Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун Модул номи: Криминология Иш тури


Download 233.5 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi233.5 Kb.
#1618835
1   2
Bog'liq
CRIME YAKUNI (4)

B bo`lim
2-savol
Oilada nizolarning kelib chiqishi, turli janjallar va kelishmovchiliklar shuningdek, oiladagi jinoyatlar ham ichkilik ta'sirida yoki ichkilikka mukkasidan ketish natijasida sodir etilishi mumkin. Oiladagi jinoyatchiliklarga qarshi kurashishdan avval oilada sodir etiladigan jinoyatchilik sabablarini yaqindan o'rgansak:
-oilada nosog'lom muhitning mavjudligi
-oilada ma'naviy-axloqiy tarbiyaning zaifligi
-oiladagi moddiy yetishmovchilk va qiyinchiliklar
-spirtli ichimliklarga ruju qo'yish
-oila a'zolari va qarindosh urug'lar o'rtasida mol-mulkni talashish
-rashk, erkak yoki ayolning hiyonatkorligi
-yoshlarning erta turmush qurayotganligi hamda qarindosh urug'larning oilaviy munosabatlarga aralashuvi va hokazolar.
Oiladagi jinoyatchilikka qarshi kurashishda avvalo oiladagi muhitni iziga solish choralari ko'rilmog'i lozim. Bunda jamiyatda erta turmush qurish, va qonun bilan ta'qiqlangan ko'rinish va hollardagi turmush qutish hollarini oldini olish va barham berish choralarini ko'rish, aniqrog'i turmush qurish ta'qiqlangan hollar Oila Kodeksiga binoan quyidagilar: Nikoh tuzishga:loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;loaqal bittasi ruhiyat buzilishi ya’ni ruhiy kasalliklar va asab zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o’rtasida yo’l qo’yilmaydi. Oila Kodeksi 16-modda. Hamda oilalardagi jinoyatchilikka qarshi kurashishda amaliyotda profilaktikaning umumiy va maxsus usullaridan keng foydalanadi. Ya'ni aholi bilan kompleks tarzida ishlash, tushuntirishlar olib borish, yoshlarda oilaning o'rni va muqaddasligi borasida tushunchalarni uyg'otish, farzandlarning ota-onaga bo'lgan xurmatini va itoatkorligini oshirish bo'yicha choralar ko'rilishi, ota-onalar bilan esa farzand tarbiyasi bilan bog'liq o'ziga xos jihatlar, ularning o'z farzandlari oldidagi qonunda belgilangan majburiyatlari yuzasidan bilimlarni shakllantirish, oilada sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning og'ir oqibatlari va qonunda belgilangan jazolarning muqarrarligi uqtirish kabi sa'y harakatlarni amalga oshirish. Maxsus profilaktikada esa nizoli hamda jinoyat sodir etgan illar bilan ishlash, tuzalish yo’liga o’tishi yuzasidan choralarni amalga oshirish, jinoyat sodir etganlarga esa muqarrar jazo choralarini ko’rilishi lozim.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz lozimki, jamiyatdagi nohushliklar, huquqbuzarliklarni oldini olish va barham berish nuqtasi, ya’ni samarali choralar amalga oshirilish obyekti sifatida oilaga katta e’tibor qaratilishi, oiladagi muhitni sog’lomlashtirish, farzandlar tarbiyasi va ota-ona o’rtasidagi munosabatlar muvozanati ta’minlanishi kafolati bo’lib xizmat qiladi. Fikrimizcha davlatimizdagi har bir oila bilan yakka tartibda ishlash, ularning muammolarini o`rganish, oiladagi jinoyatlarga qarshi profilaktik tadbirlar o`tkazish oilalar tinchligini saqlashda va jinoyatlarni oldini olishda samarali yondashuv hisoblanadi. Natijada jamiyatda barqaror va osoyishta turmush tarzi vujudga keladi.
Mazkur vaziyat yuzasidan bildirishimiz mumkin bo`lgan fikrlarimiz shulardan iborat edi.
Download 233.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling