarida poyezd temir yo‘l kesishmasidan o‘tib ketgandan keyin navbatchi xodim tomonidan boshqaruv shitidagi “Ochish” tugmasi bosilganda shlagbaumlar ochiladi. Bunda, yarim avtomatlashgan shlagbaumlar “Ochish” tugmasi bosilganda ochiq holatga, avtomatlashgan shlagbaumlar esa avtomatik ravishda ochiq holatga o‘tmasa, navbatchi xodim transport vositalarini temir yo‘l kesishmasi orqali o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim: a) temir yo‘l stansiyasi navbatchisi (temir yo‘l kesishmasi peregonda joylashganda esa qo‘shni temir yo‘l stansiyasi navbatchisi) orqali temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘qligini aniqlashi; b) kesishma signalizatsiyasining boshqaruv shitidagi nazorat chiroqlari orqali to‘sish svetoforlari yoqilganligiga ishonch hosil qilgan holda “To‘sish signalizatsiyasini yoqish” tugmasini plombadan yechishi va uni bosishi; v) avtomatlashgan qurilmalarning nosozligi hamda plombalangan “To‘sish signalizatsiyasini yoqish” va “Avariyali ochish” tugmasidan foydalanilganligi haqida shu vaqtning o‘zida Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga qayd kiritishi va bu haqda darhol temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) hamda infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasiga xabar berishi; g) transport vositalari shlagbaumdan o‘tib ketgunga qadar “Avariyali ochish” tugmasini bosilgan holatda ushlab turishi. 97. Navbatchi xodim “Avariyali ochish” tugmasini bosilgan holatda ushlab turish vaqtida svetoforli va tovushli signalizatsiyani o‘chirishi, shuningdek shlagbaumlarni ochishi va ularning boshqaruvini o‘z zimmasiga olishi lozim. Navbatchi xodim transport vositalari shlagbaumdan o‘tib bo‘lganidan keyin “Avariyali ochish” tugmasini qo‘yib yuborishi, kesishma signalizatsiyasi yoqilishi va shlagbaumlar yopiq holatga o‘tkazilishi, shundan so‘ng esa “To‘sish signalizatsiyasini yoqish” tugmasi o‘chirilishi lozim. Bunda, navbatchi xodim temir yo‘l stansiyasi navbatchisi (poyezd dispetcheri) hamda infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasini tugmalarni plombalash kerakligi to‘g‘risida xabardor qilishi lozim. 98. Kesishma signalizatsiyasi shitida tugma bosishlar sonining hisoblagichi qo‘llanilganda “Avariyali ochish” va “To‘sish signalizatsiyasini yoqish” tugmalari plombalanmaydi. Bunda, ushbu tugmalar bosilganda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga hisoblagich ko‘rsatkichi to‘g‘risida yozuv qayd etiladi. 99. Maxsus o‘ziyurar temir yo‘l harakatdagi tarkibi yaqinlashganda navbatchi xodim uni kuzatishi hamda u o‘tib ketgunga qadar “Yopish” tugmasini bosgan holda tutib turishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. 100. Temir yo‘l kesishmasida to‘sish signalizatsiyasi mavjud bo‘lmaganda yoki mavjud, biroq nosoz holatda bo‘lganda yoxud boshqaruv shitidagi nazorat lampalari yonmaganda navbatchi xodim darhol to‘siq vujudga kelgan har bir temir yo‘lga ko‘chma to‘xtash signalini (kunning yorug‘ vaqtida — qizil shit, sutkaning qorong‘i vaqtida — ikki tomoni qizil chiroqli yoritgich) o‘rnatishi, shlagbaumlarni yopishi, bu haqda stansiya navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) xabar berishi va shu vaqtning o‘zida temir yo‘l stansiyasidan peregonga poyezd jo‘natilgan yoki jo‘natilmaganligini aniqlashi lozim. (100-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 4-iyuldagi 11-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3363-1, 27.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3363- 1/0680-son) Navbatchi xodim temir yo‘l stansiyasi navbatchisidan (poyezd dispetcheridan) temir yo‘l stansiyasidan peregonga poyezd jo‘natilganligi to‘g‘risida xabarnoma olgan taqdirda to‘xtash signalini bergan holda yaqinlashayotgan poyezd tomon boradi hamda tegishli masofada petardalarni o‘rnatgach, to‘siq joylashgan joyga qaytadi va uni bartaraf etish choralarini ko‘radi. 101. Temir yo‘l kesishmasida aloqa tarmoq simlari yoki temir yo‘lni kesib o‘tuvchi elektr uzatish simlari uzilganda navbatchi xodim quyidagilarni amalga oshirishi zarur: a) to‘sish signalizatsiyasini yoqishi va shlagbaumlarni yopishi; b) simlarning uzilish joyini undan 50 metrdan kam bo‘lmagan masofada ko‘chma to‘xtash signallari bilan to‘sishi; v) sodir bo‘lgan holat haqida temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) hamda infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasiga xabar berishi; g) uzilgan simlarga kamida sakkiz metr masofada yaqinlashilmasligi va relslarga tegilmasligini nazorat qilgan holda to‘siq oldida qolishi. 102. Temir yo‘l kesishmasida yoki unga yaqin hududda yo‘l-transport hodisasi yuz bergan taqdirda navbatchi xodim quyidagilarni amalga oshirishi lozim: a) temir yo‘l stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga), tegishli DYHXXga, infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasiga xabar berish; b) jabrlanganlarga (mavjud bo‘lsa) birinchi yordam ko‘rsatish, zaruriyat bo‘lganda tez tibbiy yordam xizmatini chaqirish. 6-bob. Temir yo‘l kesishmalarini saqlash va ta’mirlash 103. Infratuzilma egalari yoki shoxobcha yo‘llari egalari temir yo‘l kesishmalari va ularning chegarasida joylashgan avtomobil yo‘li uchastkalari saqlanishi va ta’mirlanishini, shlagbaumlar, kesishma hamda to‘sish signalizatsiyalari, telefon (radio) aloqa vositalari soz holatda ishlashi va saqlanishini hamda uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlaydi. 104. Temir yo‘l kapital ta’mirlanganda undagi temir yo‘l kesishmalari ham kapital ta’mirlanishi lozim. 105. Temir yo‘l yoki temir yo‘l kesishmasidagi yo‘l harakatini tashkil etuvchi texnik vositalarni ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish davomida temir yo‘l kesishmasida transport vositalarining harakat yo‘nalishi o‘zgaradigan bo‘lsa, infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishidan kamida besh kun oldin quyidagilarni amalga oshirishi kerak: tegishli hududdagi DYHXX bilan hamkorlikda transport vositalarining temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanish tartibi hamda aylanib o‘tish yo‘nalishini aniqlash; avtomobil yo‘llari egasi bilan kelishuv asosida yo‘l harakati tashkil etilishi va yo‘nalishni ko‘rsatuvchi texnik vositalarning o‘rnatilishini ta’minlash. 106. Temir yo‘l kesishmasida ta’mirlash yoki rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda harakat xavfsizligi navbatchi xodim tomonidan ta’minlanishi kerak. 107. Temir yo‘l kesishmalarida yo‘l harakatini tashkil etuvchi texnik vositalar va yo‘l qurilmalari holatini davriy ko‘rikdan o‘tkazish infratuzilma egasi yoki shoxobcha yo‘llari egasi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. 7-bob. Yakuniy qoidalar 108. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 109. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 110. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan kelishilgan. Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalariga 1-ILOVA Temir yo‘l kesishmalarining toifalari va transport vositalarining harakatlanish intensivligini aniqlash MEZONLARI 1. Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l kesishmalarining toifalari: Harakatlanuvchi poyezdlar soni * (ikki yo‘nalishda), sutka davomida Harakatlanuvchi transport vositalarining soni(ikki yo‘nalishda), sutka davomida 200 tagacha 201 — 1000 1001 — 3000 3001 — 7000 7000 dan ortiq 16 tagacha, shuningdek barcha stansiya va shoxobcha yo‘llaridagi IV IV IV III II 17 — 100 IV IV III II I 101 — 200 IV III II I I 200 dan ortiq III II II I I 2. Umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l kesishmalarining toifalari: Harakatlanuvchi poyezdlar soni (ikki yo‘nalishda), sutka davomida Harakatlanuvchi transport vositalarining soni (ikki yo‘nalishda), sutka davomida 100 gacha 101 — 500 501 — 1000 1001 dan ortiq 8 ta gacha IV IV IV III 9 — 24 IV IV III II 25 — 38 IV III II I 38 dan ortiq III II I I 3. Sutka davomida harakatlanuvchi transport vositalari sonini hisoblashda turli xildagi transport vositalarining koeffitsiyentlari: Transport vositasi turi ** Hisoblash koeffitsiyenti Yengil avtomobil 1,0 Kajavali mototsikl 0,75 Mototsikl va moped 0,5 Yuk tashuvchi avtomobil, yuk ko‘tarish qobiliyati quyidagicha bo‘lgan, tonnada: 2 1,5 6 2,0 8 2,5 14 3,0 14 dan ortiq 3,5 Avtopoyezd, yuk ko‘tarish qobiliyati quyidagicha bo‘lgan, tonnada: 12 3,5 20 4,0 30 5,0 30 dan ortiq 6,0 Traktor: 1 ta tirkama bilan 3,0 2 ta tirkama bilan 3,5 3 ta tirkama bilan 5,5 4 ta tirkama bilan 9,0 Izohlar: * sutka davomida harakatlanuvchi transport vositalarining sonidan qat’i nazar, poyezdlar soatiga 140 kilometr va undan ortiq tezlikda harakatlanadigan temir yo‘llarda joylashgan temir yo‘l kesishmalari ham I toifali temir yo‘l kesishmalari hisoblanadi; ** avtobuslar va maxsus avtomobillar uchun hisoblash koeffitsiyentlari tegishli yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan transport vositalariga tenglashtiriladi hamda yuk tashuvchi avtomobillar va avtopoyezdlar uchun hisoblash koeffitsiyentlari notekis va tog‘li hududlarda 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisoblanadi. Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalariga 2-ILOVA Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi haydovchisiga ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa me’yorlari Poyezdlar harakati tezligi, soatiga km.da Chetdagi relsdan 50 metr va undan kam masofada joylashgan transport vositasi uchun temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotgan poyezd ko‘rinishining eng qisqa masofasi, metrda 141 — 200 600 121 — 140 500 81 — 120 400 41 — 80 250 26 — 40 150 25 va undan past 100 Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalariga 3-ILOVA Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini to‘xtatish uchun temir yo‘l kesishmasi ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa me’yorlari Transport vositasining tezligi, soatiga km.da Avtomobil yo‘lining qiyaligi, ‰ Transport vositasini to‘xtatish uchun temir yo‘l kesishmasi ko‘rinishi zarur bo‘lgan eng qisqa masofa, metrda 150 30 300 120 40 250 100 50 200 80 60 150 60 70 85 50 80 75 40 90 55 30 100 45 Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalariga 4-ILOVA Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish bo‘yicha tayMA’LUMOTLAR 1. Shlagbaumlarning holati. yorlanadiga2. Gorizontal buriladigan (zaxira) shlagbaumlardan foydalanish qoidalari. n mahalliy yo‘riqnomada nazarda tutilishi lozim bo‘lgan 3. Aloqa vositalarining mavjudligi va ulardan foydalanish qoidalari. 4. Kesishma signalizatsiyasining mavjudligi va undan foydalanish qoidalari. 5. To‘sish signalizatsiyasining mavjudligi va undan foydalanish qoidalari. 6. Temir yo‘l kesishmasida poyezdlar va transport vositalari harakati uchun to‘siq bo‘ladigan holatlar yuzaga kelganda navbatchi xodimning vazifalari. 7. Harakatlanayotgan poyezd mashinistlarini poyezdlar tarkibida yoki temir yo‘l kesishmasida yuzaga kelgan nosozliklar haqida xabardor qilish qoidalari. 8. Temir yo‘l kesishmasida poyezdlar va transport vositalari harakati uchun to‘siq bo‘ladigan holatlar yuzaga kelgan joyni to‘sish qoidalari. 9. Temir yo‘l kesishmasida yo‘l transport hodisasi va poyezdlar harakati xavfsizligi buzilishlari sodir bo‘lganda tegishli shaxslarni xabardor etish sxemasi. 10. Temir yo‘l kesishmasini to‘sish qurilmasidan (KTQ) foydalanish qoidalari. 11. Harakatlanayotgan poyezdlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan yoritgich (projektor) qurilmalarini o‘rnatish va qo‘llash qoidalari. 12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari. SIGNALLAR 1. Signallar harakat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, poezdlar harakati va manyovr ishlarini sifatli tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Qabul qilinishi uslubiga ko’ra signallar ko’rinadigan va tovushli signallarga bo’linadi. KO’RINADIGAN SIGNALLAR 2. Ko’rinadigan signallar rangi, tuzilishi, joylashishi va signallar ko’rinish soni bilan namoyon bo’ladi. Svetoforlar, disklar, shitlar, fonarlar, bayroqlar, signal ko’rsatkich va signal belgilari - ko’rinuvchi signallarni uzatuvchi signal asboblari bo’lib xizmat qiladi. Ko’rinadigan signallar foydalaniladigan vaqtiga qarab quyidagilarga bo’linadi: kunduzgi, sutkaning yorug’ vaqtida uzatiladigan signallar; disklar, shitlar, bayroqchalar, (strelka, yo’l to’sish, olib tashlash qurilmalari va gidravlik kolonkalarning) signal ko’rsatkichlari bunday signallarni uzatish uchun xizmat qiladi; tunggi, sutkaning qorong’i vaqtida uzatiladigan signallar; yo’l va poezd fonarlarida, dastalardagi fonarlarda va signal ko’rsatkichlaridagi belgilangan rangdagi chiroqlar bunday signallar bo’lib xizmat qiladi. Tunggi signallar tuman, qor bo’roni va boshqa noqulay sharoitlarda kunduzgi to’xtash signallarining ko’rinishi - 1000 m dan, tezlikni kamaytirish signali - 400 m dan, manyovr signallariniki - 200 m dan kam bo’lgan holatlarda kunduzi ham qo’llaniladi; kunu-tunggi, kuning yorug’ va tunggi davrida bir xilda uzatiladigan signallar; svetoforlarning belgilangan ranglardagi chiroqlari, marshrut va boshqa yorug’lik ko’rsatkichlari, tezlik kamaytirishning doimiy disklari, sariq rangli kvadrat shitlar (orqa tomoni yashil rangda), yuk poezdi oxirini belgilovchi nur qaytargichli qizil disklar, signal ko’rsatkichlari va belgilari shunday signallar bo’lib xizmat qiladi. Tonellarda faqat tunggi yoki kunu-tunggi signallar qo’llaniladi. TOVUSHLI SIGNALLAR 3. Tovush signallari turli davomiylikdagi tovushlarning soni va mosliklarida namoyon bo’ladi. Ularning ma'nosi kunu-tun bir xilda bo’ladi. Tovush signallarni uzatish uchun lokomotiv, motorvagonli poezd, o’zi yurar maxsus harakat tarkibining hushtaklari, yo’l hushtaklari, puflanadigan surnaylar, sirenalar, gudok va petardalar xizmat qiladi. Petardaning portlashi zudlik bilan to’xtashni talab qiladi. 2-BOB SVETOFORLAR 4. Svetoforlar quyidagilarga bo’linadi va tasniflanadi: kirish - poezdga peregondan stansiyaga kirishga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi; chiqish- poezdga stansiyadan oraliq yo’lga (peregonga) jo’nash uchun ruxsat beradi yoki taqiqlaydi; marshrut - poezdga stansiyaning bir rayonidan boshqa rayoniga harakatlanishiga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi; o’tish - poezdga bir blok-uchastkadan (postlar oralig’idagi peregondan) boshqasiga o’tishga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi; berkitish - temir yo’llarni boshqa temir yo’llar, avtomobil yo’llari, trolleybus liniyalari, tramvay yo’llari bilan bir sathda kesishgan joylarini, ko’tariladigan ko’priklar va kuzatuvchi bilan o’tadigan uchastkalarni berkitish uchun qo’llaniladi; to’suvchi- temir yo’l pereezdlari, katta sun'iy inshootlar va ko’chki paydo bo’ladigan joylarda harakat xavfsizligi uchun xavf tug’ilganda to’xtashni talab etuvchi, shuningdek, stansiya yo’llarida vagonlarni ko’rikdan o’tkazish va ta'mirlash vaqtida tarkiblarni to’sish uchun qo’llaniladi; ogoxlantirish - asosiy svetofor (kirish, o’tish, to’suvchi va berkitish) ko’rsatmalari xaqida ogohlantiradi; takrorlovchi - joylarda kirish, marshrut, tepalik svetoforlarining ruxsat beruvchi signallari xaqida bildirish uchun qo’llaniladi, qachonki mahalliy sharoitlarga ko’ra asosiy svetofor ko’rinishi ta'minlanmasa; lokomotiv - poezdni peregonda bir blok-uchastkadan boshqasiga o’tishini ruxsat etuvchi yoki taqiqlovchi, shuningdek, poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetofori ko’rsatmasi xaqida ogohlantirish uchun qo’llaniladi; manyovr - manyovr ishlarini bajarishga ruxsat beruvchi yoki taqiqlovchi; tepalik - vagonlarni tepalikdan saralashga ruxsat beruvchi yoki taqiqlovchi. Bir svetofor bir nechta svetoforlar (kirish va chiqish, chiqish va manyovr, chiqish va marshrut va boshqalar) funksiyasini bajarishi mumkin. Semoforlar saqlanib qolgan uchastkalarda ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma bilan belgilanadi. 5. Svetoforlarning linzaliligi (rasm 2.5, a) va projektorligi (rasm 2.6, v) ishlatiladi; ular machtali (rasm 2.6, a, b va g), karlik holdagilarga bo’linadi (rasm 2.6, v) va ko’prikchalarga, konsollarga o’rnatiladi. Svetoforlarda quyidagi signal chiroqlari qo’llaniladi: normal yonadigan, normal yonmaydigan, o’chib-yonmaydigan va o’chib- yonadigan (vaqti - vaqti bilan yonadigan va o’chadigan). Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalardagi o’tish svetoforlarining normal yonmaydigan signal chiroqlari, harakat tarkibining blok-uchastkaga kirib kelganida uning oldida yonadi va harakat tarkibi blok-uchastkadan chiqqanida o’chadi. Avtoblokirovkaning o’tish svetoforlari raqam bilan, boshqa qolganlari harf bilan yoki xarf va raqam bilan belgilanadi. 6. Svetoforlardan (qaysi joyga o’rnatilganidan va ularning turidan qat'iy nazar) uzatiladigan asosiy signallarining ma'nosi quyidagicha: bitta yashil chiroq - "Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi"; bitta sariq o’chib- yonuvchi chiroq - "To’xtashga tayyor bo’lgan holda belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi, keyingi svetofor ochiq va pasaytirilgan tezlikda o’tishga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi, keyingi svetofor ochiq"; bitta sariq chiroq - "To’xtashga tayyor bo’lgan holda harakat qilishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor yopiq"; ikkita sariq chiroq, ulardan yuqoridagisi o’chib-yonuvchi - "Svetofordan cheklangan tezlikda o’tishga ruxsat beriladi; poezd strelkadan og’ishgan holda o’tadi, keyingi svetofor ochiq"; ikkita sariq chiroq - "Svetofordan pasaytirilgan tezlikda o’tishga va keyingi svetofor oldida to’xtashga tayyor bo’lgan holda harakatlanishga ruxsat etiladi; poezd strelkali o’tkazgich orqali og’ishgan holda o’tadi"; bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi". Sanab o’tilgan signallarning turli hil svetoforlarda qo’llanilishi mazkur Yo’riqnomaning tegishli punktlarida ko’zda tutilgan. Ushbu signallarning mazkur Yo’riqnomada ko’zda tutilmagan hollarda ularning signal ma'nolarini saqlagan holda qo’llanilish tartibi "O’zbekiston temir yo’llari" Davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi (keyinchalik matnda DATK) tomonidan "O’zdavtemiryo’lnazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. KIRISH SVETOFORLARI 7. Kirish svetoforlari quyidagi signallarni uzatadi: bitta yashil chiroq - "Poezdga stansiyaning asosiy yo’lidan belgilangan tezlikda ketib borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq" (rasm 2.1, a); bitta sariq o’chib-yonadigan chiroq - "Poezdga stansiyaning asosiy yo’lidan belgilangan tezlikda ketib borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni pasaytirilgan tezlikda o’tish talab qilinadi" (rasm 2.1, b); bitta sariq chiroq - "Poezdga stansiyaga asosiy yo’lidan to’xtashga tayyor holda kirib borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) yopiq" (rasm 2.2, a); ikkita sariq chiroq ulardan yuqoridagisi o’chib-yonadigan - "Poezdga stansiyaga yon yo’ldan cheklangan tezlikda kirib borish mumkin; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq" (rasm 2.2, b); ikkita sariq chiroq - "Poezdga stansiyaning yon yo’liga pasaytirilgan tezlikda to’xtashga tayyor bo’lgan holda ketib borishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.2, v); bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.2, g); Kirish svetoforlaridan poezdni stansiyaga ikki yo’lli (ko’p yo’lli) peregonning yo’lidan qabul qilish uchun quyidagi signallar uzatiladi: ikkita sariq chiroq - "Poezdga pasaytirilgan tezlik bilan keyingi chiqish (marshrut) svetofori yoki chegaraviy ustuncha to’g’risida to’xtashga tayyor holda stansiyaga kirishga ruxsat etiladi"; bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi". 8. Poezdlarni krestovinasining og’ishi katta strelkali o’tkazgich bo’ylab yon yo’lga qabul qilish uchun kirish va marshrut svetoforlarida quyidagi signallar qo’llaniladi: bitta yashil o’chib yonuvchi va bitta sariq chiroqlar va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaning yon yo’liga ketib borishi mumkin; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni 80 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tish talab etiladi" (rasm 2.3, a); ikkita sariq chiroq, ulardan yuqoridagisi o’chib yonuvchi va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaga yon yo’ldan ketib borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi" (rasm 2.3, b); ikkita sariq chiroq va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga 60 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaga yon yo’ldan to’xtashga tayyor holda ketib borishga ruxsat etiladi: keyingi svetofor yopiq" ( rasm 2.3, v). Zarur bo’lgan hollarda kirish va marshrut svetoforlarida bitta yashil o’chib-yonuvchi chiroq signali qo’llanilishi mumkin - "Poezdga belgilangan tezlikda stansiyaning asosiy (bosh) yo’lidan ketib borishga ruxsat etiladi, keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni 60 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tish talab etiladi" (rasm 2.4, a). Ayrim stansiyalarda O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnik foydalanish Qoidalarida belgilangan tartibda chiqish va marshrut svetoforlarida uchta sariq chiroqli signal qo’llanishi mumkin - "Motor vagon poezdi, yakka lokomotiv, motovoz va drezinalarga 20 km/soat dan oshmagan tezlikda yo’lning bo’sh uchastkasiga o’ta ehtiyotkorlik bilan marshrut svetoforining qizil chirog’igacha o’tishga ruxsat etiladi" (rasm 2.4, b). TAKLIF QILUVCHI SIGNAL 9. Taklif qiluvchi signal - bitta oq-oy rangli o’chib-yonuvchi chiroq poezdga 20 km/soat dan oshmagan tezlikda qizil chiroqli (yoki o’chgan) svetofordan o’tishga va harakatni keyingi svetoforgacha (yoki chegaraviy ustunchagacha, chiqish svetofori bo’lgan yo’lga qabul qilinganda) juda xushyorlik bilan, agarda yo’lda to’siq uchrab qoladigan bo’lsa darhol to’xtatishga tayyor bo’lgan holda davom ettirishga ruxsat beriladi (rasm 2.5). Bu signal kirish, shuningdek marshrut va chiqish (guruh svetoforlaridan tashqari) svetoforlarida qo’llaniladi. Chiqish svetoforining taklif qilish signali bo’yicha jo’natishga faqat avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli peregonning to’g’ri yo’lidan ruxsat etiladi. CHIQISH SVETOFORLARI 10. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalardagi chiqish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta yashil chiroq - "Poezdga stansiyadan jo’nashga va belgilangan tezlikda ketib borishga ruxsat etiladi, oldinda ikki va undan ortiq blok-uchastka bo’sh (rasm 2.6, a); bitta sariq chiroq - "Poezdga stansiyadan jo’nashga va to’xtashga tayyor bo’lgan holda ketib borishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.6, b); ikkita sariq chiroq, ularni yuqorisidagi o’chib yonadigan chiroq - "Poezdga pasaytirilgan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelka o’tkazgich orqali og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor ochiq" (rasm 2.6, d); ikkita sariq chiroq - "Poezdga pasaytirilgan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelka o’tkazgich orqali og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.6, e); bitta qizil chiroq - "To’xta! Signalni o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.6, v, g). 11. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, krestovinasining og’ishi katta strelkali o’tkazgichlardan og’ishgan holda o’tib poezdlar jo’natilganda chiqish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta yashil o’chib yonuvchi va bitta sariq chiroqlar va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga soatiga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor ochiq" (rasm 2.7, a); ikkita sariq chiroq va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga soatiga 60 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.7, b). 12. Yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda chiqish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta yashil chiroq - "Poezdga stansiyadan jo’nashga va belgilangan tezlikda ketishga ruxsat beriladi; peregon keyingi stansiyagacha (yo’l postgacha) bo’sh" (rasm 2.8, a); bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.8, b); ikkita sariq chiroq - "Poezdga cheklangan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi; peregon keyingi stansiyagacha (yo’l postgacha) bo’sh" (rasm 2.9, a). ikkita sariq chiroq, ularni yuqoridagisi o’chib yonuvchi - "Poezdga stansiyadan pasaytirilgan tezlikda jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi; peregon keyingi stansiyagacha (yo’l postgacha) bo’sh, keyingi stansiyaning kirish svetofori ochiq" (rasm 2.9, b). 13. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniluvchi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda, chiqish svetoforlari bilan quyidagi signallar uzatiladi: bitta yashil va bitta oq-oy rangli chiroqlar - "Poezdga stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi, oldinda ikkita yoki undan ortiq blok- uchastka bo’sh" (rasm 2.10); bitta sariq va bitta oq-oy rangli chiroqlar - "Poezdga stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi, oldinda bitta blok-uchastka bo’sh" (rasm 2.11); bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi". 14. Yo’l blokirovkasi bilan jihozlangan ayri yo’l mavjud bo’lganda, shuningdek, yo’l blokirovkasi bilan jihozlangan ko’p yo’lli uchastkalarda va ikki tomonlama blokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli uchastkalarda poezd jo’natilayotgan yo’lni ko’rsatish uchun, zarur hollarda "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda qo’shimcha marshrut ko’rsatkichlari qo’llanilishi mumkin. Marshrut ko’rsatkichi bo’lmaganda poezdni ayri yo’lga jo’natish, yoki ko’p yo’lli uchastka yo’llarining biri bo’yicha yoki ikki tomonlama blokirovkada noto’g’ri yo’l bo’yicha jo’natishga chiqish svetoforidagi ikki yashil chiroq bilan signal berilishi mumkin, bu avtoblokirovkada ikkitadan kam bo’lmagan blok-uchastkaning bo’shligini, yarim avtomatik blokirovkada peregonni keyingi stansiyagacha bo’shligini bildiradi (rasm 2.12.). Ikki tomonlama blokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda noto’g’ri yo’l bo’yicha jo’natilishda marshrut ko’rsatkichlari yoki ikki yashil chiroq signalining qo’llanilishi majburiydir. Ikki yo’lli uchastkalarda to’g’ri yo’ldan harakatlanish avtoblokirovkaning signallari bilan amalga oshirilganda, noto’g’ri yo’ldan harakatlanish esa lokomotiv svetoforlari bilan amalga oshirilganda, shuningdek, ikki yo’lli uchastkalarda avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llanilganda, stansiyadan noto’g’ri yo’ldan jo’natishda chiqish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta o’chib yonadigan sariq va bitta oq-oy rangli chiroqlar - "Poezdga soatiga 40 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda stansiyadan jo’nashga va keyinchalik lokomotiv svetoforining ko’rsatmalariga muvofiq noto’g’ri yo’ldan ketib borishga ruxsat beriladi" (rasm 2.13). 15. Chiqish svetoforlariga ega bo’lgan stansiyalarda, yo’l blokirovkasi bilan jihozlanmagan ayri yo’l mavjud bo’lsa, ayri yo’lga jo’nash marshrutining tayyorligi chiqish svetoforida bitta oq-oy rangli chiroq bilan ko’rsatiladi; poezdlar ayri yo’lga mashinistga jezl yoki oq-oy rangli chiroqda va chiqish svetoforining qizil chirog’i o’chganda yo’l xati (qog’ozi) berilib jo’natiladi (rasm 2.14). MARSHRUT SVETOFORLARI 16. Marshrut svetoforlaridan, ularning o’rnatilgan joyiga bog’liq ravishda, quyidagi signallar beriladi: bitta yashil chiroq - "Belgilangan tezlikda harakatga ruxsat beriladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq; bitta