Ўзбекистон республикаси ҳУҚУҚни муҳофаза қилиш академияси 3-курс талабалари учун Модул номи: Криминология Иш тури
Download 233.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqCRIME YAKUNI (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ўтказилган сана
- Баҳолаш мезонлари 1-мантиқий савол 2-мантиқий савол
- Жами балл Б бўлимдаги 1 та казусга жавоб ёзилиши шарт.
- Баҳолаш мезонлари Казус
- _____________________________________________________________________________________
- 3-variant A bo`lim 4-savol
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҲУҚУҚНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ АКАДЕМИЯСИ 3-курс талабалари учун Модул номи: Криминология Иш тури: Якуний назорат Ўтказилган сана: 30.05.2023 йил А бўлимдаги 2 та мантиқий саволга жавоб ёзилиши шарт.
Б бўлимдаги 1 та казусга жавоб ёзилиши шарт.
Текширувчи имзоси:___________
_____________________________________________________________________________________
Модул номи _______________________ 3-variant A bo`lim 4-savol Har bir mamlakatga qaysidir tomondan xavf tug`dirib turuvchi omillar mavjud. Qaysidir davlatga qora dori savdosi xavf solsa, boshqa bir davlatga esa turli uydirmalar tarqatib, aholi o`rtasida qo`zg`alon uyishtirishni maqsad qilgan pravakatirlar muammo tug`diradi. Bugungi kunda bizning mamlakatimizga ham xavf solayotgan omillardan biri bu terrorizmdir. Ushbu tushunchani soddaroq qilib tushuntiradigan bo`lsak, terror bu turli siyosiy maqsadlarga qo`poruvchilik, kuch ishlatish umumiy ma`noda zo`ravonlik yo`li bilan erishish usulini anglatadi. Terrorizmda deganda biror-bir davlatni egallash yo`lida xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, aholi o`rtasida urush va qurolli mojarolar chiqarish, davlatning suverinitetini buzish, hududiy yaxlitligiga zarar yetkazish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo'rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo'rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug'diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek terrorchilik tashkilotining mavjud bo'lishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishini ta'minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish kabi faoliyat tushuniladi. Ushbu harakatni amalga oshirishdan yagona maqsad davlat hokimiyatini egallash hisoblanadi. Afsuski, terrorchilik harakatlari so`ngi yillarda ortib bormoqda. Bunga sabab qilib ayrim davlatlarni mana shunday terrorchilik tashkilotlarini ham qurolli, ham moliyaviy jihatdan qo`llab kelayotganligini keltirishimiz mumkin. Amaldagi qonunchiligimizga ko`ra mazkur harakat o`ta o`gir jinoyat hisoblanadi. Isbot o`rnida Jinoyat kodeksining 155-moddasini keltirishimiz mumkin. 155-modda: Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi — sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorizmga qarshi kurashda avvalo bu harakatlarni sodir etishga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashimiz lozim. Shundan so`ng ushbu harakatqa harshi kurashishimiz samarali kechadi. Fikrimizcha, terrorizmga qarshi profilaktik choralar ko`rishda mavjud vaziyatni oldindan ko`ra bilish lozim. Shundagina zaruriy mudofaa va profilaktik harakatlar o`z natijasini ko`rsatadi. Bundan tashqari yoshlar, o`smirlar va taabalar ongini turli pravakatsiyon go`yalardan saqlashda mamlakatni sevishga va to`gri fikirlashga qaratilgan olimlarning nazariy va amaliy ahamiyati kuchli bo`lgan ma`ruzalari, o`quv qo`llanmalar, darslik va risolalar muhim ahamiyat kasb etadi. 1-savol Kriminologiya faning obyekti jinoyat va jinoyatchi shaxsi bilan bo`gliq tushunchalar hamda jinoyatning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab vas hart-sharoitlarni o`rganishni o`z ichiga oladi. Jinoyatchi shaxsi, jinoyat sodir etish usullari ushbu fan uchun o`rganilish obyekti bo`lganligi bois, kriminologiya fani boshqa fanlar bilan ya`ni jinoyat huquqi, jinoyat protsessi, ma`muriy huquq satsalogiya kabi fanlar bilan bog`liq holda rivojlanadi. Jinoyat protsessida jinoya qanday amalga oshirilganligi, shaxs nimalardan foydalanganligi, nimalar jinoyatchiga jinoyat sodir etishiga imkon yaratganligi kabilar o`rganilsa, bu ma`lumotlar kriminologiya uchun ham muhim hisoblanadi. Bundan tashqari kriminologiya fani uchun boshqa yuridik fanlarning ma`lumotlari ham muhim mahamiyatga kasb etadi. Bu borada kriminologiya jinoyatchi shaxsini tasniflash, jinoyatlarga qarshi kurashish, profilaktika subyektlari bo`lgan davlat organlari va jamoat birlashmalarini vazifa va vakolatlarini belgilash, huquqbuzarliklarni oldini olish chora-tadbirlarini aniqlashda ma`muriy huquqqa yaqin turadi. Kriminologiya ijtimoiy-huquqiy fan hisoblanganligi bois boshqa noyuridik fanlar bilan ham yaqn yuridik aloqalarga ega. Bunday fanlar orasida sotdologiya, ijtimoiy psixologiya va pedogokika alohida o`rin tutadi. Download 233.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling