I daraja: qo‘rqish, titrash bilan.
II daraja: qon bosimining 80/40 mm.sim.ust.gacha pasayishi, behushlik.
III daraja: koma, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, laringospazm, aritmiya.
IV daraja: klinik o‘lim, yurak fibrillatsiyasi, qon aylanish to‘xtaydi.
Tashqi muhit harorati va boshqa omillar ta’sirida klinik o‘lim 5-8 daqiqaga cho‘zilishi mumkin.
Tez yordam choralari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Tok urishining I darajasida:
Shifokor kelguncha:
1) tok ta’siridan xalos qilish, xavfsiz joyga olib o‘tish;
2) issiq choy, valeriana tindirmasi, 10—20 tomchi ichishga (bolalarga yoshiga 1 tomchidan);
3) analgin 0,5—1 tab. ichishga (bolalarga 0,25 g/yoshiga).
Shifokor bo‘lmasa:
Bolalar kasalxonaga yotqiziladi. Kattalarning pulsi, nafasi, qon bosimi 2 soat davomida nazorat qilib turiladi.
Tok urishining II darajasida:
Shifokor kelguncha:
Tok ta’siridan xalos qilish, xavfsiz joyga olib o‘tish.
Shifokor bo‘lmasa:
1. Qon bosimi 80/40 mm.sim.ust. bo‘lsa, omnopon yoki promedol 1 ml, m/o (bolalarga 0,1 ml/yoshiga). Qon bosimi normada bo‘lsa, analgin 50 % - 2 ml, m/o (bolalarga 0,1 ml yoshiga).
2. Jelatinol, reopoliglukin, poliglukin 300 ml, v/i (bolalarga 10 ml/kg.v).
3. Novshadil spirti hidlatish.
4. Kofein 10 %, kordiamin 25 % - 2 ml, t/o (bolalarga 0,1-0,7 ml).
5. Gospitalizatsiya qilinayotganda pulsi, nafasi, qon bosimi nazorat qilib turilishi shart.
Tok urishining III darajasida:
Shifokor kelguncha:
1) ditilin 1 % - 2 ml, v/i yoki 0,25 % - 20-40 tomchi 1 daqiqada (bolalarga 0,5 - 1 ml/kg.v);
2) koma, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, laringospazm, aritmiya chora-tadbirlari;
3) gospitalizatsiya qilinayotganda pulsi, nafasi, qon bosimi nazorat qilib boriladi.
Tok urishining IV darajasida:
Do'stlaringiz bilan baham: |