sariq chiroq - "To’xtashga tayyor bo’lgan holda harakatga ruxsat beriladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) yopiq"; bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi"; bitta o’chib yonadigan sariq chiroq - "Belgilangan tezlikda svetofordan o’tishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi"; ikkita sariq chiroq, ulardan yuqorisidagi o’chib yonuvchi - "Pasaytirilgan tezlikda svetofordan o’tishga ruxsat beriladi; poezd yon tomondagi yo’lga bormoqda; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq"; ikkita sariq chiroq - "Svetofordan pasaytirilgan tezlikda va stansiyada to’xtashga tayyor holda o’tishga ruxsat beriladi; poezd yon yo’lga bormoqda; keyingi svetofor yopiq". O’TISH SVETOFORLARI 17. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda o’tish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta yashil chiroq - "Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi, oldinda ikki yoki undan ortiq blok-uchastka bo’sh" (rasm 2.15); bitta sariq chiroq - "To’xtashga tayyor bo’lgan holda harakatlanishga ruxsat beriladi, keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.16); bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.17). 18. To’rt belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, asosiy yo’l bo’ylab o’tish, kirish, marshrut vetoforlaridan va chiqish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta yashil chiroq - oldinda uchta yoki undan ortiq blok- uchastkalar bo’sh; bitta sariq va bitta yashil chiroqlar - oldinda ikkita blok- uchastka bo’sh (rasm 2.18); bitta sariq chiroq - oldinda bitta blok-uchastka bo’sh; bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi". 19. Uch belgili yoki to’rt belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, kirish svetoforlarining oldida joylashgan o’tish svetoforlarida (kirish oldi) bundan tashqari quyidagi signallar qo’llanishi mumkin: bitta o’chib-yonuvchi sariq chiroq - "Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi; kirish svetofori ochiq va uni pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi; poezd stansiyaning yon yo’liga qabul qilinadi" (rasm 2.19, a); bitta o’chib-yonuvchi yashil chiroq - "Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi, kirish svetofori ochiq va uni soatiga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tish talab etiladi, poezd stansiyaning yon yo’liga qabul qilinadi" (rasm 2.19, b). Kirish oldi svetoforining machtasiga nur qaytargichli ogohlantiruvchi jadvalchalar o’rnatiladi (rasm 2.19). Harakat lokomotiv svetofori signallari bo’yicha amalga oshiriladigan noto’g’ri yo’ldagi kirish oldi svetofori, uch belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalardagi kirish oldi svetofori kabi signallar uzatadi. 20. Yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan uchastkadagi o’tish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: bitta yashil chiroq - "Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi, peregon keyingi stansiyagacha (yo’l postigacha) bo’sh" (rasm 2.20); bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.21). 21. Uch belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, asosiy yo’lda, talab etiluvchi tormoz yo’lidan qisqa blok-uchastkani chegaralovchi svetoforda (kirish, marshrut, chiqish yoki o’tish), ikkita vertikal holdagi nayza shaklidagi oq rangli yorug’lik ko’rsatkichi o’rnatiladi (rasm 2.16), unga ogohlantiruvchi bo’lgan svetoforda esa - shunday ko’rsatkich bitta nayza shaklida bo’ladi (rasm 2.15). Foydalanilgan adabiyotlar 1.O`bekiston Respublikasi Temir yo`llarida signallashtirish bo`yicha yo`riqnoma. 2.O`bekiston Respublikasi Temir yo`llaridan foydalanish qoidalari. 3.Temir yo`l qurilish, yo`l va yo`l xo`jaligi atamalari va tushunchalarining ruscha-o`zbekcha lug`ati. 4.Temir yo`l atamalarining ruscha - o`zbekcha qisqa lug`ati. Document Outline
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling