1.4.2. TASHXISLASH
Hamshira mijoz to'g'risida ma'lumotlar to'plab yozib bo'lgach, hamshiralik jarayonining ikkinchi boskichini — tashxis qo'yishni boshlaydi. Diagnostika maqsadi mijozning salomatligi muammolari hamda kasalligi va salomatligi holatiga uning munosabatini (1), kasallikni keltirib chiqargan omillar (etiologiyasi) ni (2) va mijozning kasallikka qarshi chidamli tomonlariki (3) aniklash. Bu bosqichda hamshira to'plaigan ma'lumotlarni tahlil qilib, mijozdagi muammolar va kasallikka qarshi kurashda asqotadigan murakkab tomon (resurs)larni aniqlaydi. Salomatlik muammolari bu kasallikning oldi olinishi yoki yo'qotilishi mumkin bo'lsa, muolaja talab etuvchi holatdir. Kasallikni aniqlab, hamshira mijozni qaysi mutaxassisga yuborilishini hal qiladi. Hamshira tashxisi doirasidagi ba'zi kasalliklarni mustakil muolaja bajarish bilan hal etishi mumkin. Hamshiralik tashxisi ustivorlik bo'yicha ketma-ketlik tartibida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |